Ochiq, aniq, ravshan texnik yechim yoki
Download 406.77 Kb.
|
Toxir kurs ishiga malumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intellektual mulk agentligi delegasiyasining Germaniyaning patentlar va tovar belgilari idorasiga tashrifi
- Xalqaro tashkilotlar
- O‘zbekistonda patent bojlari va to‘lovlarini pasaytirish rejalashtirilmoqda
- CTO 101: Turli xil patent turlari nima
- Patentlarning turlari nimada
- Togri patent turlarini qanday tanlash mumkin
- Vaqtinchalik patent nima va nima uchun sizga bu kerak
- Patentlarning qoshimcha turlari
- Qanday ixtiro turlari Patent berishi mumkin
- Ixtirolar boyicha umumiy talablar patentlangan bolishi kerak
- Ixtirolar turlari boyicha koproq Patent berishi mumkin
- Patent berilmaydi nima
- Patent arizasini kim topshirishi mumkin
- Olimlarimiz gen-nokaut texnologiyasiga patent olishdi
Patent (lotincha: patens — ochiq, aniq, ravshan) — texnik yechim yoki ixtironing davlat tomonidan eʼtirof etilganligini va ixtirochining oʻz ixtirosiga olgan mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjat. Patent olish jarayoni, patent oluvchining maʼsuliyatlari va eksklusiv huquqlari turli mamlakatlarda turlichadir. Shunday boʻlsa ham, har bir patent olish uchun yozilgan arizada ixtironing biror-bir yangilik kiritayotgani haqida maʼlumot boʻlishi kerak. Koʻp mamlalakatlarda berilgan eksklusiv huquqlar boshqalar patentlangan ixtironi ruxsatsiz yasashi, qoʻllanishi, sotishi yoki tarqatishi oldini oladi.[1] Xalaqaro Savdo Tashkilotining mualliflik huquqlari boʻyicha shartnomasiga koʻra, bu tashkilotga aʼzo mamlakatlarda har qanday sohadagi ixtiro uchun patentlar mavjud boʻlishi zarur. Patentni odatda davlat beradi. Davlat patent idorasi tomonidan ixtiro muallifiga yoki ariza boʻyicha huquqiy vorisiga beriladi. Koʻp mamlakatlardagi qonunlariga koʻra, patent 15—20 yil muddatga beriladi. Baʼzi mamlakatlarda ixtorolarni himoyalash vaqti odatda kamida 20 yil boʻlishi kerak. Patent odatda shu patent chiqarilgan mamlakat hududida amal qiladi. Xalqaro amal qiluvchi patentlar ham mavjud. Baʼzi mamlakatlarda maʼlum bir sohalardagi ixtirolar uchun patent berilmaydi. Oʻzbekistonda ixtirolar, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qoʻyiladigan patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda patent idorasining bunday hujjatni berish tartibi mamlakatning „Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida“gi qonuni (1994-yil 6-may) da belgilab berilgan. Bir qancha mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatining muayyan turlari bilan shugʻullanish uchun berilgan maxsus ruxsatnoma ham „patent“ deb ataladi. Davlatdan bunday patentni sotib olish tadbirkorlarni (odatda, yakka tartibdagi tadbirkorni) bundan keyingi (bir yilga yoki boshqa davrga) soliqlar toʻlashdan ozod etadi.[2] Intelektual mulk agentligi ima.uz Faoliyatning huquqiy asoslari: 1.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4168 -sonli "Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori; 2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4380 -sonli "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori; 3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risida"gi 609 -sonli qarori; Agentlikning asosiy vazifalari: intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish; intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi holatini kompleks tahlil qilish, ushbu sohasini rivojlantirish bo'yicha aniq takliflarni ishlab chiqish; intellektual mulk sohasidagi huquqni qo'llash amaliyotini izchil va bir xilda ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; intellektual mulk masalalari bo'yicha xalqaro-huquqiy hamkorlikni, shu jumladan intellektual mulk ob'ektlariga bo'lgan huquqlarni o'zaro muhofaza qilish haqidagi xalqaro shartnomalarni tuzish orqali yo'lga qo'yish va mustahkamlash; intellektual mulk sohasidagi ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni o'tkazishda ishtirok etish; jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish va intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini shakllantirish Davlat patent fondi 1966 yilda yig'ilishi boshlangan va tarkibidagi patentga oid hujjatlar hajmi va komplektlanish ko'lami bo'yicha eng yirik patent fondlaridan biriga aylangan Respublika hududiy patent fondi qoshida 1993 yilda Patentga oid hujjatlar fondi tashkil etilgan edi. Patentga oid hujjatlar davlat fondining asosiy komplektlanish manbalari - xalqaro almashinuv, patentga oid hujjatlar, uslubiy adabiyotlarga egalik va davriy nashrlarga obunadir. Fond bosma variantda va optik disklarda aks etgan. Ayni kunda PHDF O'zbekiston Respublikasidagi patentga oid hujjatlarni to'liq jamlagan yagona fond hisoblanib, mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlarning patentga oid hujjatlari saqlanuvchi markaziy tuzilma sifatida uning tarkibida dunyoning 25 ta mamlakati patent hujjatlari, 2 ta xalqaro va 2 ta hududiy tashkilotlar, ixtirochilikka va patent huquqi masalalariga doir adabiyotlar jamlangan. Fond tarkibida 79 millionga yaqin hujjatlar mavjud bo'lib, ularning asosiy qismi (64,5 million) optik disklarda aks etgan. Fondda ixtirolarga talabnomalar, mualliflik huquqlari, patentlar, foydali modellar uchun tavsiflar, sanoat namunalari tavsiflari, rasmiy byulletenlar, referativ jurnallar, uslubiy-me'yoriy adabiyotlar, ma'lumot beruvchi hujjatlar jamlangan. Fondda 1924 yildan boshlab 1993 yilga qadar O'zbekistonda ro'yxatga olingan ixtirolar tavsiflari, mualliflik guvohnomalari va Rossiya Federasiyasida berilgan patentlarga tavsiflar jamlanmasi bosma variantda saqlanmoqda. Fondda ixtirolarning to'liq tavsiflari bilan bir qatorda yetakchi xorij mamlakatlari va MDH davlatlarining rasmiy byulletenlari ham mavjud. Bu byulletenlarda quyidagi ma'lumotlar aks etgan: milliy talabnomalar va patentlarga, foydali modellar, sanoat namunalariga oid bibliografik ma'lumotlar va ixtiro referatini o'z ichiga olgan axborotlar, xizmat ko'rsatish belgilari va ro'yxatga olingan foydali modellar, EHM uchun dasturlar va ma'lumotlar bazalari, seleksiya yutuqlari, shuningdek, patentlar holatidagi barcha huquqiy o'zgarishlar haqida ma'lumotlar jamlangan. Kutubxona fondida ilm-fandagi barcha yo'nalish va sohalar bo'yicha endiklopediyalar, shuningdek, o'zbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, italyan, ispan, qadimiy grek, fors, afg'on, chex, yapon, polyak, serb-xorvat, koreys va turk tillaridagi lug'atlar mavjud. Intellektual mulk mohofazasi borasidagi xorij qonunchiligi, intellektual mulk muhofazasining, patentga oid izlanishlarning huquqiy va iqtisodiy jihatlari, ilmiy-texnik siyosat, iqtisodiyot sohalarini patentga oid ma'lumotlar vositasida prognozlash kabi mavzular yoritilgan axborotlar va ilmiy adabiyotlar ham shular jumlasidandir. O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida keng omma uchun tashkil etilgan "Elektron kutubxona"da patent fondi optik tashuvchilarga jamlangan. Mutaxassislar uchun muayyan bazaviy ma'lumotlar aks etgan CD-ROM va DVD-ROM disklardan patentlarga oid hujjatlarni izlash uchun avtomatlashtirilgan ish joylari tashkil etilgan. Patentga oid hujjatlar davlat fondi (PHDF) negizida Agentlik mutaxassislari va davlat patent ekspertlari, patent vakillari, shuningdek, patentga oid hujjatlar qiziqtiruvchi barcha foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yilgan. Ma'lumot olish va kutubxona xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat qiluvchi har bir fuqaro Patentga oid hujjatlar davlat fondi foydalanuvchisi bo'la oladi. Foydalanuvchi fuqarolik pasporti yoki uning o'rnini bosuvchi hujjatga, talablar esa talabalik guvohnomasiga ega bo'lishi lozim. Agentlik tuzilmasi Intellektual mulk agentligi delegasiyasining Germaniyaning patentlar va tovar belgilari idorasiga tashrifi2018 yil 23 apreldan 25 aprelgacha Intellektual mulk Agentligi delegasiyasi bosh direktor o'rinbosari M. Bobojanov boshchiligida delegasiya Myunxen shahrida joylashgan Germaniya patent va tovar belgilari idorasida xizmat safarida bo'ldi. Tashrifdan maqsad Germaniya patent idorasi faoliyati, jumladan intellektual mulk ob'ektlariga talabnomalarni onlayn topshirish va ularning ekspertizasi jarayonlarini elektron tarzda olib borish va boshqalar jarayonlar bilan tanishishdan iborat bo'ldi. Germaniya Patent idorasi 140 yildan ortiq stajga ega qadimiy patent ofislaridan biri bo'lib, Evropadagi eng yirik Milliy patent idorasi hisoblanadi. Hozirgi kunda xodimlar soni 2500 kishini, ulardan 900 tasi - ixtirolar bo'yicha ekspertlarni tashkil qiladi. Idora rahbariyati bilan Delegasiyaning uchrashuv vaqtida Intellektual mulk Agentligi va Germaniya patent idora o'rtasida intellektual mulk sohasida kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Intellektual mulk Intellektual mulk — bu insonning ijodiy faoliyati natijalariga bo‘lgan huquqi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (164−modda) mulk huquqini shaxsning o‘ziga qarashli bo‘lgan mol−mulkka o‘z hohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqi sifatida belgilaydi. Intellektual mulk obyektlari shaxsning mulki bo‘lishi mumkin (O‘zR FK 169−moddasi). Quyidagilar ularga taalluqlidir: 1) intellektual faoliyat natijalari: ilmiy, adabiy va san’at asarlari; eshittirish tashkilotlarining ijrolari, fonogrammalari va eshittirishlari; elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari; seleksiya yutuqlari; oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau); 2) fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar: firma nomlari; tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari); tovar kelib chiqqan joy nomlari; 3) ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar»(O‘zR Fuqarolik kodeksining 1031−moddasi). Tarixan intellektual mulk ikki asosiy toifani ichiga oladi. Bular mualliflik huquqi va sanoat mulki. Xalqaro tashkilotlarButunjahon intellektual mulk tashkiloti www.wipo.int Evropa patent idorasi www.epo.org Evroosiyo patent idorasi www.eapo.org Evropa Ittifoqi intellektual mulk idorasi www.euipo.europa.eu Xalqaro patent tizimi tajribalari amaliyotga izchil joriy qilinmoqda Poytaxtimizda "Milliy va xalqaro patent tizimi. Elektron tarzda talabnomalar topshirish va patent jarayonlarini amalga oshirish" mavzuida mintaqaviy seminar tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi va Jahon intellektual mulk tashkiloti hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda mazkur xalqaro tashkilot vakillari, Rossiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Ukraina kabi davlatlardan kelgan mutaxassislar, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, oliy o‘quv yurtlari prorektorlari, patentshunoslar ishtirok etdi. Intellektual mulk agentligi bosh direktori Alisher Fayzullayev va boshqalar mamlakatimizda intellektual mulk huquqiga oid qonunchilikni isloh qilish jarayoni izchil amalga oshirilayotgani ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari va intellektual mulkning boshqa obyektlarini patentlash, ularni qonun doirasida himoya qilish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashda muhim huquqiy asos bo‘layotganini ta’kidladi. Bu jarayonda jahon patent tizimi, intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha xalqaro tajriba izchil o‘rganilib, amaliyotga samarali tatbiq etilmoqda. Mazkur seminar ishtirokchilarni intellektual mulk tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq xalqaro tajriba bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil qilindi. Bu zamonaviy axborot texnologiyalariga tayangan holda patent tizimidagi xizmatlarni yaxshilash, milliy patent tizimining patent muhofazasini soddalashtirish, elektron tarzda talabnomalarni topshirish, qabul qilish va ko‘rib chiqishni joriy qilishda muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan yili Jahon intellektual mulk tashkilotiga a’zo bo‘lib kirdi. 1992-yili intellektual mulk huquqini himoya qilishning milliy tizimi yaratildi. Bu borada vakolatli davlat organlari tashkil etildi. O‘tgan davrda Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida, Patent huquqi to‘g‘risidagi shartnomalar, Patent tadbirlari maqsadlari uchun mikroorganizmlarni deponentlashtirishni xalqaro e’tirof etish to‘g‘risidagi Budapesht shartnomasi, Xalqaro patent tasnifi to‘g‘risidagi Strasburg bitimi singari qator xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilindi. Patent hamkorligi to‘g‘risidagi xalqaro shartnoma 1970-yili Vashingtonda imzolangan, 1978-yil 1-iyundan kuchga kirgan. Shu kuni birinchi xalqaro talabnoma topshirilgan. Mazkur xalqaro shartnoma bo‘yicha shartnomaga a’zo davlatlarda bitta xalqaro patent talabnomasini topshirish orqali ixtironi patentlashni amalga oshirish imkoniyatlari mavjud. Mamlakatimiz 1991-yili mazkur xalqaro shartnomaga qo‘shilgan. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan ma’lum qilishlaricha, so‘nggi besh yilda agentlikka ixtirolarni patentlashtirish yuzasidan 3 ming 800 dan ortiq talabnoma kelib tushgan. Davlat reyestrlarida 1 ming 160 ixtiro ro‘yxatga olingan. E’tiborlisi, talabnomalarning 1 ming 104 tasi Patent hamkorligi to‘g‘risidagi xalqaro shartnoma bo‘yicha yuborilgan. Xususan, ularning 315 tasi AQSh, 143 tasi Shveytsariya, 129 tasi Yaponiya, 39 tasi Janubiy Koreya, 30 tasi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. – O‘zbekiston qadimdan buyuk allomalar Vatani bo‘lgan, bu zamindan yetishib chiqqan ulug‘ mutaffakkirlar insoniyat sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan, – deydi Yevroosiyo patent idorasining ekspertiza bo‘limi direktori Dmitriy Rogojin. – Bugun O‘zbekistonda ana shu ilm-fan an’analari munosib davom ettirilmoqda. Bunda ixtirolarning xalqaro miqyosda tan olinishida Patent hamkorligi to‘g‘risidagi xalqaro shartnoma katta imkoniyatlar beradi. Ushbu xalqaro hujjat talabnomalari bo‘yicha ish yuritish, elektron xizmatlar to‘g‘risidagi tajribamiz yuzasidan fikr almashdik. Seminarda xalqaro patent tizimi, Jahon intellektual mulk tashkilotining onlayn imkoniyatlaridan foydalanish, Yevroosiyo patent idorasining patent muhofazasi bo‘yicha mintaqaviy tizimi, elektron xizmatlar va mahsulotlar masalalari, milliy va xalqaro patent tizimlarini rivojlantirish muammolari, ularning yechimlari va istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi O‘zbekistonda patent bojlari va to‘lovlarini pasaytirish rejalashtirilmoqdaQHTBT portalida intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir «Yo‘l xaritasi» muhokama qilinmoqda. Bu haqda «Norma» xabar bermoqda. Qonunchilikni takomillashtirish Loyihada quyidagilarning qonuniy jihatdan mustahkamlanishi nazarda tutilmoqda: kundalik turmushda internet ahamiyati tobora oshib borayotganligini inobatga olgan holda tovar belgilari «mashhurligi»ning aniq mezonlari; intellektual mulk ob’yektlari (tovar belgisi, sanoat namunasi va boshqalar) insofsiz ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilishi tushunchalarining mustahkamlanishi; tovar belgisidan maqsadli foydalanishni nazarda tutgan holda u qo‘llanadigan aniq holatlarning belgilanishi. Intellektual mulk ob’yektlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish va jinoiy javobgarlikni joriy etish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Patent ishonchli vakillari institutini takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Bunda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy ta’minlash tizimi, tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi takomillashtiriladi. 2019-yil 1-yanvardan patent bojlari va to‘lovlarining amaldagi stavkalari, shuningdek tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovarlar kelib chiqqan joylar nomi va sanoat namunasini huquqiy muhofaza qilganlik uchun norezidentlardan undiriladigan individual bojlar kamida ikki baravar pasaytirilishi rejalashtirilmoqda. Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun buyurtmanomalarni faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali elektron tarzda taqdim etish tartibi joriy etilishi nazarda tutilgan. Institutsional asoslarning takomillashtirilishi Intellektual mulk agentligi faoliyatini takomillashtirish rejalashtirilgan. Toshkent davlat yuridik universitetida intellektual mulk kafedrasini ochish rejalashtirilmoqda. Oliy sud huzurida Patent sudi faoliyatini tashkil etish masalasi o‘rganib chiqiladi. Tumanlar (shaharlar) Davlat xizmatlari markazlari orqali «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha intellektual mulk sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi bosqichma-bosqich joriy etilishi ko‘zlangan. Xalqaro normalarni milliy qonunchilikka yanada implementatsiya qilish «Yo‘l xaritasi» loyihasida respublikamizning quyidagilarga a’zo bo‘lishini ishlab chiqish nazarda tutilgan: Fonogrammalar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy qayta yozishdan himoya qilish to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyasi; Fonogrammalar ijrochilari, ishlab chiqaruvchilari va eshittirish tashkilotlarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Rim konvensiyasi; Fonogrammalar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy qayta yozishdan himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiya; Mualliflik huquqi bo‘yicha shartnoma; Ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnoma; Tovar belgilari bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi Singapur shartnomasi. Mulk huquqlari himoyalanishi xalqaro indeksi mezonlarini ham hisobga olgan holda intellektual mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarning ishonchli himoyasi ta’minlanganligini baholash va tahlil qilish zamonaviy tizimini joriy etish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» loyihasini ishlab chiqish taklif qilinmoqda. Intellektual mulk yutuqlarining amalda ro‘yobga chiqarilishiga ko‘maklashish Quyidagilarni ta’minlovchi intellektual mulk ob’yektlarining yagona muntazam yangilanadigan integratsiyalangan ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va joriy etish rejalashtirilmoqda: huquqiy muhofaza qilinadigan va undan mahrum qilingan intellektual mulk ob’yektlarini real vaqt rejimida kuzatish; intellektual mulk ob’yektlari huquqiy muhofazasini olganda va uni boy berganda tegishincha Intellektual mulk ob’yektlari bojxona reyestriga avtomatik ravishda kiritish va undan chiqarib tashlash; intellektual mulk huquqlari buzilishi holatlarini aniqlash va oldini olishda manfaatdor davlat organlarining o‘zaro hamkorligi. Ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirishga doir asosli takliflarni ishlab chiqqan holda intellektual mulk ob’yektlarini tijoratlashtirishning joriy holatini tanqidiy tahlil qilish, shu jumladan patent egalari bilan litsenziya shartnomalarini tuzishga to‘sqinlik qiluvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash lozim. Hujjat loyihasi o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin -- CTO 101: Turli xil patent turlari nima?Asl ixtiro va g'oyalar zamonaviy iqtisodiyotimizning harakatlantiruvchi kuchidir. Bitta yangilik hayratlanarli yutuqlar yoki bankrotlik o'rtasidagi farqni o'zgartirishi mumkin, chunki Apple kabi Fortune 500 gigantlari buni isbotladilar. Shunga qaramay, ixtirodan pul topish oson sotiladigan g'oyaga ega bo'lish kabi oson emas. Asl nusxalaringizni himoya qilish juda muhimdir va shuning uchun ularni patentlash muvaffaqiyatli ixtirochi bo'lishning muhim qismidir. Faqatgina 2015 yilning o'zida butun dunyo bo'ylab ixtirochilar 2,8 milliondan ortiq patent olish uchun ariza berishdi. Bitta ta'qib mavjud: Patentlarni topshirish qiyin. Patentlar xatolarga yo'l qo'ymaydi va aniq ko'rsatmalarga rioya qilishlari kerak. Shuningdek, u erda ko'plab patent turlari mavjud. Noto'g'ri tanlovni tanlash sizga asl ixtiroga bo'lgan huquq haqida gapirmasdan, sizga vaqt va pulni talab qilishi mumkin. Ushbu maqolada biz patentlarning har xil turlarini va qanday qilib o'z ixtirolaringiz uchun to'g'ri birini tanlashni batafsil ko'rib chiqamiz. Patentlarning turlari nimada?Ixtirolarning alohida jihatlarini himoya qilish uchun patent turlari mavjud. Hamma ixtirolar hammasi bir xil emas. Ba'zi ixtirolar mavjud narsalarda yaxshilanadi, boshqalari tashqi ko'rinishini o'zgartiradi, ba'zilari esa ikkalasini ham bajaradi. Bundan tashqari, ixtiro mavjud bo'lib, ular yangi buyumlar bo'lib, ular hech qachon foydalanmagan yoki keng omma tomonidan ko'rilmagan. Xo'sh, ixtiroga qaysi patent turini tanlashni qanday bilasiz? Eng yaxshisi qaror qilish uchun biz qaysi patent turlarini tanlashni ko'rib chiqamiz. AQShda biz uchta asosiy patent turiga egamiz: Yordamchi patentFoydali patent - bu ixtironing noyob amaliy ilovasi. Ushbu ixtirolar yangi qismlarga yoki butunlay yangi funktsiyalarga ega bo'lishi kerak. Maxsus turdagi murvat, yangi turdagi plastmassa yoki asl motorga ega bo'lgan blender. Bu foydali patentga muhtoj bo'lgan ixtirolar turlari. Dizayn patentiAgar sizning ixtiroingiz allaqachon mavjud bo'lgan narsadan foydalanish usulini o'zgartirmasa, faqat uning ko'rinishini o'zgartirsa, u holda sizga dizayn uchun patent kerak. Gilamning yangi shakli, krujkalardagi o'ziga xos naqsh yoki stulning yangi shakli barchasiga dizayn patentiga muhtoj bo'ladi. O'simlik patentiBu biroz g'alati, ammo bog'dorchilik orqali yaratilgan original o'simliklar o'zlarining patentlarini olishlari mumkin. Bu o'simliklar genetik jihatdan o'zgartirilgan o'simliklar emas. Ular asossiz ravishda ko'paytirilishi va tuber o'simliklar bo'lmasligi kerak. Atirgullarning ayrim navlari patentga ega. Bu bir qarashda etarlicha sodda bo'lib tuyulishi mumkin, ammo har bir ixtiro qaysi toifaga tegishli ekanligini aniqlash uchun mutaxassis kerak. Ba'zi bir innovatsion g'oyalar bir nechta patent turlariga muhtoj. Afsuski, ba'zi g'oyalar umuman patentlashga yaramaydi. Patentlar qimmatga tushadi, shuning uchun aniq qaysi turdagi ehtiyoj sizga ko'p qayg'u keltirishi mumkin. Baxtimizga, u erda patent xaridlari bo'yicha mutaxassislar mavjud bo'lib, ular buni sizga imkon qadar osonlashtiradi.
Siz shoshqaloqlik qilmaslikning ikkita sababi bor, tezkor tanlov: Patentlar qimmat. Foydali patentning narxi 10 000–15000 AQSh dollarini tashkil qilishi mumkin, dizayn patenti esa sizga 2500 dollarga tushishi mumkin. Siz bu pulni behuda sarflashni xohlamaysiz. Patentlar rad etilishi mumkin. Agar sizning fikringiz patentga loyiq deb topilmagan bo'lsa, sizning arizangiz rad etilishi mumkin, bu ko'p vaqt va kuchingizni sarflaydi. Patent topshirilgandan so'ng, u patent ekspertlari tomonidan tekshiriladi va sinchkovlik bilan tekshiriladi. Ushbu mutaxassislar sizning ixtirongiz patentga loyiqmi yoki yo'qligini hal qiladi. Ular sizning g'oyangiz himoya qilinishini ta'minlash uchun etarlicha original ekanligini va ular sizning arizangizni rad etishlari mumkinligini aniqlaydilar. Qanday qilib bu qiyinchiliklarni bekorga o'tkazmaslik kerak? Xo'sh, patent vakillari uchun bu narsa. Patent vakillari barcha ixtiyoriy tajribaga va ixtirolaringiz uchun patent olishga arziydimi yoki yo'qligini tekshirishga qodir. Professionalning fikrini bilib, siz vaqt va pulni isrof qilishdan qochishingiz mumkin. Nafaqat bu, balki patentning qaysi turini topshirish to'g'risida maslahat olishingiz mumkin. O'zingizning patentingizni olish hozirda katta bosh og'rig'i kabi ko'rinishi mumkin, ammo to'g'ri yo'l-yo'riq bilan bu qimmatli sarmoya bo'lishi mumkin. Hula halqa patentini o'ylab ko'ring. Bunday sodda fikr va u juda ko'p pul ishladi. Agar sizga ko'proq vaqt kerakligini his qilsangiz, siz uchun mukammal bo'lishi mumkin bo'lgan bitta oxirgi patent turi mavjud: Vaqtinchalik patentlar. Vaqtinchalik patent nima va nima uchun sizga bu kerak?Yakuniy qarorni qabul qilishdan oldin sizga ko'proq vaqt kerak bo'lishi mumkinmi? Bularning barchasi byurokratiyani qo'rqitishi mumkinligi tushunarli. Baxtimizga, AQSh ixtirochilardan rasmiy patent olish uchun qo'shimcha vaqt talab qilishi kerakligini bashorat qilmoqda. Shu sababli vaqtincha patentlar mavjud. Sarmoyalar bo'yicha ekspert Tamara Monosof, "Million dollarlik orzuingiz" muallifi: Nazoratni qaytarib oling va o'z xo'jayiningiz bo'ling, ixtirolarini o'z ixtiyori bilan himoya qilishni xohlaydigan ixtirochilarga rasmiy foydali patentga talabnomani ko'rib chiqishga vaqt berish bilan birga vaqtincha patent topshirishni ko'rib chiqishlari kerak. iloji boricha erta. Vaqtinchalik patentlar rasmiy, uzoq muddatli patent olishga ariza topshirishdan oldin ixtironi butun yil davomida himoya qilishi mumkin. Vaqtinchalik patent - bu o'zingizning foydali patent hujjatingizni tayyorlash paytida fikringizni himoya qilish uchun mukammal echim. Ushbu himoya keraksiz deb o'ylashingiz mumkin, ammo patentni buzish haqiqiy xavfdir, ayniqsa sizning fikringiz juda yaxshi bo'lsa. Eng yomon tomoni shundaki, sizning ixtiroingiz qanchalik yaxshi bo'lsa, huquqni buzish xavfi shunchalik katta bo'ladi. Shuning uchun vaqtinchalik patentni topshirish siz uchun juda yaxshi g'oya bo'lishi mumkin. Foydali patentga talabnomalarni tayyorlash uchun, asosan, vaqtinchalik patentlar mavjud.
Foydali patentlar 101Foydali patent patentning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. Bu ko'pchilik "patent" so'zini eshitganda o'ylaydigan patent turidir. Ular har qanday ixtiro turini, dasturiy ta'minotdan tortib, katta mashinaning ichidagi kichkina kalitgacha qamrab olishi mumkin. Foydali patentlar uzoq va juda batafsil hujjatlardir. Ularda aniq rasmlar, grafikalar va g'oyangizning to'liq yozma tavsiflari mavjud. Ushbu turdagi patentdan asosiy foydalanish bu sizning ixtirongiz qanday aniq ishlashi va ko'rinishi haqida jamoatchilikni xabardor qilishdir. Foydali patentlar Kongress tomonidan himoya qilinadi. Ushbu turdagi patentga munosib bo'lish uchun, sizning ixtirongiz shu sohadagi boshqalar uchun ravshan bo'lmasligi kerak. Shunday qilib, u allaqachon patentlanmagan biron bir narsa bo'lishi mumkin emas. Bu o'ziga xos va innovatsion g'oyaga aylanishi kerak, u etarli darajada o'zgaradi. Odatda, foydali patentlar haqida:
Mashinalar: Kompyuterlar kabi narsalar patent olish uchun mashina deb hisoblanadi. Jarayonlar: Bular tarkibiga dasturiy ta'minot va sanoat yoki texnik jarayonlar kabi narsalar kiradi. Moddaning kompozitsiyalari: Odatda ixtiro qilingan kimyoviy moddalarning yangi turlari yoki ingredientlarning o'ziga xos aralashmasi / retsepti mavjud. Ishlab chiqarish: Ishlab chiqarilayotgan har bir narsa bunga ishonishi mumkin. Albatta, ixtiro ushbu toifalarning bittasiga tegishli bo'lishi mumkin. Foydali patent, shuningdek, allaqachon mavjud bo'lgan mahsulotning yaxshilanishi uchun berilishi mumkin. Va nihoyat, qo'shimcha ma'lumot olish kerak bo'lgan qo'shimcha patent turlari ham mavjud. Patentlarning qo'shimcha turlariBilish kerak bo'lgan yana bir nechta patent turlari mavjud. Bularga quyidagilar kiradi: Talabnomalarni qayta rasmiylashtirish: Agar sizning joriy patent buyurtmanomangiz nuqsonli deb topilgan va tuzatilishi kerak bo'lsa, qayta rasmiylashtirish uchun talabnoma sizga buni amalga oshirishga yordam beradi. Davom etish uchun ariza: Agar siz mavjud patent talabnomasiga qo'shmoqchi bo'lgan yangi g'oyangiz bo'lsa, unda davom etish uchun ariza sizga kerak bo'lgan narsadir. Bo'linishga buyurtma: Patent ekspertizasi ixtiroga bittadan ortiq patent kerakligini aniqlashi mumkin. Axir patent bitta ixtironi o'z ichiga olmaydi. Shuningdek, ixtironi qonuniy ro'yxatdan o'tkazish (SIR) ham mavjud bo'lib, u sizning ixtirangizni boshqalar tomonidan patentlanishidan himoya qiladi. Patent berish byurokratiyasi bilan ishlash ancha murakkab. Shunga qaramay, patentlar va ular himoya qiladigan innovatsiya zamonaviy iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchidir, shuning uchun sizda juda yaxshi g'oya bo'lsa, ikkilanmaslik kerak. O'zingiz ishonadigan patent vakilini toping. Professionalning maslahati va yordamini olish muvaffaqiyatli patent va hujjatlarni rasmiylashtirishdagi halokat o'rtasidagi farqni o'zgartirishi mumkin. Oxir oqibat, patent vakili vaqtingizni va pulingizni tejaydi, shu bilan birga patentga talabnomani topshirishni ancha osonlashtiradi. Dastlab www.patentlawyer.io-da 2017 yil 3-may kuni e'lon qilingan
Qanday ixtiro turlari Patent berishi mumkin?USPTO uch turdagi patentlarni belgilab oldi: 1. Utility patentlari yangi va foydali jarayonlarni, mashinani, ishlab chiqarilgan mahsulotni yoki modda tarkibini ixtiro qilgan yoki kashf etgan yoki ularni yangi va foydali tarzda yaxshilagan shaxsga berilishi mumkin; 2) ishlab chiqarilgan mahsulot uchun yangi, original va bezak dizayni ishlab chiqadigan har qanday shaxsga patent patenti berilishi mumkin; va 3) O'simlik patenti o'simlikning har qanday yangi va yangi turlarini kashf etgan yoki oshkor qiladigan va aseksual tarzda ishlab chiqaradigan har qanday shaxsga berilishi mumkin. Ixtirolar bo'yicha umumiy talablar patentlangan bo'lishi kerakShuni e'tiborga olish kerakki, patentga ega bo'lish uchun nimadir uchun ikkita umumiy ustunlik talablari mavjud. مور Bu yangi bo'lishi kerak. Bu boshqa narsaning o'zgarishi bo'lishi mumkin, lekin u aslidan farq qilishi kerak. Misol uchun, agar kimdir kichik bir yashil rangni kashf qilgan bo'lsa, siz qizil qizil kashf qila olmaysiz. Bu patentliroq bo'lishi uchun yangi emas. مور Bu foydali bo'lishi kerak . Siz yangi shkafni ixtiro qilishingiz mumkin, lekin agar bu shkafni biror narsa uchun ishlatib bo'lmaydigan bo'lsa, uni patentlash mumkin emas. Agar siz uning amaliy foydalanishini namoyish qilmaguningizcha va hech kim ko'rmagan yoki ishlatgan narsalardan farq qilmasa, siz g'oyani patentlamaysiz. Ixtirolar turlari bo'yicha ko'proq Patent berishi mumkinPatent beradigan ixtirolar turlari quyidagilar: Biror narsa qilishning yangi usuli kabi jarayon yoki usul . Misol uchun, qurolni tozalashning yangi usulini ixtiro qilgan firma uchun patent berildi. Boshqa bir misolda, Amazon "bir marta bosish" buyurtma berish jarayonini patentladi. Yangi hisob usullari kabi biznes usullari patentlangan bo'lishi mumkinmi haqida ba'zi bahs-munozaralar mavjud. "Ishlab chiqarish buyumlari" - mashina yoki qo'l bilan qilingan narsa. Ishlab chiqarish maqolasi iste'molchilarga sotiladigan narsa (masalan, yangi sovun turi) yoki korxonalar (yangi turdagi kopyalar) bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, mahsulotning tarkibiy qismi ham bo'lishi mumkin. Dizayn, yangi sichqonchaning dizayni kabi, patentlangan bo'lishi mumkin. USPTO ma'lumotlariga ko'ra, dizayna "ishlab chiqarish maqolasi uchun yangi va noqulay dekorativ dizayn" dir. Dizayner ixtirochisi yangi sichqonchani yaratadigan boshqa shaxslarga litsenziya berishi mumkin. Dizayn patentining namunasi yangi kompyuter dizayni bo'lishi mumkin. Moddaning tarkibiga, masalan, yangi preparat kabi, kimyoviy aralash yoki hissa moddalar. O'simlik, ya'ni aseksual takrorlanish orqali kashf etilgan yoki topilgan tabiiy o'suvchi narsa; masalan, yangi gibrid nilufar. Patent berilmaydi nima?USPTO agar siz patentga qodir bo'lmasangiz, quyidagilarni aytgan: U allaqachon mavjud yoki sotilgan . Agar biror narsaga patent berishni xohlasangiz, patentga doir ariza berishdan oldin uni sotmang va uni jamoatchilikka sotmang. Agar mahsulot "foydali hujjat topshirilgunga qadar bir yil yoki undan kam vaqt oldin" oshkor etilsa, bu borada ba'zi bir sabablar bo'lishi mumkin, lekin bunga umid qilmaydi. مور Ushbu taqdimotni namoyish yoki namoyishda ko'rsatish yoki talk-videos, video yoki veb-sayt orqali gaplashishni o'z ichiga olgan "jamoatchilik uchun boshqa imkoniyat" edi . O'zingizdan oldinda bo'lmang; Avval patent, keyin bu haqda gapiring. مور U allaqachon patentlangan edi. Agar biror narsa uchun patent talab qiladigan ixtiro, sizdan ilgari boshqa ixtirochi tomonidan ilgari surilgan avvalgi patent buyurtmasi bo'lsa, siz omadsizsiz. Patent arizasini kim topshirishi mumkin?Bu oddiy savolga o'xshash bo'lishi mumkin, ammo bu paydo bo'lishi mumkinligi yanada murakkabroq. AQSh tarixida patent qonunlari o'zgarib turadigan vaqtlarga rioya qilish uchun o'zgarib turdi. Eng so'nggi o'zgarish Amerika Inventions Act (2011) va ayniqsa, 2013-yilda kiritilgan qonunning ba'zi qismlari bo'ldi. Yangi patent qonunining 2013 yildagi qismi patentga kim ega bo'lish uchun yangi standartlarga ega. Ilgari, u yangi va foydali narsalarni kashf etgan birinchi shaxs edi. Endi, patentni topshirgan birinchi shaxs . Aytaylik, ikkita odam bir xil narsada mustaqil ishlayapti. Qaysi shaxsni "ixtiro qilgan" narsani bilib olish va bu narsa aslida ixtiro qilinganligini bilish qiyin. Huquqiy da'vo - qimmat va uzoq - ba'zan kim kashf etganini aniqlashning yagona usuli. Shunday qilib, qonunni qo'llagan birinchi shaxsga patent berishga qaror qilindi. Qonunning "dastlabki qismi" 2013 yilda kuchga kirganligi sababli kichik korxona bo'yicha katta korporatsiyalarga yordam berish-olmasligi borasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Katta korporatsiya katta huquqiy bo'limga ega va patentni topshirishi va uni tezda qabul qilishi mumkin. Kichik biznes egasi topshirish jarayonida ahvolga tushib qolgan ko'rinadi. Amerika qonuni juda murakkab va bo'shliqlarga va murakkab tilga to'la. Ha, siz o'zingizning patentga topshirilgan arizangizni topshirishingiz mumkin, ammo sizga yordam berish uchun patent vakilini yollashingiz mumkin. Haqiqatan ham, ushbu yangi patent qonunining eng yaxshi nomi "Patent vakillarining ishi bo'yicha to'liq ish" bo'lishi mumkin. Olimlarimiz gen-nokaut texnologiyasiga patent olishdiO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Genomika va bioinformatika markazi olimlari Misr va Rossiya Federatsiyasidan g‘o‘za genlarini nokaut qilish (“o‘chirish”) texnologiyasiga patent olishdi. Ta’kidlash joizki, molekulyar texnologiyalar dunyodagi sanoqli davlatlardagina rivojlangan bo‘lib, o‘zbek olimlarining molekulyar biologiya sohasidagi mazkur innovatsiyalarining dunyoda tan olinishi izlanuvchilarimizning ilmiy salohiyati yuqori ekanligidan dalolat beradi. Avvalroq mazkur texnologiyaga AQSh Patentlar va tovar belgilari idorasi tomonidan ham patent berilgan edi. Patent berilishi xalqaro darajada texnologiyalarni litsenziyalash imkoniyatini beradi. Bu nafaqat tovarlar eksporti uchun, balki intellektual mulkdan ham daromad olish imkoniyati paydo bo‘ladi degani. Gen-nokaut texnologiyasi o‘zbek olimlari tomonidan 2008-yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, tadqiqotlar hukumatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Natijada yuqori hosildor, tez pishuvchi, uzun tolali, quruqlikka chidamli, sho‘rlangan tuproqda o‘sadigan “Porloq” seriyasidagi biotexnologik navlar yaratildi. Ma’lumot uchun, hozirda “Porloq” navi yurtimizda yetishtiriladigan boshqa navlarga qaraganda 12 foizga qimmatroq narxda sotiladi va jahon bozorida katta talabga egaligi bilan ajralib turadi. 2018-yildi “Porloq” navi respublikamiz bo‘ylab 60 ming gektardan oshiq maydonlarda ekildi, bu navning ekish maydonlari yanada kengaytirilishi kutilmoqda Download 406.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling