Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик


Axborotning globallashuvi


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/73
Sana02.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1741412
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
Bog'liq
F.Mo’minov, . Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik.

Axborotning globallashuvi – bu zamonaviy axborot texnologiyalaridan 
foydalanib, ma’lum bir mamlakat doirasida va muayyan bir davlat manfaatini himoya 
qiluvchi axborotlarni ishlab chiqish va er kurrasi bo’ylab tarqatish demakdir. Bunday 
imkoniyatlarga hamma davlatlar ham ega emas. Texnologiyalari kuchli davlatlar 
bundan keng foydalanmoqda. “Axborotga egalik qilish – dunyoga egalik qilishdir” 
degan ibora hammaga ma’lum. Axborotning globallashuvi, bir tomondan, ijobiy 
natijalar (masalan, jamiyat hayotini zamonaviy, demokratik usullar asosida tashkil etish 
bobida) bersa, ikkinchi tomondan, xalqaro munosabatlarda turli davlatlar o’rtasida 
axboriy, raqamli tengsizlikka olib keladi.
“Axborot infratuzilmasi: 
1. Axborot resurslari, jumladan axborot xizmatlari va ommaviy axborot vositalarini 
shakllantirish, tarqatish va ulardan foydalanish tizimi. 
2. Mamlakatning axborot makoni hamda fuqarolar va tashkilotlarning axborot 
resurslaridan foydalanishni ta’minlovchi axboriy aloqada o’zaro ishlash vositalarining 
faoliyati va rivojlanishini ta’minlovchi jami tashkiliy tuzilmalar. 
3. Axborot makoni tuzilmasining ushbu makonda axborot oqimlari yaratilishi va 
aylanishini ta’minlovchi qismi. Axborot infratuzilmasining asosiy belgilari: infratuzilma 
elementlarining sifatga oid va miqdoriy tarkibi; elementlarning makonda joylashishi va 
o’zaro aloqasi; elementlar va butun infratuzilmaning axborot samaradorligi va o’tkazish 
qobiliyati. Axborot infratuzilmasining asosiy elementlari: telekommunikatsiyalar
axborot tarmoqlari; axborot resurslari; axborot sohasida xizmat ko’rsatish tizimlari. 
Qo’shimcha elementlari: axborot infrauzilmasining rivojlanish va faoliyatini ta’minlash 
tizimlari”
1

Raqamli tengsizlik (bo’linish, uzilish) – raqamli axborot texnologiyalaridan 
foydalanish nuqtai nazaridan dunyo davlatlarining baravar bo’lmagan ahvoli. Bugungi 
kunda rivojlangan mamlakatlar kuchli axborot texnologiyalariga ega va ular boshqa 
davlatlar bilan bo’lgan munosabatlarida mazkur ustuvorlikni o’z foydalariga 
ishlatmoqdalar, masalan, kompyuter, printer va boshqa shu kabi jihozlarni boshqa 
davlatlarga qimmat narxlarda sotmoqdalar va h.k. Eng muhimi, axborot texnologiyalari 
rivojlangan davlatlar boshqa mamlakatlar xalqlarini o’z g’oyalari ta’siri doirasida saqlab 
turmoqchi bo’lishayapti.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling