Obodonlashtirish va transport


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/171
Sana14.10.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1701609
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   171
Bog'liq
Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У

Tezkor yo'llar.
Shahar yo'llarining ko'chalardan asosiy farqi, ular asosan 
ochiq, qurilish inshootlari mavjud bo'lm agan joylardan o'tkaziladi. 
Qurilish mavjud joylarda esa yo'llar yon atrofdan ajratiladi va ular 
katta tezlikda harakatlanadigan transportlam i o'tkazish uchun, 
tranzit harakat uchun xizmat qiladi. Tezyurar yo'llar shahar 
transportining arteriyasi hisoblanib, shahar transportini tashqi 
kiruvchi va chiquvchi transport bilan, shaham ing halqasimon 
yo'llari bilan bog'laydi.
89


Yengil avtomobillar uchun tezkor yo'llarda hisobiy tezlik 120 
km /s ni tashkil etadi.
Mahalliy turaijoylardan to ‘g‘ridan-to‘g‘ri tezkor yo'llarga kirish 
mumkin emas. Buning uchun maxsus pandiuslardan foydalaniladi. 
Turaijoy, tezkor yo'llardan maxsus ko‘kalamzor yordam ida kamida 
50 m masofada himoyalanadi.
Tezkor yo'llarda harakat uzluksizligini ta ’minlash uchun 
shahar va mahalliy ahamiyatdagi ko'chalar bilan kesishmalar turli 
sathlarda amalga oshiriladi. Turli sathlardagi kesishmalar ham o 'z 
navbatida kamida har 800—1000 m oraliqda bo'lishi lozim. Tezkor 
yo'llarda piyodalar kesishmasi faqatgina turli sathlarda amalga 
oshiriladi.
Tezkor yo'llarda transport harakatining tezligi o'rtacha 2 
martaga ortadi, bitta harakat polosasining o'tkazish qobiliyati 2,5—3 
martagacha ortib, o 'z navbatida baxtsiz hodisalar soni keskin 
karnayadi.
Tezkor yo'llarda egrilik radiusi 3000—5000 m bo'lib, 600 m 
dan kam bo'lmasligi kerak.
Eng katta bo'ylam a qiyalik 4 %ni tashkil etishi lozim.
Rivojlangan mamlakatlarda tezkor shahar yo'llari asosan 
estakada sifatida ko'tarilgan bo'lib, harakati to'liq himoyalangan 
maxsus inshootlarda amalga oshirilgan. Tezkor avtomobil yo'li 
birinchi bo'lib AQShda, Nyu-York shahrining eksperimental 
yo'Idosh shaharchasi bo'lmish Radbemda qo'llanilgan.

Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling