Ochiq arxitektura printsipi


Ochiq arxitektura printsipi


Download 0.73 Mb.
bet2/24
Sana20.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1627265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
BLOKLARNI PASSIROVKA QILISHNING TEXNOLOGIYASI VA TEXNIK VOSITALARI

Ochiq arxitektura printsipi


IBM PC komp`yuteri 80-yillarda paydo bo`lishi bilan mashxur bo`lib, IBM PC firmasi, boshqa firmalardan farqli o`laroq o`z komp`yuterining konstruktsiyasi, loyihalarini patent himoyasiga olmadi, mantiqqa teskari ish yuritib komp`yuter bo`laklarini alohida sozlash, yig`ish usullarini maxfiy saqlamay hammaga oshkor etdi. Mazkur ma`lumotlar barcha istagan, so`raganlarga berildi.
Ochiq arxitektura printsipi deb ataluvchi bu yo`l IBM firmasiga faqat foyda keltirdi. CHunki dunyodagi yuzlab, minglab firmalar IBM PC turidagi komp`yuter qurilmalarini yaratish uchun raqobat qila boshladi va bu musobaqa natijasi iste`molchilarga foydali bo`ldi, qismlar,

3- rasm. IBM PC komp`yuterning ko`rinishi
qurilmalar qiymatlar arzonlashdi. Boshqa firmalar yangi komp`yuterlar yaratish loyihasi uchun ilmiy izlanish, ishlariga mablag` ajratmay, IBM PCga mos turdagi komp`yuterlar ishlab chiqara bordi, hattoki ba`zilari yangi texnik yangiliklarni tezroq kiritdi. Ko`p iste`molchilar bu komp`yuterlarni qo`shimcha qurilmalar bilan to`ldirdilar.
Natija kutilganidan ham ziyoda bo`ldi. Hamma IBM PC komp`yuteri to`g`risida qayg`uradigan, barcha o`z hissasini qo`shib, uni texnik holatini yaxshilaydigan bo`ldi, komp`yuter qismlari arzonlashdi, o`zi esa dunyoda shuhrat qozondi, ommaviylikka erishdi.

Komp’yuter bozorining hozirgi holati


Dunyoda yiliga o`n milliondan ortiq IBM PC turidagi komp`yuter ishlab chiqariladi, ular umumiy komp`yuter bozorining 90%dan ko`prog`ini tashkil etadi.
IBM PC komp`yuterlari va uning qurilmalarini ishlab chiqarish bilan minglab firmalar - yuzlab gigant korporatsiyalar, shu jumladan, Intel, Toshiba, Fujitsu, Siemens, Dell, Hitachi, Hewlett-Packard, Philips, Samsung va boshqalar mashg`ul.
Ular o`rtasida raqobat juda kuchli, shu sababli mahsulot sifati yaxshilanyapti, tannarxi esa arzonlashyapti. Misol uchun, operativ xotira mikrosxemalari qiymati 1995yildan boshlab 5martadan ko`p arzonlashdi.
Mikroprotsessor va tizimli plata ishlab chiqaruvchi Intel firmasining obro` va salmog`i yuqori bo`lsada, uning ham etarli raqobotdoshlari: AMD, Gyrix, IBM va boshqalar yo`q emas. Biroq ba`zi ma`lumotlarga qaraganda Inlel firmasi dunyo bozorining 80% dan ortiq mikroprotsessorlarini ishlab chiqarar ekan.
To`g`ri, IBM PC komp`yuterining qurilma va qismlarini ishlab chiqaruvchi firmalarning aksariyati Janubiy SHarqiy Osiyo mintaqasida davlatlari: Tayvan, Malaziyya, Singapur, Janubiy Koreya, Xitoyda joylashgan, chunki bu davlatlarda ishchi kuchi arzon.
Ba`zi ma`lumotlarga qaraganda, Rossiyada ham yiliga 700mingdan ortiq komp`yuterlar yig`ilmoqda ekan. Biroq komp`yuter yig`ishda yuqori aniq texnologiyalar AQSH, YAponiya va Evropada bor xolos. SHu sababli komp`yuter ishlab chiqaruvchilar quyidagi kategoriyalarga bo`linadi:

  • Dunyoga mashhur, o`ta sifatli komp`yuterlar (brahd-name turi) ishlab chiqaruvchi firmalar: Compag, IBM, Hewlett-Packard, Micron, Dell;

  • komp`yuterlari brand-name nomini olishga intilgan transnatsional kompaniyalar;

  • Evropa, Rossiya va Janubiy SHarkiy Osiyoning mayda firmalari(middle-name);

  • joylarda komp`yuter yig`ayotgan nomlari hali uncha tanishmas firmalar (no-

name), misol uchun Toshkentda ham bunday firmalar mavjud.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling