Obodonlashtirish va transport


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/171
Sana14.10.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1701609
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   171
Bog'liq
Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У

2.14-rasm .
15 ming kishilik aholi turarjoy maskanida yer osti 
injenerlik tam ioqlarini tonnelda va ayrim qismlarini tuproqda 
jaylashish sxemalari:
1—markaziy isitish tayanchi; 2—gazni tartibga solib turuvchi 
tayanch markaz; 3—kollektor; v—ichimlik suv tarm og'i; g —gaz 
tarm og'i; t—issiqliq tarm og‘i; gv—issiq suv ta ’m inoti.
60


2.15-rasm.
15 ming kishilik aholi turaijoy maskanida yer osti 
injenerlik tarm oqlarini birgalikda handaqda va kommunikatsiya 
tonnelida jaylashtirish sxemasi:
1—markaziy isitish tayanchi; 2—gazni tartibga solib turuvchi 
tayanch markaz; 3—kollektor; v—ichimlik suv tarm og'i; g—gaz 
tarm og'i; t —issiqliq tarm og'i; gv—issiq suv ta ’minoti.
Aholi 
turarjoy 
maskanlarida 
injenerlik 
obodonlashtirish 
ishlarini sifatini oshirish maqsadida injenerlik tarmoqlarini o'tishi 
mumkin bo'lgan va mumkin bo'lmagan umumiy kollektorlarda 
jaylashtirish yaxshi samara beradi. Aholi turarjoy maskanlari 
hududaida yer osti injenerlik maskanlarini joylashtirishda nafaqat 
injenerlik talablaridan, balki bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan 
m e’morchilik va iqtisod talablaridan ham kelib chiqish hamda 
ushbu talablam i taqqoslash asosida maqbul yechimlar tanlanadi. 
Ayrim usullarda texnik imkoniyatlar yaxshilansa, m e’morchilik 
yechimi buzilib iqtisodiy foyda keltiriladi, ayrimlarida esa uning 
teskarisi bo'lishi m umkin.
2.5. Injenerlik tarmoqlarini joylashtirishda xorijiy mamlakatlar
tajribasi
Polsha Respublikasi. Polyak me’yorlarida yer osti injenerlik 
tarmoqlari asosan ko'chaning transport qatnovi qismida tagida 
kollektorlarda joylashtirilishi, shuning bilan birgalikda drenaj
61


tarm oqlarini ham unda joylashtirilishi ko'zda tutilgan. Faqatgina 
shahar miqyosidagi tarqatuvchi tarm oqiar piyodalar qatnovi yo'lagi 
tagida va ayrim ko'kalam zor yo'lak-xiyobonlar tagida jo^ashishi 
belgilangan. Ushbu yo'laklam ing eni 2.5 — 4 m etm i tashkil etadi. 
U m um shahar miqyosidagi tarmoqiar: ichimlik suvi tarm og‘i, gaz 
tarm og‘i, isitish tarm og'i va turli kuchlanishdagi kabellar silsilasi 
asosan 
piyodalar yo‘lagi 
va yashilzor m aydonchalar tagida 
joylashtiriladi.
Yer osti injenerlik tarm oqlarini joylashtirilishi, ya’ni ulam i 
qurilish chizig‘idan boshlab ko'chaning o'qi tomoniga qarab 
joylashtirish tartiblari quyidagicha amalga oshiriladi: aloqa kabeli, 
elektr kabeli, gaz quvuri, ichimlik suv quvuri, isitish quvuri, undan 
so'ng um um shahar miqyosiga ega bo'lgan ichimlik suv quvuri, gaz 
quvuri, issiqlik ta ’m inoti quvuri, drenaj va oqova suv kollektorlari 
joylashtiriladi. 
Bunday usulni qo'liashda ko'chaning ko'ndalang 
kesim o'lcham i Rossiya shaharsozligida qo'llaniladigan usullarga 
nisbatan ko'chaning umumiy eni katta m iqdorda tejaladi. Polyak 
m e’yorlarida belgilangan yer osti injenerlik oralig'idagi masofa har 
bir tarm oqiar oralig'ida yarim m etrdan tejaladi.
Chexiya va Slovakiya mamlakatlari shaharlarida yer osti 
injenerlik tarm oqlarini joylashtirilishi shahar ko'chasining enini 
tejashga qaratilgan bo'lib, ular shahar ko'chasi tagida 7 m etrdan 27 
m etrgacha bo'lgan oraliqdan oshmasligi belgilab qo'yilgan. Ushbu 
davlatlarda ham qabul qilingan standartlar asosida yer osti 
muhandislik tarm oqlarining joylashishi Rossiya va Markaziy Osiyo 
shaharlari m e ’yorlariga nisbatan ko'cha enini katta m iqdorda 
tejaydi. Shaham ing qadimiy qismida esa m am lakatning belgilangan 
m e’yorlar standartlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan.
G erm aniya Federativ Respublikasi shaharsozligida yer osti 
injenerlik tarm oqlarini joylashtirishda kabel tarmoqlari piyodalar 
yo'laklari tagida um um shahar miqyosiga ega bo'lgan tarm oqiar esa 
belgilangan standartlaiga qattiq rioya qilingan holda qurilish 
chizig‘idan 
boshlab joylashtiriladi. 
M amlakatning 
belgilangan 
standartlarida turli o'lcham dagi ko'chalar ko'ndalang kesimining 10 
ta turi belgilab berilgan. Shaham ing ayrim ko'chalari ko'ndalang 
kesimlarini shakllantirishning aniq shakli belgilangan bo'lib, und, 
oqova suv tarm og'i ko'chaning transport qatnovi qismi chetidan va. 
piyodalar qatnov qismi tagidan joylashishi belgilab berilgan.
Piyodalar yo'lagi yer osti fazosida injenerlik tarm oqlarini 
joylashtirishning asosiy muammosi — bu iqtisodiy talablarlam ing 
mavqei 
birinchi 
o'ringa qo'yilishidadir. 
Misol 
u chu n, 
gaz
62


jvurlarining eni 0,3—0,6 m . Ichimlik suvi quvuri ~nj 0 ,3 -0 ,3 6 m, 
aiaqa tarm og'i kabellari uchun 0,3—1,8 ni, elektr kabellari uchun
0.4—1,1 m , oqova suvi tarm og'i uchun 1.1 m qabul qilingan.
Yer 
osti 
injenerlik 
tarmoqlarini joylashtirishdagi 
nemis 
usulining eng katta kamchiligi, bu tarmoqlami ko‘chaning transport 
qainovi qismi tagida ko'plab joylashganligidadir. Bunda har bir yer 
osti injenerlik tarm oqlarini va kommunikatsiyalarini ta ’mirlash, 
qayta bunyod etish va nazorat qilish jarayonida transport harakatiga 
katta 
m iqdorda 
to ‘sqinliklar 
sodir 
etiladi. 
Bu 
boradagi 
kamchiliklami 
bartaraf etish 
uchun 
mamlakatda 
yaratilgan 
«shahaming ko'cha va yo'llarini loyihalashtirish qoidalari» nomli 
ishlab chiqilgan m e ’yoriy hujjatda ham ushbu holatlarning 
kamchiligi ko'rsatilgan. Lekin Germaniya shaharlarining qadimiy- 
ligi va ulardagi ko'chalar qurilmalarining mustahkamligi hamda 
ularning kengaytirishga imkoniyat yo'qligi ham ushbu hujjatlardan 
foydalanishning imkoniyatini cheklaydi. Shaharsozlikning mazkur 
qoidasini faqatgina shaham ing yangi rivojlanadigan hududlarida, 
tum anlarida qo'llash mumkin. T a’kidlab o'tilgan muammolarni 
bartaraf etish borasida dolctor Radiki tom onidan ko'chaning har 
ikki tom onidan 2,5—3 m kenglikda yer osti injenerlik tarmoqlarini 
joylashtirish uchun maxsus texnik yo'lak barpo etilishi taklif etilgan 
va ushbu taklif G erm aniya shaharsozligida injenerlik tarmoqlarini 
qayta ta ’mirlash jarayonida asosnoma sifatida qabul qilingan. 
Germaniyaning Bonn va boshqa shaharlarida hozirda qadimdan 
o'm atilgan trotuar qatnovi tagidagi oqova suv kollektorlari hozirda 
ko'chaning transport qatnovi tagida joylashtirish yaxshi samara 
b; rmoqda, sababi, oqova suv kollektorlarining diametrik o'lcham i 
yirikligi hamda undagi oqova suvlami o 'z oqimi bilan oqishini 
ta ’minlash maqsadida ushbu tarmoq ayrim joylarda juda ham 
chuqur ko'milishiga olib keladi. Uning uchun faqatgina ko'chaning 
transport qatnovi tagida imkoniyatlar mavjud. Qolgan barcha yer 
osti injenerlik tarm oqlari 2.10-rasmda ko’rsatilganidek o'tishi 
mumkin bo'lgan um um iy kollektorlarda joylashtiriladi.
Fransiya shaharlarida ko'chaning ko'ndalang kesimida yer osti 
fazosidan foydalanishda tejamkorlik birinchi o'ringa qo'yilgan. 
B unda yuqori va past ko'chlanishli elektr kabellari orasidagi masofa
0,2 m, elektr kabellari bilan gaz 0,3 m bo'lishi belgilab qo'yilgan 
Ayniqsa, yer osti injenerlik tarmoqlarini um um iy kollektorlarda 
joylashtirish juda yaxshi yo'lga qo'yilgan.
63



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling