Egiluvchan diskli tashuvchilar (EMDT). Egiluvchan disklar qattiq disklardan farqli. Uning o`lchamlari 5dyuym, avvalgisi 5.25" bo`lib zich egiluvchan konvertga joylashtirilar edi. Sig`imi 360baytni tashkil etardi. Tezligi 40ay/min edi. 77ta kontsentrik yo`ldan iborat bo`lib, 128bit/mm ko`ndalang zichlikda yozilardi. Biroq 5.25" EMDT qurilmalari muomiladan chiqarilgan hisob.
9-rasm. Egiluvchan magnit disklar qurilmasi.
5dyuymli EMDTlarda disket 1.44Mbaytgacha ma`lumot sig`diradi. Ular har bir personal komp`yuterlar tarkibida bo`ladi.
5dyuymli(89mm) diametrli disketa 5.25dyuymliga ko`ra qattiqroq tuzilishga ega, tashqi ta`sirlardan yanada mustahkamroq himoya qilingan (disketa yuzasini qirilishlardan saqlash uchun ma`lumotlarni o`qish-yozish oynasi prujinali parda bilan berkitilgan), tuzilish elementlari esa taxminan o`sha kabidir. Asosiy xarakteristikalari quyidagicha:
To`liq sig`imi – 1600kbayt. Ishchi sig`imi - 1440 kbayt. YOzish zichligi – 558 bit/m. Diskni bir yuzadagi yo`laklar soni- 80. YUzalar soni – 2, o`rtacha murojaat qilish vaqti — 65ms. Uzatish tezligi -150kbayt/s. Aylanish tezligi-360ay/min. Sektorlar soni-18. Yo`lka sektori sig`imi-512bayt.
Zamonaviy elektromexanik magnitli TXQlar o`z texnik imkoniyatlarining chegarasiga etib keldi. SHu sababdan ma`lumotni yozish va saqlashning yangi metod va vositalari jadallik bilan izlanayapti. YAngi metodlar ichida optik va nomexanik usullar ajralib turadi. Ular tsilindrik magnit domenlar(TSMD)dan foydalanadilar.
Bu printsipdagilar harakatlanadigan tashuvchilardagi magnit yozuv printsipidan farqlanadi. Misol uchun TSMDdagi TXQ aniq mexanikaga muxtoj emas. Optik TXQlar magnitli XQ zichligidan bir-necha daraja yuqori zichlikda yoziladi.
1bitni optik tashuvchida qayd qilish uchastkasi(joyi) 0.5mkm o`lchamdan oshmaydi. Bu turdagi TXQ yana juda katta tezlik va ishonchlilikka ega. Bunday turdagi XQ ma`lumotni qayta-qayta yozish imkoniyati yo`qligi sababli, hali-zamon magnitli tashuvchilardan foydalanishga to`g`ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |