Obrazovaniya respubliki uzbekistan
- Umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi
Download 224.07 Kb.
|
155 lotinda (3)
05 - Umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi
05-01 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-MH-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligida 3 iyul 2018 yilda 3032-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) “O‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-onli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini mavzuli rejalashtirish” qo‘llanmasi har bir tarbiyachi ishlayotgan guruh yoshiga mos ravishda ta’minlangan bo‘lishi shart. 05-02 Tarbiyachining shaxsiy ish rejasi (Ish jurnali) Jurnalning titul varag‘idan keyingi betga tavsiyalar joylashtirilgan bo‘lib, tarbiyachi bu tavsiyalardan faoliyati davomida foydalanishi mumkin. Keyingi sahifada tarbiyachining joriy o‘quv yilida o‘z oldiga qo‘ygan asosiy vazifalari yoritiladi. Asosiy vazifalar tashkilotning dolzarb vazifalaridan kelib chiqqan holda olinadi. Unda tarbiyachi o‘zining pedagogik salohiyatini oshirish uchun amalga oshirmoqchi bo‘lgan, markazlar faoliyatini boyitishga qaratilgan, zamonaviy jihozlash, rejalashtirilgan tadbirlar, ota-onalar, pedagoglar bilan hamkorlikdagi ishlari yoritiladi. Guruh yoshiga va MTTning ish vaqtiga qarab kun tartibi belgilanadi. Bir oy uchun 2 ta ertalabki badan tarbiya komplekslari rejalashtirilib, 1-15 sanagacha predmetsiz mashqlar, 16-31 sanalarda predmetlar bilan ertalabki badan tarbiya mashqlari bajarilishiga e’tibor qaratilishi lozim. Ertalabki badan tarbiya mashqlarini alohida daftarga yozib borish yoki oldindan kartotekalar tayyorlab olish maqsadga muvofiq. Keyingi varaqlarda tarbiyachining ta’limiy-tarbiyaviy faoliyati aks ettirilib, hafta mavzusi, davr ko‘rsatiladi. Ertalabki doirada bolalar bilan olib boriladigan qabul, suhbat, o‘yinlar, ertalabki badan tarbiya kompleksining tartib raqami kiritiladi. Download 224.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling