suv havzalari, qiiB'oqlari bo'ylab joylashgan gidjropark hisoblanadi,
u yerda asosiy e’tibor suvda sport va dam olish tadbirlarini
o'tkazishga qaratiladi.
4. Botanika bog'i yoki park
— bu o'simliklar m a’lum bir
sxema asosida joylashtirilgan yashil massiv. Bu joy botanika,
dekorativ bog'dorchilik, o'simlikshunoslik, o'rmonchilik sohasidagi
madaniy-oqartuv, ommaviy va ilmiy tadqiqot ishlarini amalga
oshirish uchun mo'ljallangan.
5. Zoologiya bog'i yoki parki — bu hududida hayvonlar bo'lgan
maxsus inshootlar joylashtirilgan yashil massiv. U zoologiya
sohasida madaniy-oqartuv va ilmiy tadqiqot ishlarini amalga
oshirish uchun mo'ljallangan.
6. Shahar (qishloq), tuman miqyosidagi park yoki bog' - sayr
qilish, sokin dam olish, shuningdek, o'yin-kulguning ayrim turlari
va madaniy-oqartuv ishlari uchun mo'ljallangan yashil massiv.
7. Xiyobon — maydonlarda, ko'chalarda, ayrim jamoat binolari
oldida, daha ichidagi uylar orasida joylashgan ko'kalamzor-
lashtirilgan joy bo'lib, u qisqa muddatli dam olish, m e’nioriy-
dekorativ
tnaqsadlar
uchun
mo'ljallangan
bo'lib,
transport
harakatini tartibga soluvchisi bo'lishi ham mumkin.
8. Bulvar — ko'chaning qatnov qismida yoki suv bo'yida
joylashgan yashil hudud bo'lib, harakat va qisqa dam olish, himoya
qilish uchun mo'ljallangan.
9. Ko'chalardagi ekinlar — ko'cha bo'yiga o'tqazilgan daraxtlar
va butalar, binolar oldidagi daraxtlar, shuningdek, uylarning fasadi
va balkonlarini bezovchi o'simliklar. K o'chada va bino ichkarisida
sanitariya-gigiena sharoitlarini yaxshilash uchun, shuningdek, qisqa
Do'stlaringiz bilan baham: |