Milliy boylik statistikasi Reja : Milliy boylik, mohiyati, tarkibi va baholash mezonlari


Download 26.01 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi26.01 Kb.
#1577133
  1   2   3   4
Bog'liq
statistika1


Milliy boylik statistikasi
Reja :

  1. Milliy boylik, mohiyati , tarkibi va baholash mezonlari

  2. Milliy boylikning kengaytirilgan konsepsiyasi : tabiiy va inson kapitali statistikasi muammolari

  3. Asosiy kapital statistikasi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

1.Milliy boylik, mohiyati , tarkibi va baholash mezonlari
Milliy boylik–iqtisodiy statistikaning tayanch ko’rsatkichlaridan biridir. Uning hajmi (solishtirma baholarda) mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini ifodlaydi, jon boshiga to’g’ri keladigan miqdori esa – mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beradi.
Jahonning turli mamlakatlarida iqtisodchilar milliy (xalq) boyligi hajmini hisoblash va mamlakatlararo solishtirish masalalari bilan shug’ullanganlar. Iqtisodiyot va statistika tarixidan ma’lumki, milliy boylikning hajmini birinchi bor Angliyada (1664 yilda) U.Petti hisoblagan. Bu ko’rsatkich Fransiyada 1789 yilda, AQSH da 1805 yilda va Rossiyada esa 1864 yilda hisoblangan.
Milliy hisoblar tizimi (MHT) iqtisodiy statistikaning nazariy-uslubiy asosini tashkil etadi. Shuning uchun milliy boylik statistikasini tadqiq qilishda, uni barcha qirralarini takomillashtirish borasida shu MHT-93ga tayanmoq zarur.
Unga binoan, milliy boylik deganda ma’lum bir sanaga institutsional birliklar, ya’ni mamlakat rezidentlariga tegishli bo’lgan kapital sof qiymati tushuniladi. Kapital sof qiymati institutsional birliklarning aktivlari (nomoliyaviy va moliyaviy) va majburiyatlari orasidagi farq kabi aniqlanadi Milliy boylik mazkur davlat rezidentlariga tegishli bo’lgan nomoliyaviy aktivlar va ularning tashqi dunyoga sof talabini ifodalaydi.
Ma’lumki iqtisodiy aktivlar – iqtisodiy ob’ekt bo’lib, ular institutsional birliklarning mulki hisoblanadi, undan egalik qilish yoki foydalanish tufayli iqtisodiy manfaat olinadi. Muhim manfaat – bu kelajakda daromad olish imkoniyatidir. Ba’zi bir aktivlar: binolar, jihozlar va boshqalar tovar ishlab chiqarishda va xizmat ko’rsatishda faol qatnashadi hamda foyda keltirishda ulushga ega bo’ladi. Ba’zilari esa, masalan moliyaviy aktivlar – aktivlar egasiga egalik qilgani uchun mulk daromadini keltiradi. BMT ning MHT – 93 dagi kontseptsiyasiga muvofiq mamlakat (tarmoq, sektor, hudud) ning mulkiy holati – milliy boyligi sof aktivlar qiymatiga tengdir. Bu ko’rsatkichni hisoblashda “Aktivlar va passivlar balansi” dan foydalaniladi.
U. Petti "mehnat — boylikning otasi, yer — uning onasi", — degan va umumiy boylikni ishlab chikarilgan mahsulotlardan iborat, deb tushungan. Milliy boylikni hisoblashda qishilik jami-yati hayoti va taraqqiyotining moddiy asosi, birinchi, navbatda, moddiy tabiat ekanligini unutmagan holda, eng avvalo tabiiy boyliklar — yer, yer osti boyliklari, suvlar, oʻrmonlar va boshqa aniq va toʻgʻri hisobga olinishi lozim. Soʻngra ular vositasida inson mehnati bilan ishlab chiqarilgan va jamgʻarilgan moddiy boyliklar toʻla-toʻkis hisobga kiritilishi kerak: 1) moddiy ishlab chiqarish sohasidagi moddiy fondlar; asosiy fondlar; moddiy aylanma vositalar; ularning rezervlari; 2) noishlab chiqarish sohasidagi moddiy fondlar; asosiy fondlar, shu jumladan, turar joy fondi; boshqa moddiy boyliklar; 3) aholi uy-roʻzgʻor xoʻjaligidagi uzoq muddatli foydalaniladigan moddiy neʼmatlar; 4) turli xil rezerv fondlar. Bu fondlarni yana ikki fondga boʻlish mumkin: 1) unumli (ishlab chiqarish) fondlari; 2) bevosita isteʼmolbop fondlar. Milliy boylikni mulkchilik shakllari boʻyicha tasniflashning ahamiyati katta. Shu bilan birga tabiiy boyliklarning va ishlab chiqariladigan, jamgʻarilgan boyliklarning har bir muayyan davrda kimlar egaligida va foydalanishida ekanligini hisobga olish ham muhim. Mamlakat, jamiyat Milliy boylikgi uning faqat moddiy boyligidangina iborat emas. Uning maʼnaviymadaniy va boshqa unsurlari ham bor. Mamlakat aholisi, uning mehnatga qobilliligi, akliy va jismoniy qobiliyatlari, xilma-xil koʻnikmalari aslida, insoniy nuqtai nazardan har qanday jamiyatning asosiy boyligidir. Shu sababli hozirgi davrda barcha mamlakatlar oʻz aholisini, uning maʼnaviyatini va madaniyatini saklash va rivojlantirishga harakat qiladi; barcha moddiy (tabiiy va ishlab chiqarilgan) neʼmatlar, maʼnaviy neʼmatlar (ilm, fan, madaniyat, sanʼat boyliklari va boshqalar) insonga, kishilarga xizmat qilishi lozim. Iqtisodiy adabiyotlarda insonning ish kuchini, akliy va jismoniy qobiliyatlarini "insoniy kapital" deb atash ham bor. Hozirgi davrda dunyoda tegishli mutaxassislar va muassasalar turli mamlakatlarda insoniy salohiyatni, tabiiy boyliklarni va takror ishlab chikariladigan boyliklarni baholash, ularning umumiy hajmini, yigʻindisini va aholi jon boshiga toʻgri keladigan miqdorini aniqlash bilan ham shugʻullanadi. Jahon banki ekspertlarining baholashiga kura, 20-asr oxirida insoniyat 550 trln. AQSH dollaridan ortiq (yoki aholi jon boshiga 90 ming dollarlik) boylikka ega boʻlgan; shu jumladan, AQSH eng koʻp darajadagi jaʼmi 120 trln. dollar (aholi jon boshiga 460 ming dollar) boylikka ega. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan mamlakat hududidagi barcha boyliklar Milliy boylikka, milliy mulkka aylantirildi.
Bu Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi qonunining (1991-yil 31avg.) 7moddasida: "Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va oʻrmonlar, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning maʼnaviy boyliklari Oʻzbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi", deb koʻrsatilgan.
Shuning uchun ham, birinchi navbatda, mamlakatning insoniy salohiyatini, tabiiy va yaratilgan (ishlab chikarilgan) boyliklarni aniq baholash, ularni bir-biriga tarkibiy jihatdan muvofiqlashtirish, koʻpaytirish va takomillashtirish eng dolzarb vazifalarga kiradi.


Download 26.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling