Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик
-bob. FANNING DOLZARBLIGI, MAQSAD HAMDA VAZIFALARI, ASOSIY
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
F.Mo’minov, . Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik.
1-bob. FANNING DOLZARBLIGI, MAQSAD HAMDA VAZIFALARI, ASOSIY
TUSHUNCHALARI 1. Fanning dolzarbligi va asosiy yo’nalishlari Insoniyat yaralibdiki, uning axborot tizimlaridan tegishli ma’lumotlarni qabul qilishi va shu asosda o’z ijtimoiy “men”ligini shakllantirishga bo’lgan ehtiyoji tobora ortib kelgan va hozir ham shunday davom etmoqda. Bu esa har bir shaxsdagi dunyoqarash, e’tiqod, hissiy holat va o’zgalarga bo’lgan munosabatlar tizimiga keng darajada ta’sir ko’rsatadi. Xuddi ana shu ta’sir ko’lamini o’rganib, tahlil qilib va tegishli muhim xulosalar chiqargan holda, ma’lum tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirish orqali insonni o’zgartirishga qodir bo’lgan ochiq axborotlardan psixologik himoyalanish tamoyillarini yaratish mumkin. Qolaversa, inson bugun turli xil axborotlar tazyiqidan psixologik himoyalanmas ekan, uning borliqni ob’ektiv anglashga bo’lgan imkoniyatlariga putur etaveradi. U qanchalik mukammal bilim va tajribaga ega bo’lmasin, ma’lum maqsadga yo’naltirilgan axborot tahdidlari uning hissiy kechinmalariga jiddiy darajada salbiy ta’sir etaveradi. Shu boisdan hozirgi paytda inson ongini egallash va shu yo’l bilan turli xil siyosiy maqsadlarni amalga oshirishga intilish tobora kuchayib bormoqda. Chunki bu yo’l juda katta mablag’ talab qilmaydigan, kuchli armiya yoki qurol-yarog’ ishlatmasdan turib muayyan maqsadli natijaga erishiladigan yo’l ekanligini barcha siyosiy oqimlar yaxshi bilishadi. Shuning uchun dunyodagi barcha davlatlar bugun ma’lum kuchlar an’anaviy qurollardan foydalanish bilan bir qatorda inson ongiga manipulyativ ta’sir ko’rsatishlaridan ham tashvishga tushmoqda. Bunday tashvish, albatta, bizning mamlakatimizni ham chetlab o’tayotgani yo’q. Ayni paytda, ayrim yoshlarimiz bilib-bilmay turli xil oqimlar girdobiga tushib qolishlari natijasida gohida yolg’on, bo’hton axborotlarni ob’ektiv voqelik haqiqatlaridan ajratolmay qolayaptilar. Tabiiyki, bunday holat o’z vaqtida bartaraf etilmas ekan, katta ijtimoiy zarar ko’rishimizni va buning og’ir oqibatlarini tugatish ancha mushkul bo’lishini oldindan anglashimiz kerak bo’ladi. Bugungi kunda axborot ko’proq ma’lumotlar, xabarlar shaklida namoyon bo’lmoqda. Ma’lumotlar moddiy dunyo ob’ektlarining ifodasi o’laroq hosil bo’ladi. Ochiq axborot tizimlarida “xabar” atamasi kishilar, ijtimoiy guruhlar, umuman, jamiyatni qurshab turgan olamda mo’ljal topa bilishi ko’zlangan ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumot ma’nosini ifodalaydi. Shuningdek, u muayyan jamiyatning ijtimoiy tabiati belgilab beradigan ma’naviy qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. XX asrning ikkinchi yarmi va, ayniqsa, XXI asr boshlanishida tezkor, keng ko’lamdagi axborot tizimi va telekommunikatsiya texnologiyalari zamonaviy rivojlanishning asosiy belgisi sifatida barcha jabhalarga kirib keldi. Shu boisdan ayni paytda axborot makonining globallashuvi butun dunyo taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatgan va ko’rsatayotgan omil sifatida e’tirof etiladi. E’tiborli jihati shundaki, mamlakat ichkarisidagi va tashqi dunyodagi faol axborot almashuviga odamlarning ehtiyoji ham jadal ortib bormoqda. Axborot sohasining bunday tezlik bilan rivojlanishi va undagi keng ko’lamli imkoniyatlarning o’sishi, jamoatchilik va davlat hayotidagi turli yo’nalishlarda keng tarzda ishlatilishi bugun kishilar ongiga, ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita ta’sir etmay qolmayapti. Shuningdek, axborot resurslaridan davlatlararo muloqotlarda, tegishli geosiyosiy maqsadlarga erishishda unumli, faol foydalanish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 8 Bunday intilish, ayniqsa, mazkur sohada sezilarli darajada manfaat keltiradigan zamonaviy axborot texnologiyalariga ega bo’lgan rivojlangan davlatlarga xosdir. Xozirgi davrda kundalik xalqaro munosabatlarda axborot oqimining keskin oshishi, turli axborot manbalaridan uzatilgan ma’lumotlar dunyo bo’ylab xalqlarga jiddiy ta’sir ko’rsatishi aholini axborot xurujidan himoyalash choralarini ko’rish muhimligini ko’rsatmoqda. Bu ta’sir odamlar ongini, shuurini, dunyoqarashini, qolaversa, mafkurasini axborot uzatuvchilar foydasiga shakllantirishga xizmat qilayotir. Albatta, zarur axborotlarga ega bo’lishga intilish – davr talabi. Bugungi kunda har bir mamlakatning axborot makoni ikki xil axborot bilan to’ldirilmoqda: birinchisi - kuchli axborot texnologiyalariga ega mamlakatlar tomonidan ishlab chiqilgan va ularning manfaatlariga xizmat qiladigan axborot bo’lsa, ikkinchisi - har bir davlat o’zi haqida ishlab chiqqan va milliy manfaatlarini himoya qiladigan ma’lumotlardir. Demak, ayni zamonda shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat va davlat o’zi haqida ishlab chiqqan axborotlarni tarqatishi ham tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunday ekan, Internet tarmog’i imkoniyatlari kengayib borayotgan hozirgi davrda bu ne’matdan mamlakatimizning jahon hamjamiyatida tutgan o’rnini mustahkamlashda keng foydalanish zarurdir. Jahonga tanilish uchun nafaqat real dunyoda, balki axborot dunyosi, jumladan, virtual dunyoda ham harakatlar olib borish darkor. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “bu borada ishni to’g’ri tashkil etish uchun Internet tizimidan samarali va oqilona foydalanish, uni o’zimizning ma’lumotlar bilan to’ldirish kerak..., bizning zaif tomonimiz shundaki, Internetda O’zbekiston bilan bog’liq ma’lumotlar juda kam. Nega deganda, bizda bu jarayonning texnikasi va texnologiyasi talab darajasida emas. Milliy qadriyatlarimiz, tarix va merosimiz, bugungi fan, san’at va adabiyotimizning eng yaxshi namunalarini Internetga kiritish dasturi ishlab chiqilmagan” 1 . Bundan tashqari, yurtimiz hayotiga doir ayrim noxolis, tor doiradagi manfaatlardan kelib chiqib tarqatilayotgan ma’lumotlarga javoban axborotlarni global miqyosda targ’ib etish tashqi axborot xurujlariga qarshi o’ziga xos qalqon vazifasini bajaradi. Bu esa turli geosiyosiy manfaatlarni ko’zlab amalga oshirilayotgan axborot xurujlarining ta’sirini kamaytirish va milliy axborot makoni xavfsizligini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi. Buning uchun kishilarda axborot bobida iste’mol madaniyatini yuksak darajada shakllantirishga erishish zarur. Shu yo’l bilan ma’lumotlarga ko’r-ko’rona ergashish va ularni noto’g’ri talqin etishning oldi olinadi. Binobarin, axborot iste’moli madaniyatiga, ushbu sohada ma’lum bir bilim va tajribaga ega inson jamiyat, xalq va millatga qaratilgan o’ziga xos tarzdagi g’arazli manfaatlar va ma’lum geoaxborotlar ta’siriga tushib qolmaydi. Shuning uchun ayniqsa, ochiq axborot tizimi sharoitida shaxs, jamiyat hamda davlatning axborot, axboriy-psixologik xavfsizligi bilan bog’liq muammolarni hal qilishga qaratilgan strategik chora-tadbirlar jiddiy va tizimli tarzda ishlab chiqilishi talab qilinadi. Ayni vaqtda axborot tizimi imkoniyatlarini milliy manfaatlar nuqtai nazaridan himoyalash va rivojlantirish, shuningdek, butun dunyodagi global axborot makonida O’zbekiston davlatining ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, iqtisodiy manfaatlarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratilishiga erishish muhim ahamiyatga ega. 1 Каримов И.А. Ўзбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди. 13-жилд. – Т.: “Ўзбекистон” , 2005. – Б. 301-302. 9 Shu bilan birga mamlakatimizda axborot bilan ishlash sohasi mustaqil ilmiy, ta’limiy, metodologik yo’nalishlar sifatida ham rivojlanishning boshlang’ich bosqichida desak, xato qilmagan bo’lamiz. Tabiiyki, axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash masalalarini o’rganish, bu borada etuk mutaxassislarni tayyorlash ilm-fan sohasi uchun deyarli yangi yo’nalish bo’lib, juda katta mas’uliyat va bilimni talab qiladi. Umuman olganda, axborot-psixologik xavf va undan himoyalanish, ya’ni xavfsizlikni ta’minlash tushunchalari qanday paydo bo’ldi? Uning hayotiyligi, insoniyat taqdiriga daxldorligi nimada? Ana shunday savol tug’ilishining o’zi muammoning dolzarbligini va o’ta keskinligini ko’rsatadi. Ushbu jarayon va uni aks ettiruvchi tushunchalar “sovuq urush” oqibati sifatida paydo bo’ldi desak, xato qilmasak kerak. Chunki “sovuq urush” bir tomondagi davlatlarning raqib mamlakatlar aholisiga uning ongini chalg’itadigan ma’lumotlarni katta miqdorda etkazishni talab qildi. Natijada shunday ma’lumotlarni etkazish texnologiyalari rivoj topa bordi. Ma’lum bir bosqichga kelganda, dunyo davlatlari ikki qismga – kuchli axborot texnologiyalariga erishgan va bunday imkoniyatlarga ega bo’lmagan davlatlarga bo’linib ketdi. Birinchi guruhdagi davlatlar ikkinchi guruh mamlakatlariga jiddiy axborot ta’sirini ko’rsata boshladi. Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasini quyidagi holatlar asosida talqin qilish tavsiya etiladi: Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling