Obilov ilhom
Sa’diyning she’riy asarlarini rasm bilan bezadi. ****Mirzo Sodiq Jondoriy Nasrulloxon
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5463033168825158824
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ajoyib at-tabaqot
- Tarix
Sa’diyning she’riy asarlarini rasm bilan bezadi.
****Mirzo Sodiq Jondoriy Nasrulloxon amirligi davrida Sa’diy va Hofiz asarlariga turmush manzaralari tasvirlangan rasmlar ishladi. **** Ahmad Donish (1827-1897) 20 yil mobaynida Buxoro saroy kutubxonasida xattotlik va rassomlik bilan shug‘ullandi. Ahmad Donish „Shohi darvesh“, „Ajoyib at-tabaqot“ asarlarini ko’chirgan va bezagan. ****,,Shashmaqom“ Buxoroda vujudga kelgan. Buxoro Shashmaqomi Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iraq maqomlaridan iborat bo‘lib, 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula bor ****2018-yilning 6-10-sentabr kunlari Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san’ati anjumani bo’lib o‘tdi. Unda dunyoning 73 davlatidan 300 ga yaqin yakkaxon ijrochi va musiqiy jamoalai ishtirok etishdi, Anjumanning bosh mukofotini Tojikiston maqom akademiyasi qo‘lga kiritdi ****Amir Haydar 1803-1804-yillarda ta’lim islohoti o‘tkazdi. Jiyani - Qarshi begi Sayyid Ahmad xoja Fayziy amirlik bo’yicha mas’ul etib tayinlandi. ****Madrasa ta’limi uch bosqich edi. Bu davrda Buxoroda 60 ta madrasa, 300 ta masjid faoliyat ko‘rsatardi. Madrasalarda 9 mingdan 10 mingtagacha talaba ilm olgan. ****Tabiiy fanlar, asosan, o‘rta asrlar mualliflarining asarlarini takrorlashdan nariga o‘tmagan. Tarix darslari esa muallifi noma’lum bo’lgan „Tarixi Iskandariy“ va XIII asrda yashab o’tgan Alouddin Otamalik Juvayniyning „Tarixi Jahonkushoy“ asarlari asosida olib borilgan. ****Juvayniy (1226-1283) tarixchi olim edi. U arab, fors, mo‘g‘ul va uyg‘ur tillarini mukammal egallagan. „Tarixi Jahonkushoy“ asarini Mo‘g‘uliston, O’rta Osiyo hamda Eronning XIII asrdagi tarixiga bag’ishlagan. Asar uch qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida Chingizxonning istilochilik urushlari, shuningdek, Jo'jixon va Chig‘atoy hamda ulaming avlodlari tarixi haqida hikoya qiladi. *Ikkinchi qismi esa Xorazmshohlar va Xurosonning mo‘g‘ul hukmdorlari davri tarixiga bag'ishlangan. *Uchinchi qismida Xulokuxonning Eronni zabt etishi kabi voqealar tarixi yoritilgan. ****Maktabxona va madrasalardagi ta’lim xarajatlari vaqf mulki hisobidan amalga oshirilgan. ****Amir Haydar Qur’oni Karimni yoddan bilardi. Amir huzurida tez-tez diniy va ilmiy munozaralar o‘tkazilib turilgan. Amir Haydaming o‘zi ham madrasa talabalariga ma’ruzalar o‘qib turgan. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling