«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 
30 
1. Джин-Ха Ким, «Четвертая промышленная революция, стремящаяся к стратегическому 
реагированию на будущие изменения общества» 
2. Корейское будущее науки о создании, «Производство и потребление в эпоху четвертой 
промышленной революции», 2017.4. 
3. КОТРА, «Эпоха четвертой промышленной революции, тенденции развития и развития 
высоких технологий», Новости торговли, 4 апреля 2016 года. 
4. Интернет-газеты и материалы 
 
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI IQTISODIYOTIDА MАKROIQTISODIY 
BАRQАRORLIKKА ERISHISH YOʼLIDА INVESTITSION MUHITNI IQTISODIY VA 
HUQUQIY JIHATDAN YANАDА YAXSHILАSH YOʼNАLISHLАRI 
Mamatqulov Murod Mustafaqulovich 
Osiyo xalqaro universiteti “Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti”
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʼyicha) yoʼnalishi magistranti 
Аnnotatsiya: Ushbu maqolada Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida makroiqtisodiy 
barqarorlikka erishish yoʼlida investitsion muhitni yanada yaxshilash uchun olib borilayotgan iqtisodiy 
islohotlar hamda ushbu olib borilayotgan islohotlarning samaralari, kelgusida mamlakat investitsion 
muhitini yanada yaxshilash uchun amalga oshirilishi lozim boʼlgan iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarni 
joriy etish taklif etilgan. 
Kalit soʼzlar: investitsiya, makroiqtisodiyot, islohotlar, kodeks, qonun, qaror, farmon, arbitraj, 
tijorat, sud, investor.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, iqtisodiyot tarmoqlaridagi korxonalarning katta qismi asta-
sekinlik bilan xususiy sektor boshqaruviga oʼtkazila boshlandi. Bu esa, davlat tasarrufida boʼlgan, biroq 
iqtisodiy zarar koʼrib faoliyat yuritib kelayotgan korxonalarni xususiylashtirish hisobiga faoliyatini qayta 
yoʼlga qoʼyish, boshqaruvning ilgʼor tajribalarini qoʼllash, salohiyatli kadrlar bilan taʼminlash hamda 
xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali korxonalar faoliyatini modernizatsiya qilish imkonini yaratdi. 
Xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini rivojlantirish maqsadida xorijiy investitsiyalarni jalb 
etish, investorlar faoliyatini huquqiy jihatdan kafolatlash maqsadida, mamlakatda qulay investitsion 
muhitni shakllantirishning dastlabki bosqichlari aynan mustaqillik davrlariga toʼgʼri keladi. 
Mamlakat iqtisodiyotida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash uchun investitsion muhitni 
yanada yaxshilashning keyingi bosqichlari, 2016 yillardan boshlanib, hozirga vaqtgacha bu boradagi ishlar 
davom ettirib kelinmoqda. Xususan, “Oʼzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash 
chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi PF-5495-
sonli Farmoniga asosan, mamlakatda toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay 
investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh 
qilish, tadbirkorlik subʼektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-
taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan erkin foydalanishni taʼminlash, 
shuningdek, hududlarda zarur infratuzilmani yaratish borasida keng koʼlamli chora-tadbirlar amalga 
oshirilishi belgilab berildi. Mazkur farmonga asosan Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish 
boʼyicha 24 banddan iborat chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, amalga oshirish shakllari, bajarish 
muddatlari va masʼul ijrochilari biriktirildi [1]. 
Farmon ijrosi boʼyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasi mamlakat iqtisodiyotiga 
yoʼnaltirilgan xorijiy investitsiyalar salmogʼining oshishiga, investitsion muhitning yaxshilanishiga xizmat 
qildi. 
Jumladan, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlarining 2017-
2022 yillarda toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni ragʼbatlantirish boʼyicha 
Oʼzbekistonda amalga oshirilgan ishlar va ularning natijasini tahliliga koʼra, mamlakatda faoliyat 
yuritayotgan erkin iqtisodiy zonalar soni 2017-yil boshida 3 tani tashkil etgan boʼlsa, 2022-yilga kelib, 22 
taga yetdi. Ulardan 12 tasi sanoat, 6 tasi farmatsevtika, 2 tasi turizm, 2 tasi qishloq xoʼjaligiga 
ixtisoslashgan. Qonunchilikdagi oʼzgarishlar va yaratilgan imkoniyatlar mamlakatdagi investitsiya 
muhitiga ijobiy taʼsir koʼrsatmoqda. Masalan, Oʼzbekiston 2019-yilda ilk bora Iqtisodiy hamkorlik va 
taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ning "Toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish cheklovlari 
indeksi"ga kiritildi va ushbu indeksga koʼra, 2020-yilda jahonda 43-oʼrinni, Osiyo mintaqasida 7-oʼrinni 
qayd etdi. 2017-2022 yillarda Oʼzbekiston xalqaro Iqtisodiy erkinlik indeksi umumiy reytingida oʼz oʼrnini 
31 pogʼonaga yaxshilab, 148-oʼrindan 117-oʼringa koʼtarildi. Mamlakatimizga kiritilayotgan toʼgʼridan-
toʼgʼri xorijiy investitsiyalar hajmi 2017-yilda 2,2 milliard АQSh dollarini tashkil etgan boʼlsa, 2022-yil 
yakunida ushbu koʼrsatkich 1,5 barobar ortib, 3,3 milliard АQSh dollariga yetdi [2]. 



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling