Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/73
Sana02.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1741412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
F.Mo’minov, . Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik.

Oltinchidan, axboriy-psixologik xavfsizlik tushunchasi ma’lum bir xalq, millat, 
mamlakat hayotida jiddiy ijtimoiy xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan zamonaviy axborot 
texnologiyalari imkoniyatlaridan tinchlik va barqaror taraqqiyot yo’lida unumli 
foydalanishni va ularni boshqarishni, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarga siyosiy 
tus bermaslik usullarini ishga solishni taqozo etadi. 
Mazkur fanning dolzarbligini ko’rsatuvchi ushbu jihatlarning barchasi quyidagi 
asosiy yo’nalishlarni keng ko’lamda yoritishni talab etadiki, bunda butun kurs davomida 
har bir yo’nalish alohida mushohada va tahlillar asosida talqin qilinadi. 
1. Axborot asri va axborot tarqatish texnologiyalarining o’ziga xos xususiyatlari. 
Axborotning funktsiyalari. Axborot oqimlarining jadallashuvi.
2. Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasi, uning ijtimoiy-siyosiy va psixologik 
tamoyillari, psixologik xavfsizlikni ta’minlash usullari. 
3. Globallashuv va zamonaviy ochiq axborot tizimlari. Ularning mohiyati
ahamiyati, tsivilizatsiya jarayonida tutgan o’rni.
4. Axborot-psixologik urush – axborot hujumi va tahdidlarning yuqori bosqichi 
ekanligi. 
5. O’zbekistonda milliy va axborot xavfsizlikni ta’minlashning o’ziga xos 
xususiyatlari, imkoniyatlari va istiqbollari. 
6. Davlat, jamiyat va shaxs psixologik xavfsizligini ta’minlashning muhim 
yo’nalishlari, jamiyatni axborotlashtirishning asosiy ko’rinishlari. 
7. Psixologik himoya va O’zbekiston fuqarosining o’z-o’zini psixologik himoya 
qilishi. 
8. Milliy istiqlol g’oyasini shakllantirish va rivojlantirish O’zbekistonda axborot-
psixologik xavfsizlikni ta’minlash omili ekanligi. 
9. O’zbekistonning ommaviy axborot vositalari – mamlakat fuqarolarining axborot-
psixologik himoyasini ta’minlash vositasi sifatida: muammolar, echimlar. 
10. Ijtimoiy fikr va jamiyatning axborot-psixologik himoyasini ta’minlash yo’llari. 
Ushbu yo’nalishlar bo’yicha batafsil ma’lumotlar berish orqali fanning maqsadi 
hamda vazifalari amalga oshiriladi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling