Ochiq arxitektura printsipi
Download 0.73 Mb.
|
BLOKLARNI PASSIROVKA QILISHNING TEXNOLOGIYASI VA TEXNIK VOSITALARI
Personal komp’yuterlar. Oxirgi 30yilda personal komp`yuterlar shiddatli ravishda rivojlandi. Personal komp`yuter (PK) bir ish joyiga xizmat qilishga mo`ljallangan va kichik korxona hamda alohida shaxslar extiyojini qoniqtirish imkoniyatiga ega. Internet paydo bo`lishi bilan PKning dovrug`i yanada oshdi, chunki ulardan ilmiy, axborot, o`quv va ko`ngil ochar ma`lumotlardan foydalanish mumkin. Personal komp`yuterlar shartli ravishda professional va maishiylarga bo`linadi. Biroq yillar davomida o`ta rivojlanish bilan ular orasidagi chegara yo`qolyapti.
1999 yildan boshlab xalqaro sertifikatsiya standartlari RS99 spetsifikatsiyasi kiritilgan: Ommaviy personal komp`yuter(Consumer PC); Ish yuritish personal komp`yuteri(Office PC); Portativ personal komp`yuter(Mobile PC); Ishchi stantsiya (Work Station); Ko`ngilochar personal komp`yuteri (Consumer PC). Komp`yuter bozorida ommaviy PK asosiy qismni tashkil etadi, ularga extiyoj ko`p. Ish yuritish komp`yuterlarida grafika va musiqaning minimal vositalari bo`lsa, portativ PK masofadan murojaat qilish kommunikatsion vositalari (komp`yuter aloqasi) borligi bilan farqlanadi. Ishchi stantsiyalarda esa ma`lumot saqlashga talab kuchli. Ko`ngilochar komp`yuterlarda esa aktsent(urg`u) grafika va musiqaga qaratilgan bo`ladi. Komp`yuterlarni mutahasislik pog`onasi bo`yicha klassifikatsiya qilinsa, ular: Universal; Mahsuslarga ajratiladi. Universal PK bazasida ixtiyoriy konfiguratsiya hosil qilish mumkinki, ular grafika, matn, musiqa, video va boshqalarni ishlata oladi. Mahsus PK konkret masalalarni echish uchun yaratiladi. Misol uchun bort komp`yuterlari kosmik kema, samolyot yoki avtomobillarni boshqarishga xizmat qiladi. Grafika bilan ishlovchi mahsus mini EHMlar grafik stantsiya deb yuritiladi. Komp`yuterlarni yagona tarmoqqa bog`lovchi maxsus komp`yuterlar fayl server deb ataladi. Internet orqali ma`lumot uzatishni ta`minlovchi komp`yuterlar tarmoq serveri deyiladi. ilchami bo`yicha klassifikatsiya: Stol varianti(destop); Portativ(notebook); CHo`ntak turi(palmtop). Eng ko`p tarqalgani stol variantidagi komp`yuterlardir (5-rasm), ularning qulayligi konfiguratsiyasini oson o`zgartirsa bo`ladi. 5-rasm. Stol variantidagi komp`yuter. Portativ turi aloqa vositasi birligi bilan xarakterlanadi. CHo`ntak modellarni intelektual yozish daftarchasi deb atasa bo`ladi. Ular operativ ma`lumot saqlash va tezda murojaat qilish imkonini beradi. Mosligi (uyg`unligi) bo`yicha klassifikatsiya: Turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan detallardan yig`iladigan komp`yuterlar son sanoqsiz. Muhimi, komp`yuterlarning o`zaro bir-biriga mosligi: Apparat moslik (IBM PC Apple Macintosh platformalari); Operatsion sistema darajasidagi moslik; Programma bo`yicha moslik; Ma`lumotlar darajasidagi moslik. Personal komp`yuter bozorida IBM PC ideologiyasidan farqli bo`lgan faqatgina bitta firma - Macintosh Apple firmasi raqobat olib boradi. Biroq uning chiqarayotgan mahsuloti umumiy personal komp`yuterlar hisobida 7-8% dan oshmaydi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling