8-o’zbek 22-mavzu majburiylarga
****Xorazm Shayboniyxon hujumi arafasida temuriy Sulton Husayn Boyqaro hukmdor bo’lgan Xuroson
davlati tasarrufida edi. Husayn Boyqaro Xorazmga qo‘ng‘irot qabilasidan chiqqan Chin So’fini noib etib
tayinlagan.
****1505-yili Shayboniyxon, 1510-yilda esa Eron hukmdori shoh Ismoil Xorazmni bosib oldilar. Biroq shoh
Ismoilning hukmronligi uzoqqa bormadi. Xorazmliklar safaviylar hukraronligiga qarshi kurash boshladi.
****Bu kurashga Vazir shahrining qozisi Umar qori rahbarlik qildi. U xorazmliklami safaviylarga qarshi
kurashga da’vat etdi.
*Xorazm xalqini mustaqillik uchun kurashga ko‘tarishda Sayid Hisomiddin qattol ham katta rol o‘ynadi.
****Xorazm taxtiga Dashti Qipchoqdagi Shaybon avlodidan bo‘lgan Berka Sultonning o‘g‘li Elbarsxonni taklif
etdilar.
*Berka Sultonning xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan garchand bir shajaradan bo‘lsa-da, bir-biriga
dushmanlik munosabatida edilar. 1480-yilda o‘zaro toj-u taxt uchun kurashda Muhammad Shayboniyxon
tomonidan o‘z bobokaloni Shaybonxon avlodiga mansuh Berka Sultonning o‘ldirilganligi buning sabablaridan
biri edi.
****Elbarsxon 1512- yilda Xorazm taxtiga o‘tqazildi. Shu tariqa Xiva xonligi tashkil topdi. Elbarsxon davrida
mamlakat poytaxti Vazir shahridan Urganch shahriga ko‘chirildi.
****Elbarsxon Vazir shahrini Eron qo‘shinlaridan ozod etgach, bu g‘alaba sharafiga o‘z o‘g‘illari nomiga
,,g‘ozi“ laqabini qo‘shib aytishni buyurdi.
**** Xiva xonligida shayboniylar hukmronligi 1512 yildan 1770-yilgacha davom etdi.
*Xiva shayboniylari Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li Shaybon naslidan bo'lgan Arabshoh ibn Po'lodning
avlodlari bo‘lganligi uchun arabshohiylar deb ham ataladilar.
****Buxoro xoni Ubaydullaxon 1537-1538-yillarda Xorazmga hujum qilib, Xiva xonligini bo‘ysundirdi.
Ubaydullaxon o‘g‘li Abdulazizni Xorazmga noib etib tayinladi.
****Buxoro xoni Abdullaxon II Xiva xonligini bir necha bor, 1598-yilda esa uzil-kesil bo‘ysundirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |