garajlar&i, qolgan 25
%
avtomobil esa ochiq turdagi avtomobillarni
saqiash joylarida rejalashtiriladi. Masalan. yangi rejalashtirilayotgan
123
10 000 kishilik kichik mikrorayonda istiqbolli hisob-kitob bo'yicha
2500 ta avtomobil uchun joy rejalashtiriladi. Shundan 75 %i, ya’ni
1875 ta avtomobil garajlarda, qolgan 25 %i, ya’ni 625 ta
avtomobilga ochiq avtomobillarni saqlash joylari rejalashtirilislii
lozim. Agarda bitta avtomobilga ochiq maydondan 25 kv.m. joy
ajratilishini inobatga olsak, qaralayotgan mikrorayonimizda 15625
kv.m.(1,56 ga) joy avtomobillarni ochiq turdagi saqlash joylari
uchun ajratilishi lozim. O 'z navbatida bu maydon mikrorayon
hududi bo'ylab, xizmat qilish radiusidan kelib chiqqan holda
taqsimlanadi.
Aholi, o'z shaxsiy avtomobili saqlanadigan garajalargacha
uzog'i bilan 8—10 daqiqada borishi lozim, ya’ni piyodalar yo'li
avtomobiligacha 800 m ni tashkil etadi (I—IV zonalar uchun bu
masofa yuqori hisblanadi).
Turarjoy binolaridan ochiq avtomobillar saqlash joyigacha esa
200m dan oshmasligi kerak. Bu talab shimoliy rayonlarda 150 m
gacha belgilanadi. M e’yoriy xizmat radiusini saqlagan holda garaj
va ochiq avtomobillar saqlash joylari sancat zonalari bilan sanitar-
himoya zonalarida, temir yo'llarga ajratilgan hududlarda, relyefi
keskin bo'lgan qurilish uchun noqulay maydonlarda joylashtirilishi
mumkin.
K o'p qavatli turarjoy tumanlarida ochiq avtomobillar saqlash
joylari kamida 25—100 avtomobilga mo'ljallash taklif etiladi.
Bunday maydonlarda quyosh nuridan saqlash uchun soyabonlar.
atroflariga himoya uchun ko'kalamzorlar rejalashtiriladi. Shahar
Do'stlaringiz bilan baham: |