Obodonlashtirish va transport
a) 1 i ? 4 « fl 1 !
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У
a)
1 i ? 4 « fl 1 ! P | J 5 o 0 0 b) 2 3 ’Л V Ж — I - I - « 68 d) 2.20-rasm. AQSh shaharlari ko'chalari tagida yer osti injenerlik tarm oqlarini joylashtirish tartibi: a—ko'chaning qatnov qismi tagida yakka tartibda; b—tonnelda; d —ko'chaning qatnov qismidan tashqarida kollektorda; 1—yoritish kabellari; telefon kollektori; 2—ichimlik suv tarm og'i; 3—oqova suv tarm og'i; 4-gaz tarm og'i; 5—kabellar; 6—hududdan paydo bo'ladigan oqova suvni chiqarib ketuvchi tarm oq. 4. Barcha turdagi yer osti injenerlik tarm oqlarining chuqurligi kamida 3 m bo'lishi belgilab qo'yiladi. Yer osti quvurlarini birgalikda um um iy tonellarda joylashtirilishi A m erika shahar sozligida om maviy tus olmagan. Keyingi paytlarga kelib ayrim shaharlarda ikki va ko'p pog'onali kommunikatsiyalar joylashishi amalga obhirilgan. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, xorijiy mam lakatlar shaharlarida yer osti injenerlik tarm oqlarini joylash- tirishdagi texnikaviy yechimlari diqqat bilan o'rganilganda eng asosiy talab shahar yer osti fazosidan unumli foydalanish birinchi o'ringa qo'yilganligidan dalolat beradi. 69 2.6. Shahar sug‘orish tarmog'i tizimi Shahar hududida ariq tizimining qo'Uanilishi Shahar sug'orish tizimi qadim davrlardan Misr, X itoy va Markaziy Osiyoda hududlarida qo'Ilanib kelingan. Hozirgi kunga kelib Yevropaning Ispaniya, Fransiya, Italiya va Rossiya Federa- siyasining quyi Povoljya, Ukrainaning bir qismi, shu kabi qator davlatlarda sug'orish tizimi qo'llanilm oqda.-• Markaziy Osiyoning nafaqat qishloq xo'jaligida, balki undagi shaharlarda ham sug'orish tizimi yaxshi rivojlangan. Qadinigi Samarqand shahri Zarafshon daryosining qadimgi nomi bilan ataladigan Sangardak bulog'ining Janubiy irm og'idan tarqaladigan m anba bilan sug'orilgan. Hozirgi kunda e„a Yangi Sam arqand Zarafshon daryosining D arg'om arig'i orqali sug'oriladi. Toshkent shahri Bo'zsuv, Anhor va O q-tepa ariqlari ta ’sirida yaxshi rivojlangan. Buxoro shahri janubiy-g'arbiy va shimoliy tom onidan Zarafshon daryosining tugallanish ariqlari ta ’sirida rivojlangan. Andijon shahrining rejaviy yechimi Samarqand bilan Toshkent shahriga nisbatan Qora daryoning irmoqlari bo'ylab rivojlangan. Xuddi shunday qadimgi Turkmanistonning Marv shahri M urg'ob daryosi o'zani bo'ylab rivojlangan. Eronning Isfaxon shahri ham daryo bo'ylab joylashgan. Dushanbe shahri esa Dushanbe daryosi o'zanida joylashgan 20 gektarlik sun’iy ko'lning shakllanishi bilan chambarchas bog'liqdir. Uning ta ’sirida shahar markazida 420 gektardan ziyod istirohat bog'i tashkil etilgan. Olma ota shahrida ham Katta O lm a ota daryosi o'zanidan 120 gektarlik suv havzasi barpo etilgan. Qirg'izistonning poytaxti Bishkek shahri bo'ylab Alamidin va Ala-alcha daryo irmoqlari va Katta Chuy kanali oqib o'tadi. T a’kidlangan ushbu shaharlardagi ariqlar tizimi yaqin Sharqda joylashgan Iroq, Eron, Avg'oniston, Turkiya va shu kabi boshqa davlatlar shaharlarida ham mavjud. 1960—1970-yillarga kelib shaharlarda ko'p qavatli binolarning keskin taraqqiy topishi shahar ariq tizimining o'rniga (водопровод) bosimli ichimlik suv tarm og'ini rivojlanishiga olib keldi natijada shaharlarda ariq tizimi asta-sekinlik bilan o'z faoliyatining yuqota boshladi. Shu sababdan ham shaharlarda ko'kalam zorlarni sug'orishning katta qismi ichimlik suvi tarm og'i evazidan amalga oshirilishga ehtiyoj oshib bormoqda. Natijada qarovsiz qolgan sug'orish tizimiga xizmat qiluvchi shahar ariqlar va hovuzlar deyarlik yuqolib ketdi. 70 Hozirgi kunga kelib shahar ekologiyasi nuqtayi nazaridan ham da shaham i ko‘kalamzorlashtirish maqsadida yana shahar sug'orish tizimini qaytadan amalga oshirish ehtiyoji tug‘ildi. Ushbu talablardan kelib chiqib, bugunki kunda Samarqand shalirida Jar arig'i, Shar arig‘i, Bog‘ishamol arig‘i. Dashtak arig'i, Obimashat arig‘i va Beklar ariqlari shahaming bosh rejasi asosida injenerlik tayyorgarlik talablariga to'liq javob beradigan holda shahaming asosiy ko'cha va yo‘1 tarmoqlari elementi sifatida qaytadan shakllantirildi. Shunday sug'orish tarmoqlari shahar hududida 600 kmga yaqin bo'lib, ulam ing 0,30 foizi esa LI—1 tem ir-beton lotok qurilmadan iborat, qolgan qismi esa oddiy ariq sifatida bunyod etilgan. Shahar hududida faoliyat ko'rsatadigan ariqlar tizimi shaham ing bosh rejasi asosida tuzilgan bo'lishi shart. Bunda ariqlarga qo'yiladigan asosiy talab ularning tabiiy oqimini ta ’minlashdan iboratdir. Shahar sug'orish tarmoqlarining ta ’snifi quyidagichadir: Shahar sug‘orish tizimining tasnifi Download 4.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling