Obligatsiyalar va aksiyalar bozori
Download 78.33 Kb.
|
12-Mavzu Obligatsiyalar bozori
- Bu sahifa navigatsiya:
- Obligatsiyaning boshqa turlari (AQSh tajribasi) Ipoteka obligatsiyalari
Obligatsiya (lotincha: obligatio — majburiyat) — qiymatiga nisbatan egasiga (qatʼiy belgilangan daromad keltiruvchi) qimmatli qogʻoz, qarzni qaytarib berish va foiz toʻlashni tasdiqlovchi majburiyatnoma. Fond birjalarida sotiladi. Obligatsiya aholi, korxona va tashkilotlar qoʻlidagi pul mablagʻlarini toʻplab, biror maqsad yoʻlida safarbar etish uchun chiqariladi. Obligatsiya, asosan, davlat, mahalliy va korporatsiya Obligatsiyalariga boʻlinadi. Daromad davlat tomonidan chiqariladigan Obligatsiya boʻyicha yutuq, kompaniyalar Obligatsiyalariga foiz shaklida toʻlanadi. Obligatsiya uyushtirilgan savdo orqali (birjalarda) va erkin joylashtiriladi. Obligatsiya moddiy yoki pul mablagʻi evaziga kafolatlangan yoki kafolatlanmagan, yaʼni Obligatsiya chiqaruvchilarning chin soʻzi va obroʻsi bilan taʼminlangan yoki taʼminlanmagan boʻlishi mumkin. Baʼzi Obligatsiyalar konvertirlanadi (Obligatsiya egasi uni boshqa Obligatsiyaga almashtirib olish huquqiga ega boʻladi). Obligatsiyaning bozor narxi uning nominalidan yuqori yoki past boʻladi.
Zayom Obligatsiya ilk bora 17-asr boshlarida Angliyada chiqarilgan boʻlib, keyinchalik jahonning bir qancha mamlakatlarida muomalaga kiritilgan. Ular, asosan, davlat hamda aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan chiqarilib, ssuda kapitali bozorida erkin muomalada boʻlgan. Oʻzbekistonda 1996-yildan Moliya vazirligi tomonidan yuridik shaxslarga moʻljallangan davlat qisqa muddatli Obligatsiyalari muomalaga chiqarila boshlandi. Obligatsiyani sotishdan kelib tushgan mablagʻlar davlat byudjeti taqchilligini qoplashga yoʻnaltiriladi.[1] O'zbekistonda Obligatsiyalar asosan tijorat banklari va aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) tomonidan chiqariladi. Shuningdek, 2020-yilning fevral oyidagi qonunchilikdagi o’zgarishlarga ko’ra mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) ham korporativ obligatsiyalar chiqarishi imkoni yaratilgan[2]. Obligatsiyaning boshqa turlari (AQSh tajribasi) Ipoteka obligatsiyalari (mortgage bonds) korporatsiya mulki bilan ta’minlangan qarz majburiyatini ifodalaydi. Bankrotlik yoki to‘lovga qobiliyatsiz holatda obligatsiya egalari bu mulkni olish huquqiga ega bo‘lib, ular uni sotib o‘z talablarini qondirishlari mumkin. Download 78.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling