Ochiq dars ma’ruza matn: 2-Mavzu: Pеdаgоgik texnologiyalarning rivojlanish tarixi reja
Download 113.52 Kb.
|
ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch
OCHIQ DARS MA’RUZA MATN: 2-Mavzu: Pеdаgоgik texnologiyalarning rivojlanish tarixi REJA: Pedagogik texnologiyalarining dastlabki rivojlanish bosqichlari Ta’limni texnologiyalashtirish sohasidagi asosiy toifa va tushunchalar “Pedagogik tizim”, “ta’limiy texnologiya”, “ta’lim berish texnologiyasi”, “fan uslubiyoti”ning: farqli xususiyatlari Zamonaviy ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari Tayanch tushunchalar: o’quv jarayoni, texnologik xususiyat,suhbatli yondashuv, muammoli ta ’lim, hamkorlikdagi ta ’lim, yakuniy natija, haqqoniy tashxis, ta ’lim jarayoni,usullarni baholash yo’li. Ta’limni texnologiyalashtirish g’oyasi yangilik emas. Bundan 400 yil avval chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ta’limni texnologiyalashtirish g’oyasini ilgari surgan. U ta’limni “texnikaviy” qilishga undagan, ya’ni hamma narsa, nimaga o’qitilsa, muvaffaqiyatga ega bo’lsin. Natijaga olib keluvchi, o’quv jarayonini, u “didaktik mashina” deb atagan. Bunday didaktik mashina uchun: aniq qo’yilgan maqsadlar; bu maqsadlarga erishish uchun, aniq moslashtirilgan vositalar; bu vositalar bilan qanday foydalanish uchun, aniq qoidalarni topish muhimligini yozgan. Ta’lim nazariyasi va amaliyotida o’quv jarayoniga texnologik xususiyatni berish uchun 50-yillarda birinchi urinishlar qilib ko’rilgan. Ular o’z ifodasini an’anaviy o’qitish uchun majmuali texnik vositalarni yaratishda topgan. Hozirgi vaqtda pedagogik texnologiya «o’qitishning texnik vositalari yoki kompbyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmaydi, balki bu ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish, ishlab chiqish hamda usul va materiallarni qo’llash, shuningdek qo’llanilayotgan usullarni baholash yo’li orqali ta’lim jarayonining asoslari va uni maqbullashtirish yo’llarini ishlab chiqishni aniqlash maqsadidagi tadqiqotdir». Barcha ta’lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiya yo’liga o’tkazish, maktab amaliyoti pedagogik jarayonini ixtiyoriy qurish va uni amalga oshirishdan keskin burilishi quyidagilarni anglatadi: uning har bir qism va bosqichlarining izchil asoslanganligi (ta’lim jarayonini tartiblashtirish - batafsil aniqlangan va asoslangan, ishlarni ma’lum tartibidan tashkil topgan qismlar - muloqot, axborot va boshqaruvning yo’l va vositalarini bo’lish orqali mumkin qadar rasmiyatchilik nuqtai nazaridan rasmiylashtirilgan); yakuniy natijani haqqoniy tashxis qila olishga yo’naltirilganligini; ta’lim jarayoniga mavjud sharoit va belgilangan vaqt ichida qo’yilgan ta’limiy maqsad hamda ijobiy natijaga erishishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish-texnologik jarayonining mukammal, aniq yo’lga qo’yilgan, izchil, muvofiqlashgan xususiyatini berish; uning samaradorligi va inson imkoniyatlari (kuch, vaqt)ni maqbullashtirish maqsadi bilan butun ta’lim jarayonini boshqaruvchanligi.
Download 113.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling