Obligatsiyalar va aksiyalar bozori


Fond qog‘ozlari garovi ostida obligatsiyalar


Download 78.33 Kb.
bet7/17
Sana03.12.2023
Hajmi78.33 Kb.
#1800997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
12-Mavzu Obligatsiyalar bozori

Fond qog‘ozlari garovi ostida obligatsiyalar (collateral trust bonds)trast shartlarida saqlanayotgan boshqa qimmatli qog‘ozlar bilan ta’minlanadi. Eng keng tarqalgan holat bu emitent-kompaniya obligatsiya ta’minoti sifatida kompaniya filiali qimmatli qog‘ozlari chiqadi. 
Jihozlar garovi ostida obligatsiyalar (equipment obligations) sertifikatlar nomi bilan ham mashhur bo‘lib, ko‘chuvchi mulk bilan ta’minlanadi, ular transport vositalari (masalan, lokomotivlar, samolyotlar) bo‘lishi mumkin. Zarurat tug‘ilganda jihoz sotilishi va bu vosita Yangi egasiga berilishi mumkin. Bunday obligatsiyalarni emissiya qilishning yuridik jarayoni juda qiyin bo‘ladi. Ko‘pincha «filadelfiyacha sxema» nomini olgan jarayon ishlatilib, uning mohiyati quyidagicha: jihozga egalik qilayotgan ishonchli shaxs obligatsiya chiqaradi, keyin esa bu jihozni korporatsiyaga ijaraga beradi. Ijara to‘lovi obligatsiya bo‘yicha foiz va qarz summasini to‘lashda faydalaniladi. Muddatida barcha to‘lovlar to‘langanidan so‘ng, ijarachi-korporatsiya jihozga egalik qilish huquqini ko‘lga kiritadi.
Ta’minlangan obligatsiyalar (debetures) ularni chiqariyotgan korporatsiyaning to‘liq majburiyati ostida bo‘ladi va ta’minlanmagan kreditni ifodalaydi. Bunday obligatsiya egalarini himoya qilish maqsadida obligatsion kelishuv odatda ham ta’minlangan ham ta’minlanmagan qarz qog‘ozlarining kelajakdagi emissiyasi cheklovlarni o‘z ichiga oladi.
Daromadli obligatsiyalar (income bonds) ko‘proq imtiyozli aksiyalarni eslatadi. Ular bo‘yicha foizlar o‘z vaqtida to‘lanib, to‘liq xajmda kafolatlanmagan bo‘ladi, ularni to‘lamaslik emitentni bankrotlikka olib kelmaydi. Emitent-korporatsiyaga obligatsiyalar bo‘yicha foizlar kamayib boruvchi xarajatlar bo‘yicha soliqqa tortish bazasiga kiritish mumkin. Bu turdagi obligatsiyalar keng tarqalmagan bo‘lib, asosan temir yo‘llarning to‘lovga qobiliyatsizligini tiklash maqsadida qo‘llaniladi.
Kafolatlangan obligatsiyalar (guaranteed bonds) bir korporatsiya tomonidan chiqarilib, boshqasi tomonidan kafolatlanadi (masalan, qiz kompaniyadan chiqib, bosh kompaniyada kafolatlanadi).

Download 78.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling