Obyekt deb ataladi. Informatikada narsa, jarayon, moddiy va nomoddiy xususiyatli hodisalar ularning axborot berish xususiyatlaridan kelib chiqib axborot obyektlari


Download 93.8 Kb.
bet1/2
Sana23.10.2023
Hajmi93.8 Kb.
#1717667
  1   2
Bog'liq
Labarotory 1


Axborotlar Ustida Bajariladigan Amallar

Odatda, inson e’tibori yo‘naltirilgan buyum, hodisa, jarayon, amal, xususiyat yoki munosabat obyekt deb ataladi. Informatikada narsa, jarayon, moddiy va nomoddiy xususiyatli hodisalar ularning axborot berish xususiyatlaridan kelib chiqib axborot obyektlari deb ataladi.


Siz shu yoshgacha hayotdan va maktabdagi fanlardan ozmiko‘pmi axborot oldingiz, keyinchalik foydalana olish uchun ularni daftar va albomlarda matn, chizma yoki rasm ko‘rinishida ifodaladingiz. Axborotlarning ma’lum qismini yodda saqlab qoldingiz, qolganlarini esa daftar, albom yoki kitoblardan foydalanib, kerakli vaqtda xotirangizda qayta tiklay olishingiz mumkin. Olgan axborotlaringiz yillar o‘tishi bilan chuqurlashdi va kengaydi, bir­biri bilan bog‘lanib, narsa yoki jarayonlar haqidagi bilimingizni to‘ldirdi. Endi Siz bu axborotlarni qaysi biri to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, to‘liq yoki chala ekanligi, qaysi biri qachon va qayerda kerak bo‘lishi, qaysi axborotdan foydalanish mumkin yoki qaysi axborotdan foydalanib bo‘lmasligi haqida o‘z fikringizga egasiz.


Demak, shu kungacha axborot ustida hosil qilish, to‘plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish, o‘lchash, ishlatish, qayta ishlash, nusxalash, his etish, eslab qolish, boshqa ko‘rinishga o‘tkazish, tarqatish, bo‘laklarga ajratish, soddalashtirish, birlashtirish, formatlashtirish, kodlash, buzish kabi amallar bilan tanishib bo‘ldingiz. Bilingki, axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog‘liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi.
Axborotlar ustida kompyuter yordamida bajariladigan amallarning ba’zilari ham sizga tanish. Masalan, axborot hosil qilish (chizish yoki yozish), shakl yoki matnlarni birlashtirish, shakl yoki matnlarni bo‘laklash, rasm yoki matn ko‘rinishini o‘zgartirish, shakl yoki matnlarni nusxalash, rasm yoki xujjatni buzish, rasm yoki hujjatlarni saqlash amallaridan Paint va MS Word dasturlarida ko‘p foydalandingiz.

Odatda, biror axborot ma’lum bir maqsadda foydalanish uchun eslab qolinadi yoki saqlab qo‘yiladi. Foydalanish maqsadidan kelib chiqadigan bo‘lsak, saqlab qo‘yilishi uchun axborot bizning ba’zi talablarimizga javob berishi shart. Axborotga qo‘yiladigan talablar umumiy mazmuniga ko‘ra birlashtirilsa, ular, asosan, quyidagi muhim uchta xususiyatga ega bo‘lishi lozim:
1. ma’lum darajada qimmatli bo‘lishi. Aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug‘ilmaydi. Qimmatli axborot vaqt o‘tishi bilan o‘z qimmatini yo‘qotishi mumkin. Masalan, «30­sentyabr kuni tantana o‘tkaziladi» degan axborot 1­noyabrda o‘z qimmatini yo‘qotadi;
2.to‘liq bo‘lishi. Ya’ni axborot o‘rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to‘liq ifodalashi lozim. Aks holda axborotni noto‘g‘ri tushunishga va natijada, xato qaror qabul qilishga olib keladi. Masalan, sinf rahbaringizning «Yakshanba kuni barchamiz teatrga boramiz, shuning uchun hamma teatr binosi oldida yig‘ilsin» degan axboroti to‘liq emas, chunki qaysi teatr, qaysi yakshanba, soat nechadaligi noma’lum;
3.ishonchli bo‘lishi. Aks holda undan foydalanish xato qaror qabul qilishga va noxush natijalarga olib keladi. Masalan, hazilkash sinfdoshingizning «Matematikadan bo‘ladigan nazorat ishi qoldirildi» degan axborotiga asosan nazorat ishiga tayyorlanmaslik qanday natijaga olib kelishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas.
Biror bir axborotda shu xususiyatlardan birortasining yo‘qligi unin g bizning talablarimizga javob bera olmasligiga, qisqacha aytganda, bu axborotdan foydalanib bo‘lmasligiga va nihoyat, saqlab qo‘yish uchun arzimasligiga asos bo‘ladi. 


Download 93.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling