Obrazovaniya respubliki uzbekistan
Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish
Download 224.07 Kb.
|
155 lotinda (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagoglarning metodik ishlardagi ishtiroki haqida ma’lumot
- Pedagoglarning tashkiliy-metodik ishlaridagi ishtiroki haqida ma’lumot
- 3. Maslahatlarni qayd etish daftari
- Maslahat oluvchi shaxsning familiyasi, ismi, sharifi va imzosi
- 4. Galim-tarbiyaviy va pedagogik jarayonlarni kuzagish
- Metodist tomonidan 2019 yil oyi uchun ta’lim-tarbiyaviy va pedagogik jarayonlarni kuzatish daftari
- 3- 7 guruhgacha 8 -12 guruhgacha 13-20 guruhgacha
- Maktabgacha ta’lim tashkiloti metodistining oyi uchun oylik rejasi
- Rejalashtirilgan vazifalar 1-hafta (sana) P-hafta (sana)
- Tashkiliy-pedagogik ishlar
- Maktab, mahalla va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari
- Tadbirlarga tayyorgarlik
- Keyingi o‘quv yili rejasi uchun g‘oya va takliflar banki
- Keyingi o‘quv yili rejasi uchun g‘oya va takliflar banki 04-03.
- Pedagoglarning kasbiy kompetensiyasi va maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ish reja
Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish
Pedagoglarning metodik ishlardagi ishtiroki haqida ma’lumot Bu jadvalda pedagog xodimlarning faoliyatlarini yanada yaxshilash, samaradorligini ta’minlash, yangiliklarga intilish va innovatsiyalarni ish faoliyatlariga tatbiq etish maqsadida olib boriladigan ishlar rejalashtiriladi, tahlili yuritiladi hamda shunga munosib tarzda xodimlarni rag‘batlantirish choralari belgilab olinadi. Masalan: xodimning o‘quv yili davomida tashkil etgan ko‘rgazmalari, ko‘rik-tanlovlari hamda pedagogik kengashdagi chiqishlari, amaliy va nazariy seminarlar, konferensiyalardagi ishtiroklari rejalashtiriladi. Namuna 22 Pedagoglarning tashkiliy-metodik ishlaridagi ishtiroki haqida ma’lumot
3. Maslahatlarni qayd etish daftari Maslahatlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun oyda 2 marta o‘tkaziladi va quyidagi tartibda yuritiladi. Namuna
4. Galim-tarbiyaviy va pedagogik jarayonlarni kuzagish Ushbu bo‘limda muassasada bolalarning kun davomidagi barcha faoliyat turlari (ertalabki qabul, ertalabki soat, markazlardagi talimiy va mustaqil jarayonlar, sayrlar, ovqatlantirish, uyqu va kunning ikkinchi yarmida tashkil etiladigan faoliyatlar)ni kuzatish tahlili olib boriladi. Bunda, kuzatuv oldindan belgilangan aniq maqsad asosida olib boriladi hamda metodist tomonidan beriladigan xulosa va tavsiyalar tarbiyachiga tanishtirilib, tarbiyachining tanishganligi haqidagi imzosi bilan yakunlanadi. Namuna Metodist tomonidan 2019 yil oyi uchun ta’lim-tarbiyaviy va pedagogik jarayonlarni kuzatish daftari
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodistlar tomonidan ta’lim- tarbiyaviy (rivojlantirish markazlari va umumiy guruh bo‘lib ishlash), pedagogik jarayonlar (faoliyatlar)ni kuzatishning oylik taqsimoti quyidagicha:
5. Metodistning oylik ish rejasi Oylik ish reja metodistning bir oyga mo‘ljallangan vazifalarini kundalik faoliyatiga muqobillashtirish tamoyili asosida yuritiladi. Oylik reja quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: Pedgog-kadrlar bilan ishlash. Tashkiliy-pedagogik ishlar. Hamkorlik ishlari. Tadbirlarga tayyorgarlik. Har bir yo‘nalishga oy davomida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar olinib, ularning bajarilish vaqti haftadagi sanalar asosida belgilanadi. Namuna Maktabgacha ta’lim tashkiloti metodistining oyi uchun oylik rejasi
Keyingi o‘quv yili rejasi uchun g‘oya va takliflar banki Ish jurnali orqali metodist tashkilot faoliyatidagi yangiliklar, g‘oyalar, takliflar hamda amaliy jarayonlarni yil davomida yig‘ib boradi Ish jurnalida berilgan takliflar, tavsiyalar, kamchiliklar asosida kelgusi hafta, oy rejalari belgilanadi. Keyingi o‘quv yili rejasi uchun g‘oya va takliflar banki 04-03. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifati hamda pedagoglarning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha ish rejalari metodist tomonidan pedagoglarning kasbiy mahoratlarini oshirishga qaratilgan metodik o‘qishlar, pedagogik minbarlar, turli mavzularda treninglar, uchrashuvlar, mahorat maktablari, ustoz-shogird, siyosiy va ma’naviy ongni oshirishga qaratilgan tadbirlar hamda yangi metodik adabiyotlarni o‘rganish, yangiliklarni tashkilot faoliyatiga tatbiq etish, mualliflik dasturlarini ishlab chiqishga yo‘naltirish kabi mavzular kiritiladi. Namuna Pedagoglarning kasbiy kompetensiyasi va maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ish reja
04-04. Bolaning rivojlanish xaritasi yuritilishini nazorat qilish kitobi tashkilotdagi guruhlar kesimida tarbiyalanuvchilarning rivojlanish xaritalari asosida yuritiladi. Guruhlarda bolalar bilan yilda 3 marta kuzatish o‘tkaziladi. Rivojlanish xaritasi asosida bolalarni kuzatish natijalari tahlil qilinadi. Kuzatish jarayonida 5 ta rivojlanish sohalariga asosan belgilangan mezonlar bo‘yicha o‘zlashtirmagan bolalar soni yoziladi. Daftarning izoh qismida kuzatish natijalarida bolalar rivojlanishida aniqlangan bo‘shliqlar asosida yakka tartibda olib boriladigan, ta’lim jarayoniga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha vazifalar qayd etiladi.
Download 224.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling