Och qolish va ularning turlari


Download 60 Kb.
bet1/3
Sana14.05.2023
Hajmi60 Kb.
#1461044
  1   2   3
Bog'liq
Och qolish va ularning turlari


Reja:
1.Och qolish va ularning turlari.
2.To’liq och qolish.
3.Chala och qolish.
4.Qisman och qolish.

. Och qolish va ularning turlari


Hayvonlar organizmi doimiy ravishda to‘la qiymatli oziqalargamuhtoj. Olinayotgan oziqa tarkibida muayyan miqdordagi oqsillar,yogMar, uglevodlar, vitaminlar, mineral moddalar, mikroelement-lar va suv saqlanishi Jozim. Lekin ayrim holatlarda oziqa tarkibi chegaralanishi yoki ba'zan toMa qiymatli oziqa iste'mol qilinmasligi natijasida hayvonlarda och qolish paydo boadi.Och qolish ko‘pchi!ik kasalliklar davrida hazm qilish marka-zining (I.P. Pavlov) qo'zg'aluvchanligi pasayib, ishtaha aynib,hayvon oziqa iste'mol qilmay qo‘yishidan ham yuzaga keladi.Energetik manbalar sarflanishining kuchayishi hamda turli xilkasalliklar davrida oziqa hazmlanishi, so‘rilishi va oraliq almashinuvmahsulotlari o'zlashtirilishining buzilishi organizmda och qolishni yanada kuchaytiradi. Shunday qilib, organizm tomonidan sarflanganva tashqi muhitdan qabul qilingan oziqa moddalar o'rtasida tafovut paydo boMib, asosiy kasallikning kechishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Och qolishning quyidagi turlari farq qilinadi: toMiq och qolish, chala och qolish va qisman och qolish.
To’liq och qolish
Toliq och qolish davrida hayvon organizmiga tashqi muhitdan hech qanday oziqabop moddalar olinmaganligi tufayli, hayot faoliyati uchun organizmdagi oqsillar, yogMar, uglevodlar, mineral tuzlar, mikroelementlar va vitaminlardan foydalanishga majbur boladi. ToMiq och qolishda moddalar va energiya almashinuvining xarakteri uning davomiyligiga, organizmning xususiyatiga, orga-nizmda to'plangan zaxiradagi moddalar miqdoriga, yashash sharoitiga, faoliyatining ta'minlanishiga sarflanayotgan energiya miqdoriga va boshqalarga bog’liq.
To’liq och qolishga hayvonlarning suv iste'mol qilishi katta ta'sir ko'rsatadi. Organizmga suv kiritilishining chegaralanishida yoki mutlaqo kiritilmaganida ochlik davrini o‘tkazish qiyin do’ladi Bunday hayvonlarda to'qimalar kuchli parchalanadi, ularda moddalar almashinuvining oraliq mahsulotlari to‘planadi va oqibatda organizmning umumiy zaharlanishi ro'y beradi. Shuning uchun hayvon to'liq och qolganida, suvning organizmga kam kirishi yoki mullaqo kiritilishining to'xtatilishidan hayvon tezda nobud bo'ladi.Organizm xususiyatiarining ahamiyati. Organizm holati va hayotiy jarayonlarining davomiyligi organizmning o‘zidagi moddalar tarkibining nisbatiga, sifati va miqdoriga hog'liq. Ilgarigi vaqtlarda hayvonlaming semizligini nazarda tutib, hayvonlarda to‘plangan depo yog‘ darajasiga e'tiborberiiaredi. Lekin keyinchalik hayvon to‘liq och qolganda hayotiy jarayonlarining davomiyligi faqatgina yog‘ zaxirasiga bog‘liq boMmay, balki oqsillarga ham bog'liq ekanligi aniqlandi. Shunga qaramasdan, och qolishda hayvonlarning yashash muddati zaxira yog‘laiga va uning tarkibidagi yuqori faollikka ega boMgan yog' kislotalarining (araxidon, linol) saqlanishiga,fosfolipidlaming yetarli darajada bo'lishi va organizmda fosfolipidlar,jumladan, to'g'ridan to'g'ri letsitin hosii boMishiga bog‘liq. Letsitin jigarda yog'larning oksidlanishiga qulay sharoit yaratib, zaxiradagi energetik manbadan samarali foydalanishga qulayliklar yaratadi va hokazo.Yosh hayvonlar och qolishga chidamsiz, chunki ular orga-nizmining o‘sishi, rivojlanishi, tana haroratini me'yorida saqlashi uchun katta miqdorda energiya sarflanishi moddalar almashinuvi jadal kechishini taqozo qiladi. Organizmlar qarib borishi bilan moddalar almasbinuv jarayoni pasayib, organizmning och qolishiga turg'unligi yuqori bo‘ladi. Organizm hayotining dastlabki davrlarida o‘lim tana vaznini yo'qotishdan ham yuzaga keladi. Yosh hayvonlar muayyan bir muddat och qolganida o‘rta va qari hayvonlarga nisbatan ko‘p tana vaznini yo‘qotadi.
Organizmdagi moddalar almashinuv jarayonining faolligida nerv-endokrin sistema holatining ahamiyati kattadir. Qalqonsimon,jinsiy bezlarning qo‘zg‘algan holati, ya'ni ular faolligi oshganida eneigiya sarfi kuchayib, och qolgan hayvon o‘limi tezlashadi. Ochlik paytida katta miqdorda issiqlik uzatilishini ta'minlovchi barcha tashqi sharoitlar tana haroratini bir xil me'yorda saqlashni ta'minlash uchun organizmdan katta energiya sarfini talah etadi, hayot davomiyligini chegaralaydi. Namlikning ortishi havo haroratining pasayishi va havo harakatining tezligi issiqlik ajralishi tezlashishiga olib keladi. Bu esa ochlik paytida hayotning davomiyligini qisqartiradi.Issiqlik yo'qotishning ortishi uchun manfiy radiatsiyaning, ya'ni hayvon yetarlicha issiq xonada bo‘isa ham devorlar, shift va atrofdagi jismlaming sovuqligi katta ahamiyatga ega.Organizm funksiyasining o‘zgarishi. Oziqlantirish to'xtatilganidan keyin hayvonlar organizmida moddalar aimashinish jarayonida chuqur o‘zgarishlar yuzaga keladi. Moddalar almashinuvining bunday o‘zgarishlari zaxiradagi moddalardan unumli foydalanishga, hayotiy muhim bo‘lmagan organlar talabini maksimal chegaralagan holda, ulardan hayotiy muhim organlarga zaxira moddalarini yetkazib berish uchun yo'naltiriladi. Shuning uchun och qolganda yurak vazni qariyb o'zgarmaydi, nerv sistemasining vazni 4% gacha kamaysa, katta miqdorda oshqozonosti bezining vazni, o‘pka, ichak va teri (18—20 % atrofida), yana ko‘proq buyrak, qon va muskul, keyin urug‘don, jigar, taloq vazni kamayadi. Ayrim organlar ba’zi bir moddalar uchun depo bo’lganligi tufayli ham o‘z vaznini yo'qotadi. Masalan, jigar va ko‘ndalang targ'il muskullar glikogen va ma'lum darajada oqsil deposi, charvi,teriosti kletchatkasi, buyrakoldi kletchatkasi — yog‘ uchun depodir.Och qolganda uglevodlar 99—100% gacha, yog'lar 95—98% gacha,oqsillar 40—45% gacha o‘zlashtiriladi.Och qolishning dastlabki davrida oshqozon shirasi, oshqozon-osti bezi shirasi, o‘t va ichaklar shirasining o‘z-o‘zidan ajralishi kuzatiladi. Hazm shiralari bilan katta miqdorda albuminlar, globulinlar, polipeptidlar holatidagi oqsillar ham ajraladi.
Hazm orqali bo‘shliqlariga lipidlar, tuzlar va kam miqdorda uglevodlar ajralib, ular ham och qolgan hayvonlar hazm sistemasi orqali so‘riladi va o‘zlashtiriladi.Och qolgan paytda qalqonsimon bez, oshqozonosti bezi, jinsiy va boshqa ichki sekretsiya bezlar faoliyati susayadi, bu esa asosiy almashinuvni pasaytirib, zaxira moddalami maksimal tejab qolishga imkoniyat yaratadi. Insulin gormoni qonga yetarlicha tushmasligidan,jigardagi almashinuv jarayonlarining pasayishi sodir bo‘ladi.Och qolishni klinik belgilariga ko‘ra, to‘rt davrga bo‘linadi befarqlik davri, qo‘zg‘aluvchan davr, toliqish davri va o‘limga olib keluvchi shol bo‘lish davri.Moddalar va energiya almashinuvining o‘zgarishiga qarab och qolish uch davrga bolinadi:
Birinchi davrda asosiy almashinuvning ortishi, tana vaznining kundalik eng ko‘p kamayishi bilan bog'liq energetik sarfiarning vaqtinchalik oshishi yuz beradi.
Ikkinchi, eng uzoq davrda asosiy almashinuv asta-sekinlik bilan susayadi, kundalik energetik sarfiar kamayadi.
Uchinchi davrda zaxiradagi oqsillarning parchalanishi kuchayadi. To'liq och qolish davrida qanday ketma-ketlikda va qanday moddalar organizm tomonidan o'zlashtirilayotganligini bilish zarur. Siydik bilan azot ajralishi va nafas koefitsiyentini aniqlash asosida (nafas koeffitsiyenti birga yaqinlashadi) birinchi davrda maksimal ravishda zaxiradagi uglevodlar o'zlashtirila-yotganligi aniqlanadi. Zaxiradagi uglevodlar chegaralangan miqdorda bo'lgani uchun bir necha kundan keyin (suv bilan)oshib boruvchi miqdorda zaxiradagi yog'lar o'zlashtirila boshlanadi.Yog'laming sarflanishiga bog'liq ravishda nafas koeffitsiyenti dam-badam katta miqdorda pasayib, 0,7 gacha yetadi. Zaxiradagi yog' miqdoriga va uning xususiyatiga hamda yog'laming to'liq oksidlanish sharoitiga qarab energetik maqsad uchun oqsillar o'zlashtira bosh-lanadi. Oqsillarni o'zlashtirish qancha tez boshlansa, o'lim ham shuncha tez yuzaga keladi.ikkinchi davr eneigetik maqsadda yog'larning o'zlashtirilishi bilan xarakterlanadi. Yogiar yog' depolaridan jigarga olib borilib,u yerda oksidlanadi. Buning oqibatida qon va jigarda yog' miqdori ko'payadi. Och qolgan hayvon qonida keton lanachalari miqdoriga qarab, yogiaming oksidlanishi va to'qimalarda o'zlashtirilishi haqida fikr yurgizish mumkin. Ikkinchi davr boshlanishida qonda qand miqdori kamayadi.Zaxiradagi oqsillar glikogen va yogiarga o'xshab depolangan holatda saqlanmaganligi uchun oiganizm och qolishning birinchi kunlaridan boshlab hayotiy muhim ahamiyati eng kam boigan organlar hujayralaridagi oqsillarni o'zlashtira boshlaydi (hayotiy muhim organlar sarflangan oqsillarni uzluksiz toidirib turishi lozim). Oiganizmdan yogiartoiigicha sarflanib bo'lganidan keyin(yog' depolaridan 100%, oiganlardan 96—97% gacha) uchinchi davr boshlanadi va eneigetik manba sifatida endi oqsillar o'zlashtirila boshlanadi. Shuning uchun bu davrda buyrak orqali azot ajralishi(oiimoldi kuchayishi) kuchayib, bu hayotiy muhim organlar to'qima tuzilishiga kiigan oqsillar parchalana boshlanishi bilan bogiiqdir.

Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling