Och qolish va ularning turlari


Download 60 Kb.
bet2/3
Sana14.05.2023
Hajmi60 Kb.
#1461044
1   2   3
Bog'liq
Och qolish va ularning turlari

Chala och qolish
Chala och qolish «ovqat yetishmasligi kasalligi» rivojlanishiga olib keladi. Oiganizm oziqa kaloriyasini belgilovchi asosiy moddalar (oqsillar, yogiar, uglevodlar)ni toiigicha olmaydi. Chala och qolishda oiganizmning yashash muddati yetishmayotgan oziqa miqdori bilan hayotiy jarayonlarni saqlash uchun sarflanadigan kaloriya va oziqa bilan kirayotgan hamda zaxiradagi ortiqcha moddalar miqdoriga bogMiq. Zaxira moddalar qanchalik ko‘p bo’lib,yetishmaslik qanchalik kam bolsa, organizmning yashovchanligi shuncha uzoq bo'ladi. Odatda, och qolishning boshlang’ich davrlarida qonda globulinlaming asta-sekin kamayishi hilan amalga oshadigan qon oqsil fraksiyasining o'zgarishlari yuz beradi.
Qonda oqsil miqdori asta-sekin kamayadi, ularning eng kam darajasi chala och qolishning keyingi muddatlarida, ya'ni tana vaznining kamayishi 40—45% ga yetganda kuzatiladi. Shu bilan biiga, qonda qand miqdori ham kamayadi. Chala och qolishning boshlangMch paytida oshqozon shirasining ajralishi kuchayadi, ichak peristaltikasi zaiflashadi va hayvonlarda ichak tiqilishi paydo bo'ladi. Keyinchalik oshqozon sekretsiyasi asta-sekin to'xtaydi. Oqsil va uglevodlarning to‘la parchalanmagan mahsulotlari so'rilmaydi va chirituvchi mikrofloralarning ko'payishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Bularning barchasi og‘ir ich ketishlarga, oziqa o'zlashtirilishi pasayishiga va organizmlar ozib ketishiga olib keladi.Chala och qolganda yurak-tomirlar sistemasida bradikardiya paydo bo‘Iib, arterial bosim pasayadi, qon oqishi sekinlashadi.Hayvon oiganizmida suv ushlanib qolishi natijasida shish va istisqo paydo bo‘lib, ko'pincha assit rivojlanadi. Hayvon ozishi bilan bir vaqtda ovqatni to'yib yemasligidan jigaming sintez va baryer vazifasi zaiflashadi, infeksiyaga qarshi turish qobiliyati pasayih,infeksion kasalliklarga beriluvchanligi kuchayib, allergik tabiatga ega kasalliklaming namoyon boMishi pasayadi. Shunday qilib, chala oziqlanish ko'pdan ko‘p o'zgarishlarga, jumladan, organizmning kasalliklaiga qarshi turishining kamayishi. hazmlanishning buzilishi va ich ketish paydo bo'lishiga olib keluvchi murakkab yopiq halqa yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, so‘rilishni —moddalar o'zlashtirilishini zaiflashtirib, oiganizmning ozib ketishini tezlashtiradi.Chala och qolishga yosh, o'sayotgan, bo'g'oz va yuqori mahsuldorlikka ega bo'lgan hayvonlar (sigirlar) sezgirdir. Chala och qolish paytida hayvonlarda skeletning o'sishi va rivojlanishi kuchaygan qismlar skeleti va hayvonga xos eksteryer buziladi. Otda, yirik shoxli hayvonlarda terining elastikligi buziladi va burmalashib qoladi, teri o'ziga xos yaltiroqligini yo'qotadi, hurpayib, serjun po'stinga o'xshab qoladi Ozib ketish darajasiga bog’liq ravishda ko'ndalang-targ'il, silliq muskullar va ichki organlarda u yoki bu darajadagi atrofik va distroflk o‘zgarishlar kuzatiladi. Alimentar ozib ketishningxarakterli belgilaridan biri barcha sfinkterlar tonusining pasayishi hisoblanib, uni vegetativ nerv sistemasi faoliyatining pasayishi bilan bog‘laydilar. Barcha ichki sekretsiya bezlarida, yog‘, ter va oshqozon-ichak sistemasi bezlarida atrofiya paydo bo‘ladi.Chala och qolish davrida organizmning yashash muddati defitsit miqdori bilan hayotiy jarayonlami saqlash uchun sarflanayotgan kaloriya va oziqa bilan kirayotgan hamda zaxiradagi ortiqcha moddalar miqdoriga bog‘liq.

Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling