Ochil sirojov, oybеk sirojov


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/39
Sana10.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1087043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
SHARQ MAMLAKATLARIDA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI @centerasia library

 



KIRISH 
 
Sharq insoniyat sivilizatsiyasi beshiklaridan biri 
hisoblanadi. Ushbu makon 6000 yillik davlatchilik 
tarixiga ega. Ana shu davrlarda bu hududda ko‘plab 
rivojlanish va inqirozlar, barqarorlik va urushlar sodir 
bo‘lgan. Sharq atamasi esa aslida uning geografik 
joylashuvidan ya’ni Yerning geografik markazidan 
sharqda joylashganligiga asoslanib qo‘llaniladi. 
Shundan kelib chiqib Sharq dunyosi an’anaviy 
ravishda bu butun Markaziy, Shimoliy va Sharqiy Osiyo 
(Uzoq Sharq), G‘arbiy Osiyo (Yaqin Sharq), Janubi-
Sharqiy Osiyo va Janubiy Osiyoni (Hindiston yarimoroli) 
o‘z ichiga oladi. 
Sharq tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy 
imkoniyati bilan dunyoning ma’lum ulkan potensialga 
ega qismi hisoblanadi. Ammo bu ulkan hudud 
potensialidan samarali foydalanishda va barqaror 
taraqqiyotni ta’minlashda xavfsizlik muhim ahamiyat 
kasb etadi. Sharq davlatlari taraqqiyotini ta’minlashda, 
xalqaro maydonda salmoqli o‘ringa ega bo‘lishi uchun 
avvalo xavfsizlik masalasini hal qilish muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Shu 
bilan birga mintaqaning o‘ziga xos 
xususiyatlari (sharqona vazminlik) bilan birga hududiy 
da’volar, davlatlararo va etnik nizolar ham mavjudki, bu 
mintaqa xavfsizligi arxitekturasiga o‘zining ta’sirini 
ko‘rsatadi.
Sharqda xavfsizlik borasida hamkorlik tarixiy 
zaruriyat hisoblanadi. Mintaqa davlatlari ayri holda XXI-
asrning tahdidlariga, globallashuvning salbiy oqibatlariga 
munosib javob berishi, davlatlar orasida yuqori mavqeiga 
ega bo‘lishga erishishi qiyin kechadi.



Ana shulardan kelib chiqib “Sharq mamlakatlarida 
xavfsizlik muammolari” o‘quv qo‘llanmasida mintaqada 
xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar ularning siyosiy, 
harbiy, diplomatik, madaniy, ilmiy va boshqa sohalardagi 
ta’siri masalalari yoritilgan.
Shu bilan birga bugungi xalqaro munosabatlar 
tizimida oliy ta’lim talabalari, xususan xalqaro 
munosabatlar 
va 
zamonaviy 
siyosiy 
jarayonlar 
mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan mutaxassislar 
davlatlararo muhim bo‘lgan milliy manfaatlarni 
ifodalaydigan 
dolzarb 
masalalarni 
bilishlari 
zarur 
hisoblanadi. Davlatlarning siyosiy, iqtisodiy, harbiy va 
axborot xavfsizligi masalalari jumladan, millatlararo va 
konfessiyalararo nizolarni ijobiy hal etish mintaqada 
ishonchli muhitni yaratadi va xavfsizlik masalalari 
yechimida 
yangi 
imkoniyatlarni 
ochib 
beradi. 
Shuningdek, harbiy xavfsizlikni ta’minlashda noharbiy 
resurslardan unumli foydalanish bugungi kunda global 
tusdagi muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu masalada 
yangi yechimlarni topish mintaqada samarali xavfsizlik 
arxitekturasini 
shakllantirish 
imkoniyatini 
beradi. 
Bularning barchasi global xavfsizlikni ta’minlashdagi 
muhim jihatlar hisoblanib, ularning nazariy metodologik 
asoslari mazkur o‘quv qo‘llanmada 7ta mavzu kesimida 
yoritilgan. Mazkur fan doirasidagi qolgan 8 mavzu 
ko‘proq amaliyot bilan bog‘liqligini inobatga olib ularni 
istiqbolda keyingi o‘quv qo‘llanmada yoritishni 
rejalashtirganmiz.




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling