Ochiq arxitektura printsipi


Tashqi xotira qurilmalari


Download 0.73 Mb.
bet12/24
Sana20.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1627265
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
BLOKLARNI PASSIROVKA QILISHNING TEXNOLOGIYASI VA TEXNIK VOSITALARI

Tashqi xotira qurilmalari



Magnitli yozuvning fizik asosi Personal komp`yuterdagi ayrim xotira turlari tashqi xotira qurilmalari (TXQ) hisoblanadi. To`g`ri, ularda operativ xotiraga nisbatan amallarni bajarish tezligi kamroq, biroq keragicha katta miqdordagi ma`lumotni saqlash imkonini beradi. Mazkur imkoniyat, hamda TXQlarning arzon bahosi, ular asosida ma`lumotlar bazasi va banklar tuzishga asos bo`ladi. TXQlarning bir vaqtda bajariladigan modullari EHM larning tashqi xotiralarini tashkil etadi.
Ma`lumki, ma`lumotlarning miqdoriga doimo talab oshib bormoqda. Misol uchun, hozirgi zamon EHMlari va hisoblash tizimlarida ma`lumotlar miqdori o`nlab va yuzlab gigabaytni tashkil etadi.
TXQlar magnitli tashuvchilarga (lentalar, disklar) tayanib qurilardi, ammo texnika va texnologiyalardagi yangi yutuqlar printsipial zamonaviy - optik turdagi TXQlar yaratish imkonini berdi. Natijada tezligi va sig`imi nisbatan yuqori qurilmalar paydo bo`ldi.
Keyingi yillarda qilingan tahminlarga ko`ra, yaqin vaqtlargacha hali ham elektromexanik magnitli TXQlar EHMdagi asosiy tashqi xotira bo`lib qoladi. Bevosita foydalanish huquqiga ega TXQlar:
Magnitli disklar negizidagi (MDT) TXQlar. Bunday TXQlar ancha qulay va keng tarqalgan. Xotira qurilmasinng qattiq (metall) va egiluvchan (plastmassa) diskligi mavjud. Katta EHMlarda qattiq (smenali) disklar ishlatiladi.
«Vinchester» tipidagi TXHlar. MDT ning konstruktsiya bo`yicha jadal o`zgarishlari kichik va mikro EHMlarda qo`llash MDlarni vinchester tipidagi tashuvchilar paydo bo`lishiga olib keladi. Bu tashuvchilar qattiq bo`linmas konstruktsiyali MD (1), MG blok (2-magnit kallak bloki) va harakatlanish mexanizmini (3) tashkil etadi. Bor konstruktsiya germetik korpusga joylashgan bo`lib, havo fil`tratsiyasi 0.3mkm bo`lakchadan yuqori emas. U yuqori darajadagi pozitsiyalashtirish va disk yuzasi hamda MG orasidagi farqning kichik (0.5mkm) bo`lishini ta`minlaydi.

8-rasm. Qattiq magnit disk qurilmasi
Bular bari ma`lumot uzatishini 4.3-4.7Mbit/sek tezlikka etkazishga olib keldi. Qurilmaning ishonchli ishlashi ham yuqori. Maxsus smazka disk yuzasini MG bilan tasodifiy kontaktda yuz berishi mumkin bo`lgan qirilishlardan saqlaydi.
Vinchester disklarining o`lchovlari avvallari 356,203 va 133mm va sig`imlari 600, 80, 12.8Mbayt bo`lgan edi.
IBM korporatsiyasida 1973yildan kiritilgan qattiq magnit disk tashuvchilarni vinchester nomi bilan atalishiga sabab, u har biri 30ta sektordan iborat 30ta yo`lkaga ega bo`lgan. Bu, «Vinchester» ov miltig`i «30/30» kalibri bilan aynan mos kelgan.
Dastlabki vinchesterlar 16Mbayt sig`imga ega edi.
Zamonaviy vinchesterlarda zonali yozish usuli ishlatila boshladi. Bu holatda diskning butun yuzasi bir nechta zonalarga bo`linadi, shu bilan birga sektorlarning tashqi zonalarga ichkarisiga nisbatan ko`proq qiymatlar joylashadi. Natijada, qattiq disklarning sig`imini taxminan 30%ga oshirish imkoni paydo bo`ldi.
Tarkibi yo`lkalar va sektorlardan iborat disk strukturasini magnit tashuvchida joylashtirish uchun fizik yoki quyi darajada formatlash (Physial yoki low-level formatting) jarayoni bajarilishi lozim. Bu jarayonda tashuvchiga xizmatga oid ma`lumot yoziladi. Sektorda disk tsilindrlarini belgilash aniqlanadi va ular nomerlanadi. Quyi darajadagi formatlashda diskni ishlatish jarayonida nosoz sektorlarga murojaat qilmaslik uchun ularni markirovka (belgi qo`yish) qilinadi.
Disk sig`imi va ma`lumotlarni uzatish tezligi tashuvchi ulangan interfeysga bog`liq.
Hamma disklar: magnitli ham, optik ham o`zining diametri bilan, yoki boshqa nomi farm-faktor bilan tavsiflanadi. QMDTlar stol variantidagi PKlarda 5dyumli farm-faktor, noutbuklar esa-2.5dyumli vinchesterlar ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda 20-100Gbaytli va undan yuqori sig`imli disklar keng tarqalgan. Bu disklarda tezlik arzonroq turida 5400ay/min va sifatliroqlarida 7200 va undan ko`p ay/min ga teng.
YAngi QMDTlar IDE interfeysi bilan etarlicha katta ishonchliliga ega bo`lib, ularning tezligi ixtiyoriy standart masalalarni echishga yordam beradi. Faqat katta oqimdagi ma`lumotlarnni diskdan yozish-o`qish masalalari bundan mustasno. Misol tariqasida diskka talab darajasida video ma`lumotlarni yozish. YUqori quvvatli QMDTlarni serverlar shaklida ishlatishga talab kuchli. Biroq, SCSI interfeysli QMDTlardan serverlar o`rnida ko`proq foydalaniladi. To`g`ri, bu turdagi interfeyslar IDE larga nisbatan qimmat.
Ba`zi bir ishlab chiqaruvchilar(Seadate) yangi perspektiv texnologiyalar kiritish hisobiga, keyingi yillarda bir necha terabayt miqdordagi ma`lumot saqlay oladigan QMDT ishlab chiqarishni e`lon qildi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling