«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 
33 
O’zbekistonda xususiy sektorni moliyalashtirishda qo’llanilayotgan mexanizmning samaradorligini 
aniqlashning murakkab muammolaridan biri, yetarli darajada muqobil mexanizmlarni bo’lmaganligi 
sababli, qiyosiy tahlil o’tkazish imkonining yo’qligidir.
Bizning fikrimizcha, mavjud moliyalashtirish mexanizmlariga muqobil bo’lgan, xususiy sektor 
rivojlangan davlatlarda o’zini oqlagan mexanizmlarga asoslangan, respublikamizning hozirgi rivojlanish 
bosqichidagi imkoniyatlarga to’g’ri keladigan, xususiy sektor manfaatlariga xizmat qiladigan, davlat 
tomonidan kafolatlarni nazarda tutuvchi mukammal xususiy sektorni moliyalashtirish mexanizmini joriy 
etish lozim bo’ladi.
Bunday muqobil mexanizmni joriy etilishi xususiy sektor rivojiga kengroq imkoniyat beradi va 
ularda risk darajasini kamaytirgan holda moliyalashtirishga ko’maklashadi. Fikrimizcha, xususiy sektor 
vakillarining investitsiyalardan foydalana olishini ta’minlash maqsadida rivojlangan mamlakatlar 
tajribalariga tayanib, “Xususiy sektor kafolat fondi”ni tashkil etish maqsadga muvofiqdir (1-rasm). 
1-rasm. Xususiy sektorda investitsiyalarni kafolatlash mexanizmi
1
 
Mazkur fond boshlang’ich mablag’larini davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan tushumlar, 
davlatning boshqa likvidli aktivlari (aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat aktsiyalari) va homiylik 
ajratmalariga hisobiga shakllantirish zarur. Kafolat fondining bosh maqsadi bo’lib, kredit-kafolat 
operatsiyalarini amalga oshirish orqali xususiy sektor subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalana 
olishini ta’minlashdir.
Xususiy sektorni samarali moliyalashtirishning yuqoridagi chizmada keltirilgan mexanizmining 
o’ziga xos jihati uning ikki bosqichli kreditni to’ldirish tizimiga asoslanganligidir. Ikki bosqichli tizim 
moliyaviy yordam ko’rsatishda markazlashgan hukumatdan nomarkazlashgan holda faoliyat ko’rsatishiga 
asoslangan bo’lib, kredit kafolatlaridan faol foydalanishga imkon beradi. 
Xususiy sektor loyihalarini moliyalashtirishda quyidagilarga e’tibor berish lozim, deb hisoblaymiz:
xususiy sektor faoliyatini moliyalashtiruvchi muassasalar faolligini oshirishda ularga aniq imtiyozlar 
berish;
xususiy sektor loyihalarini hudud va tarmoq ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqish hamda kredit 
olish bosqichlarini imkon qadar qisqartirish bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish;
kichik biznes loyihalarini xorijiy valyuta bilan ta’minlashda mamlakat bilan bog’liq, tadbirkor bilan 
bog’liq va chet el investorlari bilan bog’liq omillarning ta’sirini inobatga olish va h.k. 
Fikrimizcha, istiqbolda xususiy sektorni yanada rivojlantirish uchun davlatning sohani faol qo’llab-
quvvatlashi asosida moliyalashtirishning lizing usullaridan keng foydalanish, investitsiya tavakkalchiligini 
sug’urtalash tizimini keng yo’lga qo’yish, kichik biznesni moliyaviy mablag’lar bilan qo’llab-quvvatlashda 
banklar faoliyatini yanada jadallashtirish va sohaga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalarning himoyasini 
yanada kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.
1
Tadqiqot natijalari asosida muallif tomonidan tuzilgan. 
Kafolat fondi aktivlari 
Kafolotlovchi 
BANK 
KAFOLAT 
Kredit 
Xususiy 
subyektlari 
Kredit va unga hisoblangan 
foizlarning qaytarilishi 
Kafolat 
Kafolat fondi 
aktivlari 
Kafolat uchun 
to’lov 
Pul mablag’lari bilan kafolatni ta’minlash 



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling