Obodonlashtirish va transport


Yuk transporti harakati uchun yo'llar


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/171
Sana14.10.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1701609
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   171
Bog'liq
Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У

Yuk transporti harakati uchun yo'llar.
Yuk transporti harakati uchun yo'llar, sanoat va qurilish 
yuklarini tashishga mo'ljallangan bo'lib, turarjoy zonalaridan 
tashqarida o'tkaziladi. Boshqa turdagi ko'cha va yo'llar bilan bitta 
sathda kesishib, asosan, sanoat zonalarida, kommunal-om borxona 
hududlaridan o'tkaziladi. Turaijoy zonalarida, yuk transporti 
harakati uchun yo'llar turaijoyni kesib utmasdan, aksariyat hollarda 
aylanma yo'llar bilan, tem ir yo'llarga parallel holatda o'tkaziladi.
Turarjoy ko'chalari.
Mikrorayon va turaijoy dahalarining shahar magistrallari bilan 
bog'lashda transport va piyodalar uchun xizmat qiladi.
Turarjoy ko'chalarida harakat hajmi 100—200 avto/soatga teng. 
Odatda bunday ko'chalarda jam oat transporti harakati yo'lga 
qo'yilmaydi.
Turarjoy ko'chalarida qatnov qismining o'qlariga nisbatan 
egrilik radiusi 125 m bo'lib, eng katta bo'ylam a qiyalik 8 % (tog'li 
hududlarda 10 %)ni tashkil etadi. Bunday ko'chalarda hisobiy 
tezlik 60 km /s ni tashkil etadi.
Turarjoy ko'chalariga alohidagi yoki turaijoy binolari guruhiga 
olib boruvchi ichki yo'laklar bevosita qo'shiladi.
91


Ichki y o ‘laklar.
Ichki yo'laklar mikrorayonlar ichida loyihalanib, alohidagi yoki 
binolar guruhiga xizmat qiladi. Odatda, ular tuman miqyosidagi 
magistral ko‘chaga yoki turaijoy ko‘chalariga borib ulanadi. Sanoat 
tumanlarida ular orqali alohidagi obyektlaiga boriladi.
Ichki yo‘laklarda qatnov qismining o'qlariga nisbatan egrilik 
radiusi 30 m bo'lib, eng katta bo'ylam a qiyalik 8 % (togii 
hududlarda 10 %) ni tashkil etadi. Bunday ko‘chalarda hisobiy 
tezlik 30 km /s dan oshmasligi lozim.
P iyodalar y o ‘llari.
Piyodalar yo'Ilari mikrorayonlarda, turaijoy tum anlarida
jam oat va savdo markazlarida, istirohat bog'larida, o ‘rmon tipidagi 
istirohat bog'larida, dam olish maskanlarida, ko‘rgazmalarda, sport 
majmualarida 
va 
boshqa 
piyodalar 
to'planadigan 
joylarda 
loyihalandi.
So'nggi yillarda, shaharsozlikda piyodalar yo'Ilari transport 
harakatidan imkoni boricha himoyalanmoqda.
Piyodalar yo'llarini, piyodalar yo'Ikalari (trotuarlar) kabi 
qatnov qismi bo'ylab emas, balki erkin ravishda, madaniy-maishiy 
markazlarga, jam oat transporti bektlariga, maxsus alleyalarga, 
piyodalar uchun ajratilgan ko'chalarga chiqadigan qilib loyihalash 
taklif etiladi.
Piyodalar yo'Ilari va yo'laklari uchun yuqori bo'ylam a 
nishablik 8 %ni tashkil etadi.
Shaham ing bosh rejasini qurishda, turli toifadagi ko'cha va 
yo'llar o'zaro bitta pog'ona ketma-ketlikda bog'lanish tamoyiliga 
amal 
qilinadi, 
ya’ni 
ichki 
yo'laklar turarjoy yoki 
tum an 
ahamiyatidagi magistral ko'chalarga, ular o 'z navbatida shahar 
ahamiyatidagi magistral ko'chalarga, ular esa tezkor yoki tashqi 
yo'llarga ulanishi lozim.
Yuqorida keltirilgan, toifalashtirilgan ko'cha va yo'llardan 
tashqari, shaharsozlikda maxsus ko'chalar (masalan, asosiy va 
savdo ko'chalari, qirg‘oq oldi ko'chalari, istirohat bog'laridagi 
yo'llar) ham loyihalanadi.

Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling