Ochil sirojov, oybеk sirojov


-MAVZU: XAVFSIZLIKNING NAZARIYA VA


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/39
Sana10.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1087043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
SHARQ MAMLAKATLARIDA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI @centerasia library

1-MAVZU:
XAVFSIZLIKNING NAZARIYA VA 
MЕTODOLOGIK ASOSLARI 
Dars maqsadi: 
Talabalarga 
xavfsizlik 
haqida 
bilim 
berish; 
xavfsizlikni mohiyati va mazmunini ochib berish; 
ularning xavfsizlikni umumiy nazariyasi haqida tasavvur 
hosil 
qilishlarida 
ko‘maklashish; 
talabalarda 
xavfsizlikning huquqiy, siyosiy asoslarini tushuntirish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: 
Xavfsizlik, barqarorlik, tashqi siyosat, xavfsizlik 
tizimi, ustivor yo‘nalishlar, siyosat, muammolarni tinch 
yo‘l bilan hal qilish, xavfsizlik darajalari, xavfsizlikni 
ta’minlash zaruriyati, xavfsizlikka ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillar, xavfchizlik konseptsiyasi.
Xavfsizlik va barqarorlik muammosi yangi asrda 
ham jahon hamjamiyati oldida turgan eng asosiy 
muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Xavfsizlik – 
uzluksiz holatdir, hadsiz-hududsizdir. Shunday ekan 
xavfsizlik ta’minlashga qaratilgan sayi-haakatlar ham 
uzluksiz bo‘lishi talab etiladi. Bundan tashqari 
xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan sayi-harakatlar 
umume’tirof etgan xalqaro normalarga va siyosiy axloq 
tamoyillariga 
bo‘ysinib 
o‘zga 
bir 
sub’ektning 
xavfsizligiga daxl qilmasligi kerak. Ya’ni xavfsizlik 
o‘zgalarga xavf tug‘dirib ta’minlanmasligi kerak.
Ko‘rinib turibdiki, xavfsizlik o‘zi bir murakkab jarayon 
bo‘lsa, uni ta’minlashga qaratilgan sayi-harakatlar 
undanda murakkabroq hisoblanadi. Chunki ana shu sayi-
harakatla xavfsizlikni istiqbolini belgilaydi.



O‘tmishdagi tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, 
xavfsizlik va barqarorlikni faqatgina kuch vositasida 
ta’minlab bo‘lmaydi. Yoki unga qarshi qaratilgan 
tahdidlarni zo‘rlik asosida bartaraf etib bo‘lmaydi. Balki,
tahdidlarga qarshi kurashda ma’rifiy yo‘llar bilan 
kurashish ham samarali ekanligi tobora oydinlashib 
bormoqda.
Xavfsizlik haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalambor 
ushbu muammoni o‘rgangan va ushbu tushunchaga 
nisbatan bildirilgan qarashlarni ko‘rib chiqamiz. 
Qarashlarni 
ikkiga 
ajratish 
mumkin. 
Birinchisi
nazariyotchi 
siyosatshunoslarning yondashuvlari va 
amalda siyosatida qo‘llab xulosa chiqargan davlat 
rahbarlarining tahlillarini qayd etish mumkin.
Ayrim 
yondashuvlarda 
xavfsizlik 
xavfning 
yo‘qligini anglatishi ilgari suriladi. Aynan shu jihatni 
olimlar V.I.Dal va S.I.Ojegovlar lug‘atlarida ilgari 
surishgan . Dal ta’kidlaganidek, xavfsizlik bu "xavfning 
yo‘qligi, xavfsizlik, ishonchlilik". S.Ojegov esa, 
"xavfsizlik - bu hech kimga yoki hech narsaga xavf 
tug‘dirmaydigan vaziyat"deb ta’rif berishadi. Bunda 
ko‘proq tushunchani to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’nosidan kelib 
chiqib yondashiladi. Ammo ma’lumki, inson bor ekan 
xavf ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni har doim ma’lum bir 
xavf yoki uning paydo bo‘lish ehtimoli mavjud. Shuning 
uchun xavfsizlik tushunchasi tizimning mumkin bo‘lgan 
tahdidlarga qarshi turish qobiliyatini o‘z ichiga oladi.
Ana shu yondashuvdan kelib chiqib "xavfsizlik" 
tushunchasini ko‘rib chiqsak, uni juda keng, universal va 
umumiy deb aytishimiz mumkin, chunki u ko‘p qirrali 
ma’noga ega va turli sohalarda ham qo‘llanilishi mumkin. 
Shuni ta’kidlash kerakki, fanda "xavfsizlik"ka yagona 
yondashuv mavjud emas. Uni O.D.Garanina to‘g‘ri 
ta’kidlaganidek, u ba’zi fanlarda xavfsizlik tizimning 



mulki sifatida, boshqalarida tizimning holati sifatida, 
boshqalarida xavfsizlikni ta’minlaydigan shartlar majmui 
sifatida izohlanadi. Masalan, siyosiy xavfsizlik va 
iqtisodiy xavfsizlikni nazarda tutadigan bo‘lsak, birinchisi 
jamiyatni, uning iqtisodiyotini, ilm-fan va ta’limni 
samarasiz davlat siyosatidan himoya qilish sifatida 
yondashilsa, 
ikkinchisi 
iqtisodiy 
xavf-xatarlardan 
himoyalangan barqaror iqtisodiy holat sifatida izohlanadi. 
Bunday turlicha yondashuvlar xavfsizlikning mohiyati 
bilan bog‘liq. Xavfsizlikning mohiyatini tushunishga 
birinchi urinishlar qadimgi davr siyosiy tafakkurida qayd 
etilgan. Xavfsizlik haqidagi ilk g‘oyalar antik davr 
mutafakkirlari - Platon, Arastu, Gippokrat, Epikur 
asarlarida o‘z ifodasini topgan. Platon “xavfsizlik” 
tushunchasini “adolat”, “yaxshilik”, “ehtiyotkorlik” kabi 
kategoriyalar bilan belgilaydi, “xavf” tushunchasi esa 
salbiy kategoriyalar – “adolatsizlik”, “yomonlik” bilan 
belgilanadi . Shuningdek, u shaxsga xavf tug‘diruvchi 
xavf-xatar pirovard natijada jamiyatga ham, davlatga ham 
xavf tug‘diradi, degan xulosaga keldi. Arastu fikricha 
davlat xavfsizligi birinchi o‘rinda, shundan keyingina 
jamiyat va inson xavfsizligi keyingi o‘rinda deb 
hisoblaydi . Shundan kelib chiqib asosiy e’tibor davlat 
xavfsizligini ta’minlashga qaratilishi kerakligini uqtiradi. 
Boshqa bir antik faylasuf Epikur xavfsizlikni eng oliy 
ne’mat deb baholaydi: "Odamlardan xavfsiz yashash 
uchun har qanday vosita tabiiy ne’matdir" degan qarashni 
ilgari surib xavfsizlikni kafolatlovchi vositalar (qo‘rg‘on, 
kuch, urush)ni tabiiy zaruriyat sifatida baholaydi .
Yoki Sharqda Qadimgi Hindistonda xavfsizlik 
insonning kamtarligi va jamiyatda mavjud bo‘lgan 
yovuzlik va tahdidlardan uzoqlashishi sifatida talqin 
qilingan . Ya’ni bunda himoyalanish emas ulardan 
uzoqlashishga ustivorlik beriladi. Xullas, antik davrda 



xavfsizlikni davlat va uning fuqarolarini turli tahdidlardan 
himoya qilish qobiliyati sifatida yondashilgan. Zamonaviy 
davrdan farqli o‘laroq u davrda jamiyat xavfsizligi 
masalasi markaziy o‘ringa qo‘yilmagan. Yangi davrda esa 
T.Gobbs, 
J.J.Russo, 
D.Lokklarni 
xavfsizlikka 
yondashuvlarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Ular o‘z asarlarida xavfsizlikni, insonni siyosiy 
ehtiyojlari bilan uyg‘un holda tasavvur qila boshladilar. 
Ya’ni ular biri ikkinchisini inkor qilmasligi balki, 
to‘ldirish kerakligini uqtirdilar. Jumladan, T.Gobbs 
xavfsizlik bu hayotni saqlash va hayotni shunday saqlash 
uchun zarur vositalar bilan ta’minlash. Bu vositalar 
hayotni qiyinlashtirishga xizmat qilmasligi kerakligini 
uqtiradi . J.J.Russo inson xavfsizligini bevosita davlat 
qonunlari va fuqarolarning jamiyatdagi erkinligi bilan 
bog‘lab aynan ular xavfsizlik kafolati bo‘lishi kerakligini 
ilgari suradi . O‘z navbatida, “ijtimoiy shartnoma”
nazariyasiga tayangan J.Lokk jamiyatni optimal tashkil 
etishning zaruriy sharti xavfsizlik ekanligini, lekin 
erkinlik inson taraqqiyoti va hayotida birdek muhim rol 
o‘ynashini ta’kidlaydi . Xavfsizlikka ehtiyoj insonlarni 
birlashtirib 
jamiyatni 
shakllantirsa 
bu 
birlashma 
erkinlikka daxl qilmasligi kerakligini ilgari suradi. 
G.Gegel esa “shaxs xavfsizligi butunlikni kafolatlaydi”, 
lekin “shaxs va uning mulki xavfsizligining asosi davlat 
xavfsizligidir” deb uqtiradi . Yana bir muhim masala 
xavfsizlikni kafolati masalasini ko‘tarilishi bilan unga 
bo‘lgan munosabat ham o‘zgara boshlaydi. Ya’ni masala 
yanada murakkablashadi. Xavfsizlik XX asr o‘rtalaridan 
boshlab sovuq urush tugagunga qadar ko‘pchilik 
olimlarning asarlarida xalqaro tizimda faqat davlat 
xavfsizlikning 
kafili bo‘lganligi ta’kidlangan. D. 
Borisovning fikricha, xalqaro munosabatlarning blok 
arxitekturasi xalqaro xavfsizlik sohasidagi nazariy 



tadqiqotlarga ham kuchli ta’sir ko‘rsatgan, ular faqat 
davlatlararo darajada faoliyat ko‘rsatgan va faqat 
davlatlarni xalqaro xavfsizlik tizimining subekti sifatida 
tan olgan . 
G‘arb nazariyotchilari K. Popper, I. Lakatos,
P. Feyerabend, asarlarida ham xavfsizlik masalasi muhim 
hisoblanib ochiq jamiyat va shaffoflik, demokratik 
qadriyatlarning tantana qilib borishi jamiyada, istiqbolda 
hamjamiyat miqyosida xavfsizlik kafolati bo‘lishi ilgari 
suriladi. XX asr oxiridagi tadqiqotchilar orasida 
rossiyalik E.I.Umrixina xavfsizlik deganda “shaxs, mulk, 
jamiyat va davlatning turli tahdidlardan himoyalanish 
holati” deb tushunadi. Yoki o‘zbekistonlik olimlar 
S.Jo‘rayev, T.Jo‘rayev, S.Otamuratov, Sh.Paxrutdinov, 
R.Samarov tadqiqotlarida xavfsizlik tushunchasini tahlil 
qiladilar va o‘ziga xos yondashuvlarni ilgari suradilar. 
Jumladan S.Jo‘rayev global xavfsizlik masalalariga 
to‘xtalib uni o‘zaro bog‘liq ekanligini asoslashga harakat 
qilsa, T.Jo‘rayev xavfsizlikka yaxlit tizim sifatida 
yondashib uning kafolati sifatida tizimbardor kuchlar 
ekanligini ilgari suradi. Yoki Sh.Paxrutdinov esa 
xavfsizlikni aksi tahdid bilan bog‘lab, tahdidlardan 
himoyalanish xavfsizlik kafolati ekanligini urg‘ulaydi. 
S.Otamuratov xavfsizlikni xavflardan himoyalanganlik 
holati sifatida baholab uni bir qancha turlarga jumladan 
yangicha 
yondashuv, 
milliy-ma’naviy 
xavfsizlikka 
bo‘ladi .
Xavfsizlik konseptsiyasi doirasida bugungi kunda 
ikkita yetakchi ilmiy maktab - "Qo‘rquvdan ozodlik" 
Freedom from Fear» va "Ehtiyojdan ozodlik" «Freedom 
from Want » shakllangan. 
Birinchi yondashuvga ko‘ra, inson xavfsizligi kun 
tartibining yagona maxraji zo‘ravonlik tahdidlariga urg‘u 
berish bo‘lishi kerak . Shu nuqtai nazardan, odamlar bilan 


10 
sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsa xavflidir, 
buning natijasida u sabab-oqibat tahlilini deyarli imkonsiz 
qiladi. Ikkinchi yondashuvga ko‘ra, xavfsizlik kun 
tartibining 
referenti shaxsga aylangandan so‘ng, 
odamlarga nisbatan zo‘ravonlik tahdidlarini qashshoqlik, 
atrof-muhit degradatsiyasi va yuqumli kasalliklar kabi 
xavfsizlik, erkinlik va o‘zini o‘zi amalga oshirishga 
bevosita ta’sir qiladigan boshqa muammolardan 
shaxslarni ajratib bo‘lmaydi . Bundan kelib chiqadiki, 
inson xavfsizligi deganda nafaqat insonning asosiy 
ehtiyojlarini qondirish, balki inson qadr-qimmatini 
ro‘yobga chiqarish ham tushuniladi. Uchinchi yondashuv 
xavfsizlik tushunchasini tor va keng tushunishning 
uyg‘unligiga asoslanadi.
Yana bir yondashuv. Ushbu yondashuvga ko‘ra,
xavfsizlik tushunchasi uning keng talqinini ko‘rib chiqadi. 
U Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot 
Dasturining (BMTTD) 1994 yildagi faqat inson 
xavfsizligini ta’minlash muammolariga bag‘ishlangan 
hisobotiga asoslanadi . 
Hisobotda asosiy e’tibor xavfsizlikning ijtimoiy 
parametrlariga, ya’ni odamlar va jamiyatning hayot 
sifatini kafolatlashga qaratilgan. 
Navbatdagi masala biz yuqorida ta’kidlaganimizdek 
siyosiy liderlar tomonidan ham xavfsizlik borasida o‘ziga 
xos 
yondashuvlar 
ilgari 
surilgan. 
Bu 
boradagi 
yondashuvlar ancha uzoq o‘tmishga borib taqalsada,biz 
zamonaviy davr liderlarini qarashlariga ko‘proq 
to‘xtalishga harakat qilamiz. Jumladan, I.Karimov 
Xavfsizlik — uzluksiz holatdir, hadsiz-hududsizligini 
qayd etgan bo‘lsa , Sh.Mirziyoyev esa «xavfsizlik 
bo‘linmas, ishonch uning fundamental asosi ekanini qayd 
etadi» . 


11 
Xitoy Xalq Respublikasi sobiq rahbari Szyan 
Szemining fikricha: «...xavfsizlikning har qanday modeli, 
mexanizmi qo‘shnilar o‘rtasida ishonch, o‘zaro teng 
xuquqli muhokama, do‘stona hamkorlikka asoslandi...»2. 
GFR sobiq kansleri G. Shmidt «xavfsizlikning 
yangi o‘lchami» haqida yozib, xavfsizlik — bu mamlakat 
ichida sotsial tinchlikka erishish va uni qo‘llab-quvvatlash 
zaruriyatidir»5 — deb fikr bildirgan. Yoki Milliy 
xavfsizlik, AQSHning sobiq Mudofaa vaziri G. 
Braunning fikricha, mamlakat va uning hududini fizik 
yaxlitligini himoya qilish, mamlakatga qulay bo‘lgan 
shart-sharoitlarda boshqa davlatlar bilan iqtisodiy 
munosabatlarni amalga oshirishni ta’minlash, uning 
boshqaruv tabiati, institutlari va shakllarini tashqi 
tajovuzdan qo‘riqlash va chegarani nazorat qilishlik 
qobiliyatidir.7 
AQSHning 
sobiq 
prezidenti 
Bill 
Klinton, 
«mamlakatimizga 
asos 
solingandan 
beri 
milliy 
xavfsizligimiz strategiyasiga qo‘yilgan ayrim talablar 
o‘zgarishsiz qolmokda. Biz amerikaliklarning hayoti va 
shaxsiy xavfsizligini o‘z mamlakatimizda va xorijda 
himoya qilishimiz zarur. Biz Qo‘shma Shtatlarning 
mustaqilligini, suverenitetini va siyosiy erkinligini 
saqlashimiz zarur. Bizning qadriyatlarimiz, institutlarimiz 
va hududimiz daxlsiz bo‘lib qolishi kerak. Biz xalq 
farovonligi o‘sishi va mamlakat gullab-yashnashi uchun 
harakat qilishimiz lozim».8 deb, asosan davlat xavfsizligi 
ustivorligi va uning jamiyat xavfsizligi bilan bog‘liqligiga 
urg‘u beradi. Umuman ularda davlat xavfsizligi masalasi 
ustivorlik qiladi va bu ham qaysidir ma’noda ularni davlat 
rahbari bo‘lganligidan va shundan kelib chiqib 
yondashganligi bilan bog‘liq. 
Yuqorida 
keltirilgan 
tushunchalardan 
kelib 
chiqadigan bo‘lsak, xavfsizlik tushunchasi juda keng 


12 
qamrovli, eng dolzarb, keng ma’noli tushunchadir. 
Bizning nuqtai nazarimizcha, xavfsizlik - shaxs, ijtimoiy 
guruxlar, jamiyat, davlat va sivilizatsiyaga tegishli muhim 
manfaatlarning 
ichki 
va 
tashqi 
tahdidlardan 
himoyalanganlik holatidir. | 
Hayotiy muhim manfaatlarning asosiylari davlat 
suvereniteti va hududiy yaxlitligi, konstitutsiyaviy tuzum 
va huquq tartibot, hokimiyatning samarali faoliyati, 
davlatning mudofaa qobiliyati, samarali ichki va tashqi 
siyosat yuritish, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni 
ta’minlash, 
jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va 
ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, davlatning ilmiy-
texnikaviy salohiyati, davlatning axborot xavfsizligi, 
davlatning savdo-sotiq sirlari, davlat rahbarlarining hayoti 
va qadr-qimmatidir va boshqalar hisoblanadi. 
Yana bir masala xavfsizlik klasifikatsiyasi haqida 
to‘xtalsak. Uni shaxsiy, milliy, mintaqaviy, xalqaro 
darajalarga, mazmun mohiyati jihatdan iqtisodiy, harbiy, 
siyosiy va hokazolarga bo‘lish mumkin.
Shaxsiy xavfsizlik – ma’lum bir shaxsni tashqi 
tahdidlardan 
himoyalanganligi 
hisoblanadi. 
(Milliy 
xavfsizlik 
haqida 
keyingi 
mavzularda 
batafsil 
to‘xtalamiz).
Mintaqaviy xavfsizlik - ma’lum bir mushtarak 
geosiyosiy muxitda joylashgan va bir-biriga uzoq tarixdan 
bevosita bog‘lanib qolgan xalqlar, millatlar, davlatlarga 
tegishli bo‘lgan hayotiy muxim manfaatlarni ichki va 
tashqi tahdidlardan davlatlararo hamkorlik asosida 
himoyalanganlik holatidir.
Xalqaro xavfsizlik esa - jahondagi davlatlarning 
hayotiy muhim manfaatlaridan kelib chiqib, barcha 
davlatlar uchun eng muhim bo‘lgan hayotiy manfaatlarni 
global taxdidlardan ikki va ko‘p tomonlama tuzilma va 


13 
institutlar kompleksini tuzish, ushbu tuzilmalar yordamida 
davlatlararo muammo va kelishmovchiliklarni siyosiy 
yo‘llar bilan yechish orqali davlatlararo munosabatlarni 
barqaror amal qilishini ta’minlanganlik holatidir.9
Boshqacha 
yondashuvga 
asosan 
esa 
xalqaro 
xavfsizlik - siyosiy, iqtisodiy va shu kabi munosabatlarni 
davlatlararo 
agressiya 
xavfini 
bartaraf 
qilish 
va 
davlatlarning tenglik, milliy mustaqillik va xalqaro 
mustaqilligi, shuningdek, ularning demokratik asosda 
rivojlanishini ta’minlovchi holatdir.10 Bulardan tashqari, 
keyingi paytlarda xavfsizlikning siyosiy, iqgisodiy, 
insoniylik va boshqa belgilarni o‘z ichiga oladigan, harbiy 
bo‘lmagan jihatlarini anglash kuchaydi va xavfsizlik 
davlat va jamiyat hayotidagi turli muhim jabhalarga 
tahdid soluvchi xavf-xatar va omillarga ko‘ra quyidagi 
shakllarda namoyon bo‘lmoqda:
Harbiy xavfsizlik - shaxs, davlat va jamiyatning 
manfaatlarini, 
davlat 
suverenitetini 
va 
hududiy 
yaxlitligini, uning konstitutsiyaviy tuzilishini doimiy 
ravishda himoya qilish uchun zamonaviy urush va qurolli 
mojarolar xarakterini, harbiy sohada zamonaviy qurollar 
ishlab chiqarishni, harbiy san’at (mahorat) sirlarini tizimli 
taxlil qilgan hodda shunga munosib yetarli harbiy 
qudratga ega bo‘lishdir. (Bu haqda keyingi mavzularda 
batafsil to‘xtalamiz.) 
Siyosiy xavfsizlik - davlatning mustaqil ichki va 
tashqi siyosat olib borishi, xalqaro maydonda xalqaro 
xuquqning mustaqil sub’ekti sifatida faoliyat ko‘rsatishi, 
Asosiy qonunda ko‘rsatilgan tartibda hokimiyat bo‘linish 
tamoyillarini amalga oshirilishi va shaxsning, ijtimoiy 
guruxlarning davlat ichkarisida va xalqaro maydonda o‘z 
siyosiy 
erkinliklaridan 
foyda-lanish 
uchun 
shart-
sharoitlarini ta’minlanganligidir. 


14 
Iqgisodiy xavfsizlik — mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlanishi uchun amalga oshirilayotgan iqtisodiy 
siyosatni to‘la-to‘kis hayotda qo‘llanishini, aholini 
farovon hayotini, iqtisodiyot sohasidagi davlat sirlarini 
saqlanishini, davlatning moddiy boyliklarining talon-taroj 
qilinmasligini ta’minlashdir. (Bu haqda keyingi 
mavzularda batafsil to‘xtalamiz.) 
Axborot xavfsizligi - shaxs va davlat manfaatlari 
uchun muxim bo‘lgan xizmat va davlat sirlarini tashkil 
etuvchi axborot va uning manbalarini himoya qilishdir. 
(Bu haqda keyingi mavzularda batafsil to‘xtalamiz.) 
Ekologik xavfsizlik - shaxs, millat, davlat va 
umuman insoniyat manfaatlari uchun atrofimizni o‘rab 
turgan tabiiy muhitning jonli va jonsiz resurslarining 
saqlanganligi, ulardan oqilona foydalanish, 
oqilona foydalanmaganlik sababli hozirgi vaqtda 
insoniyat hayotiga xavf solib borayotgan tabiiy ofatlarni 
bartaraf qilish borasidagi harakatlarni amalga oshirish.
Yana shuni aytib o‘tish kerakki, yuqorida sanab 
o‘tilgan xavfsizlik turlari bir-biriga chambarchas 
bog‘liqdir. Masalan, qurolli guruxlarning ma’lum bir 
iqtisodiy zonaga suqilib kirib, o‘sha yerda o‘z 
hukmronligini 
boshlashi 
harbiy 
xavfsizlikning 
ta’minlanmaganligidan dalolat beradi, ikkinchidan, 
konstitutsiyada belgilangan tartibdagi hokimiyat organlari 
faoliyati buziladi, siyosiy xavfsizlikka putur yetadi, ushbu 
hududdan davlat budjetiga kelib tushadigan milliy 
daromad o‘z-o‘zidan to‘xtab qoladi. Davlat ahamiyatiga 
molik ilmiy-texnikaviy yangiliklar va davlat sirlari 
tarqalib ketishi, har xil zaharli kimyoviy moddalardan 
foydalanish natijasida atrof muxit zaharlanib insoniyat 
hayotiga taxdid solishi mumkin, demak, axborot va 
ekologik xavfsizlik ham ta’minlanmay qoladi. 


15 
Navbatdagi masala “xavfsizlik” bilan bog‘liq “xavf” 
“tahdid” , “mojaro” tushunchalarini qiyosiy tahlil qilsak. 
Xavf ma’lum bir sub’ekt mavjudligiga salbiy ta’sir 
qilishi mumkin bo‘lgan imkoniyat hisoblanadi. Xavfning 
tahdiddan farqli jihati unda ob’ekt yoki sub’ektdan biri
noma’lum bo‘ladi. “Tahdid” da esa ularni ikkalasi ham 
aniq bo‘ladi. Ularni bog‘liqligi esa xavfning yuqori 
bosqichi tahdid hisoblanadi. Shu bilan birga tahdid ham 
hali imkoniyat darajasidagi voqelik hisoblanadi ya’ni u 
real voqelik emas. Masalan, NATOni sharqqa tomon 
kengayishini RF milliy xavfsizligi uchun tahdid sifatida 
baholaydi. Ammo bu hali urush harakatlari boshlandi 
degani emas. Urush harakatlarini boshlanishi esa real 
voqelik hisoblanadi. 
Navbatdagisi tahdid va mojaroning o‘zaro 
bog‘liqligi haqida to‘xtaladigan bo‘lsak tahdiddan keyingi 
bosqich mojaroni tashkil etadi. Ulardan himoyalanish esa 
xavfsizlikni asosiy vazifasi hisoblanadi. Aynan ana shu 
vazifani amalga oshirish uchun esa xavfsizlik siyosati 
yuritiladi.
Umuman xavfsizlik siyosatida tahdid va mojarolarni 
oldini olish va bartaraf etish ustivor vazifa sifatida 
qaraladi. Ya’ni to‘g‘ri yuritilgan xavfsizlik siyosati orqali 
yuqoridagilar bartaraf etiladi. Buning uchun avvalo tahdid 
va mojarolarni aniqlash, ularni tizimlash va bartaraf etish 
lozim bo‘ladi.
Yuqorida qayd etganimizdek tahdidni yukori 
bosqichi mojaro hisoblanadi. Mojarolarni kelib chiqishi 
haqida tadqiqotchilar turli xil fikrlar bildiradilar, Dj. 
Berton, K. Leder, Dj. Devillar mojarolarni kelib 
chiqishida inson ehtiyojlari nazariyasini olg‘a suradilar. 
Ularning 
fikricha 
mojarolar 
inson 
ehtiyojlari 
qondirilmasligi yoki to‘la qondirilmasligi natijasida 
insonlar tomonidan barpo etiladi.4 


16 
Amerikalik siyosatshunos Samuel Xantington esa 
«XX asrda mojarolarning asosiy manbai iqtisod yoki 
mafkura emas, balki sivilizatsiyaviy xilma-xillikdir. 
Sivilizatsiyalarning 
to‘qnashuvi 
xalqaro 
siyosatda 
yetakchi omil vazifasini o‘ynaydi. Sivilizatsiyalar 
o‘rtasidagi chiziq bo‘lajak front chegarasi bo‘lib qoladi»5 
– degan fikrni ilgari suradi.
Bizning fikrimizcha, mojarolar inson ehtiyojlarini 
qondirilmasligi yoki to‘la qondirilmasligi uchun emas, 
balki uning tobora o‘sib borayotganligi va insonlar 
ehtiyojlari o‘rtasidagi chegaraning buzilishi natijasida 
yuzaga keladi. Umuman inson ehtiyojlarini to‘liq
qondirib bo‘lmaydi. Birini qondirsang, yangisi paydo 
bo‘ladi. Insoniyat o‘z ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish 
uchun boylik orttirishga harakat qiladi. Buning uchun u 
qurol kuchiga suyanib, boshqa hududga tahdid sola 
boshlaydi. Oqibatda harbiy mojarolar kelib chiqadi. Buni 
iqtisodiy, siyosiy mojarolarga ham tatbiq qilsak bo‘ladi. 
Nazarimizda insonlar va ular tomonidan yaratilgan 
davlatlar o‘z ehtiyojlarini o‘zgani ehtiyoji hisobiga 
qondirishlari va bunga tegishli sub’ektlar tomonidan 
chora ko‘rilmasligi mojaroni kelib chiqishiga sabab 
bo‘ladi. Xantington fikriga kelsak, sivilizatsiyaviy xilma-
xillik yoki to‘qnashuv oldin ham bo‘lgan. Tarixdagi salb 
yurishlarini eslash bizningcha kifoya. To‘g‘ri, bu ham 
qaysidir ma’noda mojarolar tug‘ilishiga sabab bo‘lishi 
mumkin. Lekin bu asosiy omil bo‘la olmaydi.
Yana bir narsani alohida qayd etib o‘tish lozimki, 
BMT ma’lumotlariga ko‘ra 2000 yilda dunyoda 29 ta 
ulkan harbiy mojaro sodir bo‘lgan. 2010 yilda esa xuddi 
shunday 34 ta harbiy mojarolar sodir bo‘lgan, shu 34 
tadan 19 tasi hududiy kelishmovchiliklar natijasida kelib 
chiqqan. Shu yilda avtonomiya yoki mustaqillik uchun 
kelib chiqqan mojarolar soni ham oshgan.1 Ma’lumotlar 


17 
ham shundan dalolat bermoqdaki, mojarolar son jihatdan 
oshib, ko‘rinishi jihatidan rang-baranglik kasb etmoqda.
Xullas xavfsizlikni ta’minlash dolzarb bo‘lib borgani 
sari unga nisbatan ilmiy-nazariy yondoshuvlarning 
qamrovi 
ham 
kengayib 
bormoqda. 
Xavfsizlik 
tushunchasini u yoki bu aspektda tadqiq qilish bugungi 
kunda barcha ijtimoiy – gumanitar fanlarga xos 
xususiyatdir. Masalan, siyosiy fanlarda xavfsizlikka –
shaxs, ijtimoiy guruhlar, jamiyat davlat va sivilizatsiyaga 
tegishli 
muhim 
manfaatlarning 
ichki 
va 
tashqi 
tahdidlardan 
himoyalanganlik 
holati 
darajasida 
yondashiladi1. Mavjud fikrlar va qarashlardagi eng 
umumiy va xususiy jihatlarni umumlashtirgan holda 
xavfsizlik tushunchasini siyosiy-falsafiy jihatdan tahlil 
qiladigan bo‘lsak, xavfsizlik ichki mazmun va tashqi 
qiyofaga ega. Politologiyada asosan uning tashqi 
ko‘rinishi muhimroq hisoblanib, shu nuqtai nazardan 
yondashiladi. Siyosat falsafasida esa ichki mazmun va 
tashqi ko‘rinish yaxlit holda, kerak bo‘lsa ular o‘rtasidagi 
nomutanosiblik ham o‘rganiladi. Zero hamma vaqt ham 
ichki mazmun tashqi ko‘rinishga mos tushavermaydi.
Siyosiy-falsafiy 
nuqtai nazardan bir sub’ektning 
xavfsizligi va uni ta’minlash yo‘lidagi sayi-harakatlar 
ikkinchisi uchun xavf tug‘dirmasligi lozim. Bundan 
tashqari siyosat falsafasida xavfsizlikka zamon va makon 
omilidan 
kelib 
chiqib 
yondashish 
ham 
muhim 
hisoblanadi. Ya’ni, har bir makon va zamon xususiylik 
kasb etadi shu bilan birga umumiylikka ham ega. Shu 
nuqtai nazardan xavfsizlikni o‘zi makon nuqtai nazardan 
bir necha qismlarga bo‘linadi, ya’ni global xavfsizlik, 
mintaqaviy xavfsizlik va milliy xavfsizlikka bo‘lish 
mumkin. 
Xavfsizlik murakkab masala bo‘lib uning 
murakkabligi kafolati, ta’minlanishi bilan izohlanadi. 


18 
Xavfsizlikka turlicha yondashuvlar mavjud. Ular biri 
ikkinchisini to‘ldiradi. Xavfsizlikni darajasi, mazmun-
mohiyatidan kelib chiqib turli guruhlarga bo‘lish mumkin. 
Shu bilan birga ular o‘zaro chambarchas bog‘liq 
hisoblanadi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling