Ochil sirojov, oybеk sirojov


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/39
Sana10.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1087043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
SHARQ MAMLAKATLARIDA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI @centerasia library

Internet manbalari: 
 
www.anu.edu.au
 
Gov.uz/uz/pages/ territory
http. || www. Attbank.kz|print.php. 
http. kun.uz 2015 йил12 январь. 
http//gufo.me.content_pol/sotrudnichestvo-1523. 
http//www.prognosis/ru/news. 13.11.2006. 
http: www. Analitika/org/ artirle/php 
http: www. Gazeta.uz 
www.faz.com 
www.the-times.co.uk 
http://press-service.uz
  
www.ziyonet.uz



26 
2-MAVZU:
MILLIY XAVFSIZLIKNING MOHIYATI VA 
TUZILISHI 
Dars maqsadi: 
Talabalarga milliy xavfsizlikning o‘ziga xosligi va 
unga real tahdidlar haqida bilim berish; ularning davlatni 
xavfsizlikni ta’minlash borasidagi faoliyati haqida 
tasavvur hosil qilishlarida ko‘maklashish; talabalarda 
milliy xavfsizlikni mohiyatini ochib berish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: 
Milliy xavfsizlik, xavf, tashqi siyosat, hamkorlik 
muhiti, 
ustivor 
yo‘nalishlar, 
milliy 
manfaatlar, 
xavfsizlikni ta’minlash muammosi, davlat xavfsizligi, 
milliy xavfsizlik konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi 
milliy xavfsizligi, mintaqaviy xavfsizlik, tahdid.
Biz oldingi mavzuda xavfsizlik shaxsiy, milliy, 
mintaqaviy va umumbashariy darajalar bo‘linishi haqida 
to‘xtalib o‘tgan edik. Mavzumizni mohiyatidan kelib 
chiqib milliy xavfsizlik haqida to‘xtalsak. Milliy 
xavfsizlikka yondashuvlar ham davr o‘tgan sayin o‘zgarib 
uni ta’minlash vositalari ham takomillashib borgan. 
Jumladan, o‘tmishda milliy xavfsizlik raqib davlatdan 
harbiy salohiyat bilan ustunlikka erishish bilangina 
ta’minlanardi. Yangi davrga kelib harbiy qudratga, tabiiy 
resurslar, siyosiy institutlarning barqarorligi kabi omilar 
ham qo‘shildi. Yoki yadro quroli paydo bo‘lgandan keyin 
esa bunday strategiya avvalgidek qadr-qimmatga ega 
bo‘lmay qoldi. Qolaversa xalqaro munosabatlar yangicha 
tartibotlar bilan takomillashtirildi, xalqaro aloqalar 
mintaqa va jahon doirasida kengaydi, xalqaro mehnat 
taqsimoti 
chuqurlashdi, 
iqtisodiy 
rivojlanishning 


27 
jahonshumul muammolari va yadro quroli muammosi 
paydo bo‘ldi. Natijada milliy xavfsizlikni ta’minlashning 
eng samarali yo‘li xalqaro xavfsizlikni ta’minlash uchun 
harakat qilish bo‘lib qoldi.
Shu bilan birga milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun 
faqatgina xalqaro xavfsizlikni ta’minlash masalani bir 
tomoni bo‘lsa, uning ikkinchi tomoni har bir davlat 
avvalam bor, o‘z mamlakatining hayotiy muhim 
manfaatlaridan kelib chiqib, qo‘shni davlatlarni va 
jahonning boshqa davlatlarini umumiy manfaatlarini 
hisobga olib, dastlab o‘z davlatining milliy xavfsizligi 
ustivorligida siyosat yuritishini ham qayd etish mumkin. 
So‘nggi yillarda siyosiy sohada xavfsizlik tobora 
makon 
va 
zamon 
kabi 
chegara 
bilmaydigan 
umumqamrovli qadriyat sifatida e’tirof etilmoqda. Siyosiy 
adabiyotlardagi “milliy xavfsizlik” tushunchasiga berilgan 
ko‘plab ta’riflar mazkur holatni aniq voqeliklar tahlili 
asosida 
ochib 
berishga 
bo‘lgan 
urinishlarni 
umumlashtiradi. Xususan, manbalardan birida, milliy 
xavfsizlik – “xavfsizlik ob’ektining xavfdan, ya’ni 
xususiyatlarining yomonlashuvidan holi bo‘lgan holati 
yoki vaziyatidir”1; boshqa manbada xavfsizlik – 
“millatning boshqa davlatlardan bo‘lgani kabi, o‘z 
davlatidan kelib chiquvchi hamda jamiyat ravnaqiga xavf 
soluvchi ichki tahdidlarga qarshilik ko‘rsatishda kerakli 
iqtisodiy va harbiy qudrat bilan ta’minlanganlik 
holatidir”2; uchinchi manbada u – “tashqi xavfdan xoli 
real imkoniyat”3; to‘rtinchisida – “har qanday 
ko‘rinishdagi erkin dunyo normalarining buzilishi yoki 
xalqlar xavfsizligiga rahna soluvchi tahdidlardan xoli 
bo‘lgan xalqaro munosabatlar holatidir”4 deyiladi. Yoki
Yu.Fedorov milliy xavfsizlik mamlakatning erkin, 
mustaqil va tinch rivojlanishi uchun tashqi shart-
sharoitlarni ta’minlashni bildirishini qayd etib, asosiy 


28 
urg‘uni tashqi xavfsizlikka qaratadi1. Yoki AQSHning 
sobiq mudofaa vaziri G.Braun ham milliy xavfsizlikka 
to‘xtalib asosiy e’tiborni tashqi tahdidlarga qaratib, 
“mamlakat va uning hududini himoya qilish, mamlakatga 
qulay bo‘lgan shart-sharoitlarda boshqa davlatlar bilan 
iqtisodiy munosabatni amalga oshirishni ta’minlash, 
uning boshqaruv tabiati, instutlari va shakllarini tashqi 
tajavuzlardan qo‘riqlash va hududni nazorat qila olish 
qobiliyatidir”2, - deb yondashadi. Vaholanki, milliy 
xavfsizlikni garovi nafaqat tashqi xavfsizlik balki ichki 
xavfsizlik ham tashkil etadi. Aynan ichki nizolar, 
mojarolar natijasida tanazzulga uchragan davlatlar haqida 
tarixdan o‘nlab misollar keltirish mumkin. Yoki
rossiyalik tadqiqotchi T.Alekseyeva “milliy xavfsizlik 
milliy-davlat manfaatlarini ta’minlashda fundamental rol 
o‘ynaydigan chidamli, mantiqiy yadrodir, degan 
yondashuvni ilgari suradi4. 
O‘zbekistonlik 
olim 
H.P.Abulqosimov 
esa 
“mamlakatning milliy xavfsizligi uning milliy manfaatini 
turli siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g‘oyaviy 
informatsion va boshqa omillar va tahdidlardan himoya 
qilishga yo‘naltiriladi. Shu bois, milliy xavfsizlik 
murakkab tuzilishga ega bo‘lib, siyosiy, harbiy-mudofaa, 
g‘oyaviy, mafkuraviy, iqtisodiy, ekologik, axborot 
xavfsizligini o‘z ichiga oladi” , - deb qayd etadi. 
Yoki A.Raxmonov milliy xavfsizlikni milliy 
qadriyatlar, milliy manfaatlar va milliy hayot tarzi bilan 
bog‘lab, aynan ana shularga tahdid solayotgan ichki va 
tashqi xavf mavjud bo‘lmagani yoki oldi olingan holati 
ekanligini qayd etadi . Shuni alohida qayd etish lozimki, 
xavfni mavjud bo‘lmasligi mumkin emas. Sababi 
ehtiyojlar va ularning zamirida shakllanadigan manfaatlar 
mavjud ekan ularning to‘qnashuvi ham har doim mavjud 
bo‘ladi. Bundan tashqari xavf bo‘lmasa xavfsizlikni ham 


29 
hojati qolmaydi. Shunday ekan xavf ham har doim 
mavjud bo‘ladi. Shunday ekan uni oldi olish sifatida 
yondashish to‘g‘riroq bo‘ladi. 
Ana shular asosida milliy xavfsizlikka ta’rif 
beradigan bo‘lsak. Milliy xavfsizlik - alohida shaxsni, 
davlatni va jamiyatini hayotiy muhim manfaatlarini ichki 
va tashqi tahdidlardan himoyalanganligidir. 
Har bir davlat o‘z milliy xavfsizligini ta’minlash 
uchun unga ta’sir qiluvchi barcha omillarni xisobga olib, 
xavfsizlikka tahdidlarni belgilab olishi lozim. Ko‘rinib 
turibdiki, milliy xavfsizlik tahdidlar bilan bog‘liq.
(Tahdid tushunchasiga haqida oldingi mavzuda 
batafsil to‘xtalgan edik.)
Har bir davlat, jamiyatning qudrati uning ichki 
xavfsizligi va barqarorligiga tayanadi. Ya’ni, jamiyat o‘z 
g‘oyasida mustahkam tursa, ikkilanmasa, har qanday 
dushman qo‘llashi mumkin bo‘lgan mafkuraviy 
tahdidlarga qarshi tura olsa, bunday jamiyatni yengish 
mumkin emas. Aksincha, jamiyat ichida g‘oyaviy 
parokandalik, bo‘linishlar bo‘lsa, (bunga tarixda misollar 
ko‘p) dushmanlarga, ularning yot mafkuralariga yo‘l 
ochib beradi. Bunday jamiyatni yengish, mustamlaka 
qilish oson kechadi (bunga ham tarixda misollar ko‘p).
Shunday ekan, barqarorlik va xavfsizlik – 
jamiyatning ongliligiga, anglangan to‘g‘ri tushuncha va 
bilimlarga faol amal qilishiga, fikriy, g‘oyaviy birligiga 
bog‘liq bo‘lib, bular esa xavfsizlik ma’rifatiga tayanadi.
Navbatdagi masala milliy xavfsizlikni tuzilishi 
haqida to‘xtalsak.
Milliy xavfsizlik tizimi murakkab tuzilma bo‘lib, 
unda tub tizimlar ham farqlanadi. Zamonaviy amaliyotda 
va ilmiy-nazariy qarashlarda milliy xavfsizlikka “shaxs 
xavfsizligi”, “jamiyat xavfsizligi” va “davlat 
xavfsizligi”dan tarkib topadi.


30 
Shaxs xavfsizligi uning huquq – erkinliklari va 
manfaatlari, jamiyat xavfsizligi uning qadriyatlari, davlat 
xavfsizligi esa suvereniteti, konstitutsion tuzumi va 
hududiy yaxlitligining turli ko‘rinishdagi tahdidlardan 
himoyalanganligi bilan belgilanadi. Shaxs xavfsizligi 
milliy 
xavfsizlikda 
birlamchidir. 
Sababi 
jamiyat 
xavfsizligi 
alohida 
olingan 
shaxslar 
xavfsizligi 
umumlashmasidir.
Shaxs xavfsizligi ma’lum bir shaxsni tashqi 
tahdidlardan himoyalanganlik holati hisoblansada shu 
bilan birga ayrim yondashuvlarda shaxs uchun ham ichki 
tahdid ya’ni mafkuraviy tahdid mavjudligi ilgari suriladi . 
Aslida bunday yondashuvlarga ma’lum asos borligini 
qayd etsakda asosan shaxs xavfsizligiga tashqi ta’sirlar va 
tahdidlar ko‘proq daxl qiladi.
Navbatdagi masala jamiyat xavfsizligi haqida 
to‘xtalsak. Jamoat xavfsizligi ma’lum bir jamiyat (kishilar 
ittifoqi)ning ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganlik 
holatidir. Bunda shaxs xavfsizligidan farqli ravishda ichki 
tahdidlar ham salmoqli ta’sirga ega bo‘ladi. Umuman 
ichki 
tahdidlarning 
shakllanishiga 
jamiyatda 
turli 
toifalarning ularning o‘ziga xos manfaatlari shakllanishi 
va bu manfaatlarni to‘qnashuvi bilan izohlanadi. Shaxs 
xavfsizligi bilan uning bog‘liqligi aynan jamiyat bu 
kishilar ittifoqi ekan demak uning zamirida shaxs 
xavfsizligi yotadi.
Shaxs va jamiyat xavfsizligini ta’minlash davlatning 
eng muhim vazifasi hisoblanadi. Davlat xavfsizligi 
ob’ektlari bo‘lgan suverenitet, konstitutitson tuzum va 
hududiy yaxlitlikni saqlab qolishda ham birinchi galda 
shaxs va jamiyat manfaatlari yotadi. Davlat o‘z institutlari 
va organlari faoliyati orqali fuqaro va jamiyat manfaatlari, 
shu jumladan, xavfsizligini ta’minlash yo‘lida samarali 
xizmat qilgandagina, uning tuzumi mustahkam bo‘ladi. 


31 
Bir qator g‘arb tadqiqotchilari to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek 
“Davlat madaniy taraqqiyotning muhim instituti bo‘lgani 
holda o‘zini aholiga ham ichki va ham tashqi xavfsizlikni 
kafolatlab berishi bilan legitimlashtiradi2.
Davlat mavjud bo‘lishi uchun birinchi galda shaxs 
va jamiyat mavjudligi uchun lozim bo‘lgan shart-
sharoitlarni yaratib berishi, ularni saqlab, himoyalab, 
rivojlantirib 
borishi 
zarur. 
M.Yu.Zelenkov 

Makkiavelidan «Urush – hunarmandchilikning shunday 
bir turiki, unda alohida odamlar halol yashay olmaydi va 
u faqat respublikaning ishi bo‘lishi lozim” ixtibosini 
keltira turib, uni quyidagi tarzda qayta talqin qiladi: 
«Shaxs va jamiyat xavfsizligini ta’minlash – bu, hozirgi 
dunyoda shunday hunarmadchilik turiki, unda jismoniy va 
yuridik shaxslar halol yashay olmaydi va u faqat 
davlatning ishi bo‘lishi lozim”.1
Davlat, uning organlari va institutlari nafaqat 
xavfsizlik ob’ekti – iste’molchisi, balki uning asosiy 
sub’ektlaridir. Lekin bu ularni jamiyat va shaxsni 
xavfsizlikni ta’minlash vazifalaridan ozod qilmaydi. 
Umuman olganda xavfsizlik ob’ekti va sub’ekti shaxs-
jamiyat-davlat uchligidan tashkil topadi. 
Milliy xavfsizlik global xavfsizlikni poydevorini 
tashkil etib unga davlat mas’ul hisoblanadi. “Milliy 
xavfsizlik” davlat milliy manfaatlarining real va potensial 
tahdidlardan himoyalanganlik holatini ifodalaydi. Ayrim 
adabiyotlarda bu “milliy-davlat xavfsizligi deb ham 
qo‘llanilgan . 
Milliy xavfsizlik tahdidlarning ichki omillardan 
himoyalanganlik holatini bildiruvchi ichki xavfsizlik va 
tashqi omillaridan himoyalanganlik holatini bildiruvchi 
tashqi xavfsizlikka bo‘linadi.
Bugungi kunda milliy xavfsizlik faqat davlatning o‘z 
hududi bilan o‘lchanmaydi va xalqaro xavfsizlikning bir 


32 
qismi hisoblanadi. Dunyoning turli hududlarida yuzaga 
kelgan jarayonlar davlat, jamiyat va shaxsning mavjud 
holatiga ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi. Xalqaro 
xavfsizlikni ta’minlash maqsadida davlatlar tomonidan
erkin va o‘zaro manfaatli tarzda institutlar va tashkilotlar 
tuziladi. Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar alohida 
olingan davlat milliy xavfsizlik tizimini global va 
mintaqaviy hamda boshqa davlatlar xavfsizlik tizimlari 
bilan mos kelishini ta’minlaydi.
Milliy xavfsizlikka nisbatan tahdid turlari zamon va 
makon bilan bog‘liq holda sifat va miqdor jihatdan 
o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarishda ba’zan inkorni inkor 
qonuniyatini ham ko‘rish mumkin. Bugungi kunda 
xavfsizlikka nisbatan tahdidlar jamiyat hayoti va inson 
faoliyati sohalariga ko‘ra, siyosiy, iqtisodiy, harbiy, 
ekologik, madaniy, g‘oyaviy va informatsion kabi turlarga 
ajratiladi. O‘z navbatida milliy xavfsizlik ham shu asosda 
turlarga ajratiladi.
Davlatning milliy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi 
faoliyati uning xavfsizlik siyosati orqali amalga oshiriladi. 
Garchi milliy xavfsizlik davlat va jamiyat hayotining turli 
sohalaridagi milliy manfaatlarni himoya qilish orqali 
ta’minlanib, bir qarashda u davlatning shu sohalardagi 
siyosatining tarkibiy qismiday ko‘rinsa-da, aslida 
xavfsizlik siyosati mustaqil siyosat turi elementlariga ega.
Tadqiqotchilar xavfsizlik siyosati haqida to‘xtalib 
uning zarur ekanligini va siyosatni ajralmas qismi 
ekanligini qayd etadilar. Jumladan, rossiyalik tadqiqotchi 
I. Lixanova xavfsizlik siyosati ijtimoiy hayotni siyosiy 
boshqarishga bo‘lgan zaruriyat natijasida shakllanishini 
qayd etadi2. Nazarimizda ushbu yondashuvda xavf va 
tahdidlarning o‘rnini qayd etilmasligi bir qancha 
noaniqliklarni keltirib chiqarib xavfsizlik siyosatini 
siyosatning boshqa elementlari bilan bir xillashib 


33 
qolishiga olib kelgan. Chunki, aynan siyosatni o‘zi 
ijtimoiy hayotni boshqarishga zaruriyat natijasida 
shakllanadi. Shundan kelib chiqib xavfsizlik siyosatiga 
ijtimoiy hayotdagi xavf va tahdidlarni bartaraf etish 
zaruriyati natijasida shakllanishini qayd etish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. Yana bir tadqiqotchi D.Proyektor 
xavfsizlik va siyosatning bog‘liqligi haqida to‘xtalib 
“xavfsizlik sohasida olib boriladigan barcha faoliyat 
yo‘nalishi – siyosat”3 deb o‘rinli qayd etadi.
Shu bilan birga Sharqning ayrim davlatlarida milliy 
xavfsizlikka o‘ziga xos yondashuvlar ham mavjud.
Jumladan, Xitoy milliy xavfsizlik borasida yagona 
hujjatga ega bo‘lmasada, bu sohadagi uning yondoshuv va 
qarashlari mudofaa to‘g‘risidagi “Oq kitobda” bayon 
etilgan. Unda milliy xavfsizlik strategiyasining asosiy 
maqsadi – “tinch va barqaror muhitni shakllantirish, 
mamlakat suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish, 
urushlarni bartaraf etish va mavjud inqirozli holatlarini 
nazorat qilish qobiliyatini oshirish”, deb ko‘rsatilgan .
Bu xususda Xitoy Xalq Respublikasi davlat rahbari 
Si Szinpin “Biz umrguzaronlik qilayotgan zamonda 
tinchlik, taraqqiyot, hamkorlik va o‘zaro manfaatli 
yutuqqa erishishimiz maqsadlari yetakchi bo‘lish zarur... 
Barcha mamlakatlar birgalikda yangi tipdagi xalqaro 
munosabatlarni vujudga keltirishga tayanch bo‘lishlari 
lozim. Bunday hamkorlikning asosida esa butun dunyoda 
tinchlik, xavfsizlikni mustahkamlash va taraqqiyot 
tamoyillari yotadi”, degan xulosalarni qayd etadi . 
Postsovet hududida tashkil topgan yangi mustaqil 
davlatlarda milliy xavfsizlik nazariyasi tabiiyki, 1991 
yildan so‘ng shakllana boshladi. Davlat xavfsizligi 
atamasi o‘rnida milliy xavfsizlik atamasi keng qo‘llanila 
boshlandi va u bevosita shaxs, jamiyat va davlatning 


34 
hayotiy muhim manfaatlari bilan bog‘liq tarzda amalga 
oshirildi. 
Masalan, 
Qozog‘iston 
Respublikasining 
“Qozog‘iston 
Respublikasi 
milliy 
xavfsizligi 
to‘g‘risida”gi qonunida aytilganidek: “Qozog‘iston 
Respublikasi milliy xavfsizligi – bu mamlakat milliy 
manfaatlarini 
real 
va 
potensial 
tahdidlardan 
himoyalanganlik holati, shaxs va fuqaro, jamiyat va 
davlatning dinamik rivojlanishini ta’minlanishidir. 
Qozog‘iston 
Respublikasining 
milliy 
xavfsizligini 
ta’minlash esa – milliy manfaatlarni real va potensial 
tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan milliy xavfsizlik 
sub’etlarining faoliyatidir”, deb ko‘rsatib o‘tilgan . 
Yana bir bahsli masala milliy 
xavfsizlikni 
nomlanishiga asoslanib u faqat millatga tegishliligi 
haqidagi yondashuvlar haqida professor A.Qodirov, 
“milliy xavfsizlikni asosiy vazifalaridan biri – bu 
mamlakatda 
siyosiy 
va 
iqtisodiy 
barqarorlikni 
ta’minlashdir. Xavfsizlikni “milliy” atamasi bilan birga 
qo‘llanilishining ijtimoiy-siyosiy ma’nosi uning titul 
millat yoki etnik guruh manfaatlarini emas, balki 
umumdavlat manfaatlarini ifoda etuvchi fuqarolik 
vakolati bilan bog‘liqdir”, degan asosli tahlillarni ilgari 
suradi .
Milliy xavfsizlik milliy manfaatlar himoyasidan 
iborat ekan, uni ta’minlash o‘ziga xos tizimli faoliyatni 
talab etadi. Mazkur tizimda barcha elementlar davlat 
hokimiyati organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari 
institutlari, birlashmalari, alohida olingan fuqarolar o‘zaro 
muvofiqlashtirilgan tarzda foaliyat yuritishlari lozim.
Ular o‘rtasida vakolat va vazifalarni umumiy maqsad va 
ular egalik qiladigan vositalar, resurslar va imkoniyatlarga 
mos taqsimlanishi tizimning samarali va uzoq muddat 
barqaror ishlashini ta’minlaydi. Tizimning tahdidlarni 


35 
oldindan ko‘ra bilish, ular yuzaga kelganda, bartaraf 
qilish va oqibatlarini tugatish uchun tezkor choralar 
ko‘rish salohiyati ham shu orqali kafolatlanadi. Bundan 
tashqari u global va mintaqaviy miqyoslardagi xavfsizlik 
tizimlari va boshqa davlatlar xavfsizlik tizimi bilan mos 
kelishi kerak. Xavfsizlik siyosatining dastlabki vazifasi
milliy xavfsizlik tizimining barqaror va samarali 
faoliyatini ta’minlash hisoblanadi.
Xavfsizlik siyosatining huquqiy asoslarini xalqaro 
huquqning umume’tirof etilgan normalari, prinsiplari, 
xalqaro akt va konvensiyalar talablari, davlat qo‘shilgan 
xalqaro shartnoma va kelishuvlardagi o‘z zimmasiga 
olgan 
majburiyatlari, 
konstitutsiya, 
qonunlari 
va 
qonunosti aktlari tashkil etadi.
Xullas milliy xavfsizlik murakkab tizim va davlat-
jamiyat-shaxs uchligining faoliyat turi bo‘lib, har 
uchalasining ham tub manfaatlarini ifoda etadi. Shaxs 
pog‘onasidan boshlangan manfaatlar jamiyat orqali davlat 
pog‘onasiga ko‘tariladi va bu xususiyatdan milliy 
manfaatlar ham xoli emas.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling