Ochiq arxitektura printsipi
Personal komp’yuter arxitekturasi
Download 0.73 Mb.
|
BLOKLARNI PASSIROVKA QILISHNING TEXNOLOGIYASI VA TEXNIK VOSITALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sistemali blok.
- Sistemali plata.
- Mikroprotsessorlar.
Personal komp’yuter arxitekturasiKomp`yuter – bu elektron qurilma bo`lib, aniq programma orqali axborot kiritish, saqlash va qayta ishlashni bajaradi va odam tasavvuriga mos keladigan formadagi natijalarni bosib chiqaradi. Mazkur amallarni bajarish uchun komp`yuterning maxsus bloklari javob beradi kiritish qurilmasi, markaziy protsessor, xotirlovchi qurilma, chiqarish qurilmasi. Bu bloklarning har biri alohida kichikroq qurilmalarni tashkil etadi. Xususan, markaziy protsessor tarkibiga arifmetik-logik qurilma (ALQ), ichki xotirlovchi qurilma protsessor registri va ichki kesh-xotira, boshqaruv qurilmasi (BQ) kiradi. Sistemali blok. Personal komp`yuter bitta odam, biror bir mutahasis ko`magiga muhtoj bo`lmay ishlashi mumkin. Foydalanuvchi muloqotni ko`pgina vositalar orqali: alvafit-raqamli yoki grafik displey, klaviatura, sichqoncha va boshqalar bilan bajaradi. PK konfiguratsiyasini keragicha o`zgartirish mumkin. Biroq tayanch konfiguratsiyasi tushunchasi bor, u ommabop (tipik) hisoblanadi: sistemali blok (protsessor); monitor; klaviatura; sichqoncha. Komp`yuterlarning portativ variantida sistemali blok klaviatura ostida, qopqog`ida esa monitor joylashgan bo`ladi. Stol variantidagi personal komp`yuterni ko`rib chiqaylik. Protsessor yoki sistemali blok PKning asosiy tashkil etuvchisidir. Protsessorda o`z navbatida komp`yuterning eng asosiy qismlari joylashgan bo`ladi va ular komp`yuterning ichki qurilmalari hisoblanadi. (6-rasm.) Bular: komp`yuter faoliyatini boshqaruvchi elektron sxemalar, ya`ni - mikroprotsessor, operativ xotira, kontroller, shinalar va boshqalar; elektr energiya bloki: tarmoq elektr energiyasini komp`yuter lozim bo`lgan past quvvatli doimiy tokka aylantirib beradi; egiluvchan disklar (yoki disketalar) qurilmasi; vinchester yoki qattik magnit disk qurilmasi va boshqalar. modem va faks-modem - telefon tarmogi orkali boshqa komp`yuterlar bilan ma`lumotlar uzaro almashish qurilmasi; kompakt-disklar qurilmasi - komp`yuterda kompakt disklardan ma`lumotni o`qish va audiokompakt-disklardan musiqa eshitirish vazifasini bajaradi; musiqa kartasi - musiqa, ovoz va tovushlarni yozish va eshittirishga xizmat qiladi. Monitor va klaviatura komp`yuterning tashqi qurilmasi hisoblanadi. Kompyuterning qo`shimcha tashki qurilmalarini: printer-ma`lumotlarni bosmaga chiqarish qurilmasi; sichqon - komp`yuterga ma`lumot kiritishni engillashtiruvchi vosita; flesh - kichik optik yozish vositasi; djoystik-tugmachali sharnir ruchkaga o`rnatilgan manipulyator asosan komp`yuter o`yinlarida foydalanishga qulay vosita. 6-rasm. Protsessor. Amaliyotda modem, faks-modem, strimer, kompakt disklar qurilmasi tashqi qurilma shaklida ham uchraydi. Biroq bu xolda komp`yuterning tannarxi qimmatroq bo`ladi. Sistemali bloklar tashqi ko`rinishi bo`yicha korpus shakli bo`yicha ajratiladi. Ular gorizontal (desktop) yoki vertikal (tower) bajarilgan bo`ladi. Vertikal korpuslar o`lchami turlicha: butun o`lchamli (bigtower); o`rta o`lchamli(Miditower); kichik o`lchamli (minitower). Gorizontal korpuslarni: ensiz (Full-AT) va juda ensiz (BabyAT) formatlari mavjud. Personal komp`yuterlarning korpuslari turli konstruktor xususiyatlariga ega va qo`shimcha elementli (ruhsatsiz murojaatlardan blokirovka qilish elementlari, ichki temperaturani nazorat qilish vositalari, changdan saqlash pardalari va boshqalar) bo`ladi. Korpuslar energiya bloki bilan birga chiqariladi. Energiya bloki quvvati ommaviy komp`yuter modellari uchun 200 - 250Vt hisoblanadi. Komp`yuter asosini elektron platalar tashkil etadi. Har bir plata kichik tekis plastikadan va unga joylashgan mikrosxemalar, kondensatorlar, razyomlar va boshqalardan iborat, ular o`zaro o`tkazgichlar bilan bog`langan bo`ladi. Sistemali plata. Personal komp`yuterning eng katta platasi sistemali platadir (Mother Board- ruscha materinskaya plata). Unda quyidagilar joylashgan bo`ladi: Protsessor – asosiy mikrosxema, matematik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradi; CHipset (mikroprotsessorlar komplekti)- mikrosxemalar shodasi, ichki qurilmalar ishini boshqaradi va ona plataning asosiy funktsional imkoniyatlarini aniqlaydi; SHinalar – uzatuvchilar shodasi, komp`yuterlar ichki qurilmalari o`rtasida signal almashtirishga xizmat qiladi; Operativ xotira va uning turli qurilmalari; Doimiy xotira qurilmalari; Qo`shimcha qurilmalarni ulash razyomlari (slotlar). Mikroprotsessorlar. Komp`yuterning bosh mikrosxemasi – mikroprotsessor bo`lib, uning «miyasi» hisoblanadi. U xotirada joylashgan programmali kodni bajarishga ruhsat beradi va komp`yuterning barcha qurilmalri ishini boshqaradi. Uning tezligi komp`yuter tezligini belgilaydi. Konstruktivlik bo`yicha, mikroprotsessor kichik o`lchamdagi kremniy kristalidir (bir necha santimetrni tashkil etadi). Mikroprotsessor turiga qarab bir sekunddan o`nlab, hattoki yuzlab million operatsiyalarni bajaradi. Bu operatsiyalar yuzlab turdagi arifmetik, logik va boshqa amallar bo`lishi mumkin. Mikroprotsessor registr deb ataluvchi mahsus yacheykalarga ega. Mana shu registrlarda protsessor bajaradigan komandalar, shuningdek, amallar bajarishda foydalanadigan ma`lumotlar joylashadi. Mikroprotsessor ishi xotiradan ma`lum ketma-ketlikda komanda va ma`lumotlarni olish, ularni bajarish bilan belgilanadi. PKda albatta markaziy protsessor (Central Proccessing Unit-CPU) bo`lishi kerak, bular barcha asosiy operatsiyalarni bajaradi. Ko`pincha PK qo`shimcha protsessorlar (soprotsessorlar) bilan ta`minlangan. Ular mahsus funktsiyalarning unumdor ishlashi uchun kerak. Qo`zg`aluvchi nuqtali formatdagi raqamli ma`lumotlarni qayta ishlash uchun matematik soprotsessor, grafik tasvirlarni qayta ishlovchi grafik soprotsessor, periferiya qurilmalri bilan o`zaro faoliyat ko`rsatuvchi kiritish-chiqarish soprotsessori shu jumladan. Protsessorning asosiy parametrlari quyidagilardan iborat: Takt chastotasi; Razryadlilik; Ishchi quvvati; Takt chastotasini tubdan oshirish koeffitsienti; KESH xotira hajmi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling