Ochil sirojov, oybеk sirojov
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
SHARQ MAMLAKATLARIDA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI @centerasia library
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-MAVZU: MILLIY XAVFSIZLIKNING MOHIYATI VA TUZILISHI Dars maqsadi
- Tushunchalar va tayanch iboralar
Internet manbalari:
www.anu.edu.au Gov.uz/uz/pages/ territory http. || www. Attbank.kz|print.php. http. kun.uz 2015 йил12 январь. http//gufo.me.content_pol/sotrudnichestvo-1523. http//www.prognosis/ru/news. 13.11.2006. http: www. Analitika/org/ artirle/php http: www. Gazeta.uz www.faz.com www.the-times.co.uk http://press-service.uz www.ziyonet.uz . 26 2-MAVZU: MILLIY XAVFSIZLIKNING MOHIYATI VA TUZILISHI Dars maqsadi: Talabalarga milliy xavfsizlikning o‘ziga xosligi va unga real tahdidlar haqida bilim berish; ularning davlatni xavfsizlikni ta’minlash borasidagi faoliyati haqida tasavvur hosil qilishlarida ko‘maklashish; talabalarda milliy xavfsizlikni mohiyatini ochib berish. Tushunchalar va tayanch iboralar: Milliy xavfsizlik, xavf, tashqi siyosat, hamkorlik muhiti, ustivor yo‘nalishlar, milliy manfaatlar, xavfsizlikni ta’minlash muammosi, davlat xavfsizligi, milliy xavfsizlik konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligi, mintaqaviy xavfsizlik, tahdid. Biz oldingi mavzuda xavfsizlik shaxsiy, milliy, mintaqaviy va umumbashariy darajalar bo‘linishi haqida to‘xtalib o‘tgan edik. Mavzumizni mohiyatidan kelib chiqib milliy xavfsizlik haqida to‘xtalsak. Milliy xavfsizlikka yondashuvlar ham davr o‘tgan sayin o‘zgarib uni ta’minlash vositalari ham takomillashib borgan. Jumladan, o‘tmishda milliy xavfsizlik raqib davlatdan harbiy salohiyat bilan ustunlikka erishish bilangina ta’minlanardi. Yangi davrga kelib harbiy qudratga, tabiiy resurslar, siyosiy institutlarning barqarorligi kabi omilar ham qo‘shildi. Yoki yadro quroli paydo bo‘lgandan keyin esa bunday strategiya avvalgidek qadr-qimmatga ega bo‘lmay qoldi. Qolaversa xalqaro munosabatlar yangicha tartibotlar bilan takomillashtirildi, xalqaro aloqalar mintaqa va jahon doirasida kengaydi, xalqaro mehnat taqsimoti chuqurlashdi, iqtisodiy rivojlanishning 27 jahonshumul muammolari va yadro quroli muammosi paydo bo‘ldi. Natijada milliy xavfsizlikni ta’minlashning eng samarali yo‘li xalqaro xavfsizlikni ta’minlash uchun harakat qilish bo‘lib qoldi. Shu bilan birga milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun faqatgina xalqaro xavfsizlikni ta’minlash masalani bir tomoni bo‘lsa, uning ikkinchi tomoni har bir davlat avvalam bor, o‘z mamlakatining hayotiy muhim manfaatlaridan kelib chiqib, qo‘shni davlatlarni va jahonning boshqa davlatlarini umumiy manfaatlarini hisobga olib, dastlab o‘z davlatining milliy xavfsizligi ustivorligida siyosat yuritishini ham qayd etish mumkin. So‘nggi yillarda siyosiy sohada xavfsizlik tobora makon va zamon kabi chegara bilmaydigan umumqamrovli qadriyat sifatida e’tirof etilmoqda. Siyosiy adabiyotlardagi “milliy xavfsizlik” tushunchasiga berilgan ko‘plab ta’riflar mazkur holatni aniq voqeliklar tahlili asosida ochib berishga bo‘lgan urinishlarni umumlashtiradi. Xususan, manbalardan birida, milliy xavfsizlik – “xavfsizlik ob’ektining xavfdan, ya’ni xususiyatlarining yomonlashuvidan holi bo‘lgan holati yoki vaziyatidir”1; boshqa manbada xavfsizlik – “millatning boshqa davlatlardan bo‘lgani kabi, o‘z davlatidan kelib chiquvchi hamda jamiyat ravnaqiga xavf soluvchi ichki tahdidlarga qarshilik ko‘rsatishda kerakli iqtisodiy va harbiy qudrat bilan ta’minlanganlik holatidir”2; uchinchi manbada u – “tashqi xavfdan xoli real imkoniyat”3; to‘rtinchisida – “har qanday ko‘rinishdagi erkin dunyo normalarining buzilishi yoki xalqlar xavfsizligiga rahna soluvchi tahdidlardan xoli bo‘lgan xalqaro munosabatlar holatidir”4 deyiladi. Yoki Yu.Fedorov milliy xavfsizlik mamlakatning erkin, mustaqil va tinch rivojlanishi uchun tashqi shart- sharoitlarni ta’minlashni bildirishini qayd etib, asosiy 28 urg‘uni tashqi xavfsizlikka qaratadi1. Yoki AQSHning sobiq mudofaa vaziri G.Braun ham milliy xavfsizlikka to‘xtalib asosiy e’tiborni tashqi tahdidlarga qaratib, “mamlakat va uning hududini himoya qilish, mamlakatga qulay bo‘lgan shart-sharoitlarda boshqa davlatlar bilan iqtisodiy munosabatni amalga oshirishni ta’minlash, uning boshqaruv tabiati, instutlari va shakllarini tashqi tajavuzlardan qo‘riqlash va hududni nazorat qila olish qobiliyatidir”2, - deb yondashadi. Vaholanki, milliy xavfsizlikni garovi nafaqat tashqi xavfsizlik balki ichki xavfsizlik ham tashkil etadi. Aynan ichki nizolar, mojarolar natijasida tanazzulga uchragan davlatlar haqida tarixdan o‘nlab misollar keltirish mumkin. Yoki rossiyalik tadqiqotchi T.Alekseyeva “milliy xavfsizlik milliy-davlat manfaatlarini ta’minlashda fundamental rol o‘ynaydigan chidamli, mantiqiy yadrodir, degan yondashuvni ilgari suradi4. O‘zbekistonlik olim H.P.Abulqosimov esa “mamlakatning milliy xavfsizligi uning milliy manfaatini turli siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g‘oyaviy informatsion va boshqa omillar va tahdidlardan himoya qilishga yo‘naltiriladi. Shu bois, milliy xavfsizlik murakkab tuzilishga ega bo‘lib, siyosiy, harbiy-mudofaa, g‘oyaviy, mafkuraviy, iqtisodiy, ekologik, axborot xavfsizligini o‘z ichiga oladi” , - deb qayd etadi. Yoki A.Raxmonov milliy xavfsizlikni milliy qadriyatlar, milliy manfaatlar va milliy hayot tarzi bilan bog‘lab, aynan ana shularga tahdid solayotgan ichki va tashqi xavf mavjud bo‘lmagani yoki oldi olingan holati ekanligini qayd etadi . Shuni alohida qayd etish lozimki, xavfni mavjud bo‘lmasligi mumkin emas. Sababi ehtiyojlar va ularning zamirida shakllanadigan manfaatlar mavjud ekan ularning to‘qnashuvi ham har doim mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari xavf bo‘lmasa xavfsizlikni ham 29 hojati qolmaydi. Shunday ekan xavf ham har doim mavjud bo‘ladi. Shunday ekan uni oldi olish sifatida yondashish to‘g‘riroq bo‘ladi. Ana shular asosida milliy xavfsizlikka ta’rif beradigan bo‘lsak. Milliy xavfsizlik - alohida shaxsni, davlatni va jamiyatini hayotiy muhim manfaatlarini ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligidir. Har bir davlat o‘z milliy xavfsizligini ta’minlash uchun unga ta’sir qiluvchi barcha omillarni xisobga olib, xavfsizlikka tahdidlarni belgilab olishi lozim. Ko‘rinib turibdiki, milliy xavfsizlik tahdidlar bilan bog‘liq. (Tahdid tushunchasiga haqida oldingi mavzuda batafsil to‘xtalgan edik.) Har bir davlat, jamiyatning qudrati uning ichki xavfsizligi va barqarorligiga tayanadi. Ya’ni, jamiyat o‘z g‘oyasida mustahkam tursa, ikkilanmasa, har qanday dushman qo‘llashi mumkin bo‘lgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi tura olsa, bunday jamiyatni yengish mumkin emas. Aksincha, jamiyat ichida g‘oyaviy parokandalik, bo‘linishlar bo‘lsa, (bunga tarixda misollar ko‘p) dushmanlarga, ularning yot mafkuralariga yo‘l ochib beradi. Bunday jamiyatni yengish, mustamlaka qilish oson kechadi (bunga ham tarixda misollar ko‘p). Shunday ekan, barqarorlik va xavfsizlik – jamiyatning ongliligiga, anglangan to‘g‘ri tushuncha va bilimlarga faol amal qilishiga, fikriy, g‘oyaviy birligiga bog‘liq bo‘lib, bular esa xavfsizlik ma’rifatiga tayanadi. Navbatdagi masala milliy xavfsizlikni tuzilishi haqida to‘xtalsak. Milliy xavfsizlik tizimi murakkab tuzilma bo‘lib, unda tub tizimlar ham farqlanadi. Zamonaviy amaliyotda va ilmiy-nazariy qarashlarda milliy xavfsizlikka “shaxs xavfsizligi”, “jamiyat xavfsizligi” va “davlat xavfsizligi”dan tarkib topadi. 30 Shaxs xavfsizligi uning huquq – erkinliklari va manfaatlari, jamiyat xavfsizligi uning qadriyatlari, davlat xavfsizligi esa suvereniteti, konstitutsion tuzumi va hududiy yaxlitligining turli ko‘rinishdagi tahdidlardan himoyalanganligi bilan belgilanadi. Shaxs xavfsizligi milliy xavfsizlikda birlamchidir. Sababi jamiyat xavfsizligi alohida olingan shaxslar xavfsizligi umumlashmasidir. Shaxs xavfsizligi ma’lum bir shaxsni tashqi tahdidlardan himoyalanganlik holati hisoblansada shu bilan birga ayrim yondashuvlarda shaxs uchun ham ichki tahdid ya’ni mafkuraviy tahdid mavjudligi ilgari suriladi . Aslida bunday yondashuvlarga ma’lum asos borligini qayd etsakda asosan shaxs xavfsizligiga tashqi ta’sirlar va tahdidlar ko‘proq daxl qiladi. Navbatdagi masala jamiyat xavfsizligi haqida to‘xtalsak. Jamoat xavfsizligi ma’lum bir jamiyat (kishilar ittifoqi)ning ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganlik holatidir. Bunda shaxs xavfsizligidan farqli ravishda ichki tahdidlar ham salmoqli ta’sirga ega bo‘ladi. Umuman ichki tahdidlarning shakllanishiga jamiyatda turli toifalarning ularning o‘ziga xos manfaatlari shakllanishi va bu manfaatlarni to‘qnashuvi bilan izohlanadi. Shaxs xavfsizligi bilan uning bog‘liqligi aynan jamiyat bu kishilar ittifoqi ekan demak uning zamirida shaxs xavfsizligi yotadi. Shaxs va jamiyat xavfsizligini ta’minlash davlatning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Davlat xavfsizligi ob’ektlari bo‘lgan suverenitet, konstitutitson tuzum va hududiy yaxlitlikni saqlab qolishda ham birinchi galda shaxs va jamiyat manfaatlari yotadi. Davlat o‘z institutlari va organlari faoliyati orqali fuqaro va jamiyat manfaatlari, shu jumladan, xavfsizligini ta’minlash yo‘lida samarali xizmat qilgandagina, uning tuzumi mustahkam bo‘ladi. 31 Bir qator g‘arb tadqiqotchilari to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek “Davlat madaniy taraqqiyotning muhim instituti bo‘lgani holda o‘zini aholiga ham ichki va ham tashqi xavfsizlikni kafolatlab berishi bilan legitimlashtiradi2. Davlat mavjud bo‘lishi uchun birinchi galda shaxs va jamiyat mavjudligi uchun lozim bo‘lgan shart- sharoitlarni yaratib berishi, ularni saqlab, himoyalab, rivojlantirib borishi zarur. M.Yu.Zelenkov N Makkiavelidan «Urush – hunarmandchilikning shunday bir turiki, unda alohida odamlar halol yashay olmaydi va u faqat respublikaning ishi bo‘lishi lozim” ixtibosini keltira turib, uni quyidagi tarzda qayta talqin qiladi: «Shaxs va jamiyat xavfsizligini ta’minlash – bu, hozirgi dunyoda shunday hunarmadchilik turiki, unda jismoniy va yuridik shaxslar halol yashay olmaydi va u faqat davlatning ishi bo‘lishi lozim”.1 Davlat, uning organlari va institutlari nafaqat xavfsizlik ob’ekti – iste’molchisi, balki uning asosiy sub’ektlaridir. Lekin bu ularni jamiyat va shaxsni xavfsizlikni ta’minlash vazifalaridan ozod qilmaydi. Umuman olganda xavfsizlik ob’ekti va sub’ekti shaxs- jamiyat-davlat uchligidan tashkil topadi. Milliy xavfsizlik global xavfsizlikni poydevorini tashkil etib unga davlat mas’ul hisoblanadi. “Milliy xavfsizlik” davlat milliy manfaatlarining real va potensial tahdidlardan himoyalanganlik holatini ifodalaydi. Ayrim adabiyotlarda bu “milliy-davlat xavfsizligi deb ham qo‘llanilgan . Milliy xavfsizlik tahdidlarning ichki omillardan himoyalanganlik holatini bildiruvchi ichki xavfsizlik va tashqi omillaridan himoyalanganlik holatini bildiruvchi tashqi xavfsizlikka bo‘linadi. Bugungi kunda milliy xavfsizlik faqat davlatning o‘z hududi bilan o‘lchanmaydi va xalqaro xavfsizlikning bir 32 qismi hisoblanadi. Dunyoning turli hududlarida yuzaga kelgan jarayonlar davlat, jamiyat va shaxsning mavjud holatiga ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi. Xalqaro xavfsizlikni ta’minlash maqsadida davlatlar tomonidan erkin va o‘zaro manfaatli tarzda institutlar va tashkilotlar tuziladi. Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar alohida olingan davlat milliy xavfsizlik tizimini global va mintaqaviy hamda boshqa davlatlar xavfsizlik tizimlari bilan mos kelishini ta’minlaydi. Milliy xavfsizlikka nisbatan tahdid turlari zamon va makon bilan bog‘liq holda sifat va miqdor jihatdan o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarishda ba’zan inkorni inkor qonuniyatini ham ko‘rish mumkin. Bugungi kunda xavfsizlikka nisbatan tahdidlar jamiyat hayoti va inson faoliyati sohalariga ko‘ra, siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ekologik, madaniy, g‘oyaviy va informatsion kabi turlarga ajratiladi. O‘z navbatida milliy xavfsizlik ham shu asosda turlarga ajratiladi. Davlatning milliy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi faoliyati uning xavfsizlik siyosati orqali amalga oshiriladi. Garchi milliy xavfsizlik davlat va jamiyat hayotining turli sohalaridagi milliy manfaatlarni himoya qilish orqali ta’minlanib, bir qarashda u davlatning shu sohalardagi siyosatining tarkibiy qismiday ko‘rinsa-da, aslida xavfsizlik siyosati mustaqil siyosat turi elementlariga ega. Tadqiqotchilar xavfsizlik siyosati haqida to‘xtalib uning zarur ekanligini va siyosatni ajralmas qismi ekanligini qayd etadilar. Jumladan, rossiyalik tadqiqotchi I. Lixanova xavfsizlik siyosati ijtimoiy hayotni siyosiy boshqarishga bo‘lgan zaruriyat natijasida shakllanishini qayd etadi2. Nazarimizda ushbu yondashuvda xavf va tahdidlarning o‘rnini qayd etilmasligi bir qancha noaniqliklarni keltirib chiqarib xavfsizlik siyosatini siyosatning boshqa elementlari bilan bir xillashib 33 qolishiga olib kelgan. Chunki, aynan siyosatni o‘zi ijtimoiy hayotni boshqarishga zaruriyat natijasida shakllanadi. Shundan kelib chiqib xavfsizlik siyosatiga ijtimoiy hayotdagi xavf va tahdidlarni bartaraf etish zaruriyati natijasida shakllanishini qayd etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yana bir tadqiqotchi D.Proyektor xavfsizlik va siyosatning bog‘liqligi haqida to‘xtalib “xavfsizlik sohasida olib boriladigan barcha faoliyat yo‘nalishi – siyosat”3 deb o‘rinli qayd etadi. Shu bilan birga Sharqning ayrim davlatlarida milliy xavfsizlikka o‘ziga xos yondashuvlar ham mavjud. Jumladan, Xitoy milliy xavfsizlik borasida yagona hujjatga ega bo‘lmasada, bu sohadagi uning yondoshuv va qarashlari mudofaa to‘g‘risidagi “Oq kitobda” bayon etilgan. Unda milliy xavfsizlik strategiyasining asosiy maqsadi – “tinch va barqaror muhitni shakllantirish, mamlakat suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish, urushlarni bartaraf etish va mavjud inqirozli holatlarini nazorat qilish qobiliyatini oshirish”, deb ko‘rsatilgan . Bu xususda Xitoy Xalq Respublikasi davlat rahbari Si Szinpin “Biz umrguzaronlik qilayotgan zamonda tinchlik, taraqqiyot, hamkorlik va o‘zaro manfaatli yutuqqa erishishimiz maqsadlari yetakchi bo‘lish zarur... Barcha mamlakatlar birgalikda yangi tipdagi xalqaro munosabatlarni vujudga keltirishga tayanch bo‘lishlari lozim. Bunday hamkorlikning asosida esa butun dunyoda tinchlik, xavfsizlikni mustahkamlash va taraqqiyot tamoyillari yotadi”, degan xulosalarni qayd etadi . Postsovet hududida tashkil topgan yangi mustaqil davlatlarda milliy xavfsizlik nazariyasi tabiiyki, 1991 yildan so‘ng shakllana boshladi. Davlat xavfsizligi atamasi o‘rnida milliy xavfsizlik atamasi keng qo‘llanila boshlandi va u bevosita shaxs, jamiyat va davlatning 34 hayotiy muhim manfaatlari bilan bog‘liq tarzda amalga oshirildi. Masalan, Qozog‘iston Respublikasining “Qozog‘iston Respublikasi milliy xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunida aytilganidek: “Qozog‘iston Respublikasi milliy xavfsizligi – bu mamlakat milliy manfaatlarini real va potensial tahdidlardan himoyalanganlik holati, shaxs va fuqaro, jamiyat va davlatning dinamik rivojlanishini ta’minlanishidir. Qozog‘iston Respublikasining milliy xavfsizligini ta’minlash esa – milliy manfaatlarni real va potensial tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan milliy xavfsizlik sub’etlarining faoliyatidir”, deb ko‘rsatib o‘tilgan . Yana bir bahsli masala milliy xavfsizlikni nomlanishiga asoslanib u faqat millatga tegishliligi haqidagi yondashuvlar haqida professor A.Qodirov, “milliy xavfsizlikni asosiy vazifalaridan biri – bu mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdir. Xavfsizlikni “milliy” atamasi bilan birga qo‘llanilishining ijtimoiy-siyosiy ma’nosi uning titul millat yoki etnik guruh manfaatlarini emas, balki umumdavlat manfaatlarini ifoda etuvchi fuqarolik vakolati bilan bog‘liqdir”, degan asosli tahlillarni ilgari suradi . Milliy xavfsizlik milliy manfaatlar himoyasidan iborat ekan, uni ta’minlash o‘ziga xos tizimli faoliyatni talab etadi. Mazkur tizimda barcha elementlar davlat hokimiyati organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari institutlari, birlashmalari, alohida olingan fuqarolar o‘zaro muvofiqlashtirilgan tarzda foaliyat yuritishlari lozim. Ular o‘rtasida vakolat va vazifalarni umumiy maqsad va ular egalik qiladigan vositalar, resurslar va imkoniyatlarga mos taqsimlanishi tizimning samarali va uzoq muddat barqaror ishlashini ta’minlaydi. Tizimning tahdidlarni 35 oldindan ko‘ra bilish, ular yuzaga kelganda, bartaraf qilish va oqibatlarini tugatish uchun tezkor choralar ko‘rish salohiyati ham shu orqali kafolatlanadi. Bundan tashqari u global va mintaqaviy miqyoslardagi xavfsizlik tizimlari va boshqa davlatlar xavfsizlik tizimi bilan mos kelishi kerak. Xavfsizlik siyosatining dastlabki vazifasi milliy xavfsizlik tizimining barqaror va samarali faoliyatini ta’minlash hisoblanadi. Xavfsizlik siyosatining huquqiy asoslarini xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari, prinsiplari, xalqaro akt va konvensiyalar talablari, davlat qo‘shilgan xalqaro shartnoma va kelishuvlardagi o‘z zimmasiga olgan majburiyatlari, konstitutsiya, qonunlari va qonunosti aktlari tashkil etadi. Xullas milliy xavfsizlik murakkab tizim va davlat- jamiyat-shaxs uchligining faoliyat turi bo‘lib, har uchalasining ham tub manfaatlarini ifoda etadi. Shaxs pog‘onasidan boshlangan manfaatlar jamiyat orqali davlat pog‘onasiga ko‘tariladi va bu xususiyatdan milliy manfaatlar ham xoli emas. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling