Obodonlashtirish va transport


xo'jalik- ichimlik suv iste’moli


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/171
Sana14.10.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1701609
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   171
Bog'liq
Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У

xo'jalik- ichimlik suv iste’moli
 
deb ataladi.
Shahar suv ta ’minotining m e’yorida sarflanishi nafaqat shahar 
aholisining, balki 
unda faolyat ko'rsatayotgan maishiy xizm at- 
xo'jalik va sanoat uchun ham m uhim ahamiyatga ega bo'lganligi 
uchun ham suv sarfiga bo'lgan ehtiyoj kundan-kunga oshib 
boraveradi.
34


2.1 rasm.
Shahar suv ta’minotining tuzilma shakli:
1—suv qabul qilish havzasi; 2—suvni o ‘z oqimida qabul qiluvchi 
quvur; 3—qirg'oqda joylashgan hovuz-inshooti; 4—birinchi 
ko'tarm a nasos; 5—tindirgich; 6—filtr; 7—toza suv saqlashga 
m o'ljallangan yopiq suv havzasi inshooti; 8—ikkinchi ko'tarm a 
nasos; 9—suv uzatkich quvur; 
10—bosimni nazorat qiluvchi
inshoot.
Kelgusida shaharlarning faqat ichimlik va maishiy xizmat- 
xo'jalik bo'yicha suvga bo'lgan ehtiyoji qo'shim cha har bir kishiga 
400—500 dan oshib boradi.
Shaham ing suvga bo'lgan ehtiyoji uning toifasiga bog'liq 
bo'ladi. Y a’ni bunda asosiy omilni aholi soni tashkil qiladi. 
Shuning bilan birgalikda shahardagi sanoat hajmining o'sishi, unda 
obodonlashtirish va ko'kalamlashtirishning talabi hamda geografik 
sharoitning ham ta ’siri bo'ladi.
Hozirgi kunga kelib, Yevropa shaharlari misolida suvga bo'lgan 
ehtiyojni 
olib qaraydigan bo'lsak, 
o'zida eng ko'p sanoat 
markazlarini tashkil etgan Moskva bir kunda 600 1, Parij — 290 1. 
London — 235 1, Stokgolm — 275 1, Lion — 390 1, suv sarf qiladi. 
Markaziy Osiyo shaharlarida ichimlik suvining tanqisligini inobatga 
olinadi. 
Toshkent shahrida bundan 
ko'rsatkich 
100 1 dan 
oshmaganligi va qolgan shaharlarda bundan ham kam ko'rsatkichni 
beradi. Ayrim shaharlarda energiyaning 
va ichimlik suvining 
tanqisligi evaziga beriladigan suv ikki mahalni tashkil qiladi.
Yuqorida ta ’kidlab o'tilganidek, shahar suv ta ’minotining 
asosiy manbalari bular daryo va yer osti suvlaridir. 
Yurtimiz 
shaharlari Toshkent, Samarqand, Termiz, Qarshi kabi yirik 
shaharlar daryo suvlaridan foydalanishsa, qolgan shaharlar asosan 
yer osti suvlaridan foydalanishadi.
Sanoat rivojlangan shaharlarda suv sarfining 50—90 %gacha 
sanoat korxonalari ishlatishi ko'zda tutiladi. Shu sababda butun 
dunyo shaharsozligi ichimlik va maishiy xizmat-xo'jalik suvlaridan
35


sanoat 
ehtiyoji 
uchun 
foydalanishni 
kamaytirish 
yo'llari 
izlanmoqda. Bunday holat hatto ichimJik suvining tan narxining 
ham oshib ketishiga asosiy sabab bo'ladi. Shahar suv ta ’minotida 
ko'pchilik hollarda ichimlik suvi tarm og'i bilan mishiy xizmat — 
xo'jalik suvi tarm og'i birgalikda bo'ladi. Aslida ulam i ajratish 
imkoniyatlari bo'lganda ham ular birlashgan bo'ladi. O'zbekiston 
iqlimi quruq issiq bo'lganligi sabab shaham ing ko'kalamlashtirish 
muammolari ham ichimlik suvi tarm og'i evazidan bo'layotganligi 
ham suv sarfidan katta m uam m olar keltirib chiqaradi. Aslida 
shahar 
hududini 
ko'kalam lashtirishda 
alohida 
sug'orish 
quvurlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Shahar hududida 
ariqdan sug'orish tarm og'i amalga oshirish juda ham qulay usul 
bo'lishiga qaram asdan, ariqlar nishabligini ta ’minlash shahar 
hududida juda murakkab yechim talab vazifalaridan biridir, chunki 
ariqlar yo'llarida turli xil shaham ing obodonlashtirish va savdo 
elementlari barpo etilgan. Shunday bo'lishiga qaram asdan, quruq 
issiq iqlimli shaharlarda sug'orish quvurlarini mustaqil holda 
ichimlik suvi tarm og'idan ajratilgan tartibda yo'lga qo'yish talab 
qilinadi.
Ichimlik suv tarm oqlarining ham ishonchliligini ta ’minlash 
maqsadida uning um um iy uzunligini m e’yoriy talablar darajasini 
ta ’minlash lozim bo'ladi. Chunki m e’yoridan uzunlashib ketgan 
tarm oqda ishonchlilik darajasi kam bo'ladi.
Tashqi ichimlik suv tarm og'i shaham ing asosiy ichimlik suv 
tarm og'i silsilasini tashkil etib, uni tan narxining 50—70 %ni tashkil 
etadi. U lar yuqorida ta ’kidlangandek asosiy tarm oq va tarqatuvchi 
tarm oqlaridan tashkil topadi. Asosiy tarm oq shaharga kerak bo'lgan 
suv m iqdorini ta ’minlab bersa, tarqatuvchi tarm oq esa bino va 
inshootlam i suv bilan ta ’minlaydi.
Ichimlik suv tarm og'i tuzilish shakli bo'yicha boshi berk
halqasimon va barcha shakllami birlashtirgan ko'rinishda bo'ladi 
(2 2-rasm). Boshi berk shakl halqasimon usuldan qisqaroq bo'ladi. 
Lekin bu shaklning kamchiligi iste’molchiga suvni tarm oqning 
oxirigi nuqtasigacha doimo uzluksiz holda uzaytirib turolmaydi. 
Chunki bu shakl bo'yicha uning biron-bir qismida talafot ro'y 
bersa, 
undan 
keyingi 
qismiga suv uzatish 
to'xtab 
qoladi. 
Halqasimon va barcha usullarni birlashtirgan shakllar suvni uzluksiz 
uzayishi uchun boshi berk shaklga nisbatan katta miqdorda 
ishonchlidir. C hunki tarm oqning bir bo'lagida falokat yuz berish 
ta ’mirlash ishlari borayotganda shaklning boshqa tarm og'idan suv 
ta ’minotini ta ’minlash imkoniyati mavjud.
36



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling