«ochiq kon ishlari texnologiyasi»


Konning geologo-ekologik xarakteristikasi


Download 0.89 Mb.
bet3/7
Sana02.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1319248
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
asil o\'zgarmagan

Konning geologo-ekologik xarakteristikasi
“Muruntau” koni Sirdaryo (sharqda), Amudaryo (g`arbda), Zarafshon (janubda) daryolari orasidagi katta hududni egallagan Qizilqumning markaziy qismida joylashgan. Uning shimoli-g`arbiy chegarasi Orol dengizining sharqiy sohillariga to`g`ri keladi. Uning katta qismi Navoiy viloyatiga va faqatgina chekka g`arbiy qismi Qoraqalpog`istonga kiradi. Hududida ruda maydoni va kon joylashgan Tomdi tumani Navoiy viloyatining shimoliy qismini egallaydi.
Qizilqum platosi cho`lda maydoni bo`yicha eng katta hududni egallaydi. Plato fonida keng va chuqur yopiq chuqurliklar (Minbuloq, Qoraqotin, Sirdaryo, Djeyvoy va b.) bilan ajralgan (Bukentau, Tomditau, Aristantau, Auminzatau, Kultduktau, Sapgruntau) kon massivlari orol ko`rinishida ko`tarilgan. Kultduktau tog`lari eng baland tog` hisoblanadi. Ular kenglik bo`yicha 70kmdan uzoqroqqa cho`ziladi. Shimoli-sharqiy kon massivi-Tomditau bo`lgan Auminzatau tog`lari ularga deyarli parallel ravishda shimolroqda joylashadi. Oxiri Tomditau, Aktou, Karatau, Muruntau va b.larning alohida tizmalaridan tashkil topgan.
Markaziy Qizilqumning Bukantau tog‘ massivining janubiy qiyaliklarida joylashgan va xar xil tartibli tektonik buzilishlar natijasida hosil bo‘lgan yirik antiklinal qatlam bilan chegaralangan.
Antiklinal yadrosi pastki karbonning vizey yarusi oxaktoshlaridan tuzilgan, qanotlari esa – katta qalinlikdagi kuchsiz metamorflangan cho‘kindi va o‘rta karbonning vulkanogen jinslaridan iborat.
Minerallanishni o‘z ichiga olgan karbon yotqiziqlari uch qismga bo‘linadi: Djusquduq svitasi ohaktoshlari (S1dk), Karashax svitasi vulkanogen-cho‘kindi hosilalari (S2k) va Ko‘kpatas svitasi kvars-karbonatli-slanetsli yotqiziqlari (S2kp).
Konning markaziy qismida Ko‘kpatas antiklinali yadrosini tashkil etuvchi Djusquduq svitasi rivojlangan. Svita ikkita to‘plamga bo‘lingan. Pastki to‘plam 300 m qalinlikka ega bo‘lib asosan ohaktoshli slanetslar va alevrolitlar qatlamlaridan tuzilgan kimyoviy ohaktoshlardan iborat. 50 m qalinlikdagi ustki to‘plam organik qoldiqlar va detritlarga ega bo‘lgan yupqa qatlamli ohaktoshlardan iborat.
Djusquduq svitasi ohaktoshlari ustida qalinligi 500 dan 750 m asosan albit-epitod-xlorid slanetslari qatlamlari mavjud bo‘lgan yashil qumtoshlar, tufqumtoshlar, alevrolitlar, tufalevrolitlar bilan qoplangan. Ikkinchi to‘plam qalinligi 10 m dan 110-120 m gacha o‘zgaradi.
Uchinchi to‘plam yotqiziqlari (k3) ikkinchi to‘plam jinslari ustida yotadi va hamma joyga tarqalgan pizolitli kremniy qatlami pastki qismida urilib ketadi. To‘plamning qalinligi o‘zgaruvchan va 40-420 m ni tashkil qiladi. U qumtoshlar bilan qatlamlangan kvars-xloritli, kvars-albit-xloritli uglerodli slanetslar bilan qoplangan.
To‘rtinchi to‘plam yotqiziqlari (k4) konni shimoli-g‘arbiy qismida rivojlangan va umumiy qalinligi 50 dan 300 m gacha bo‘lgan polimitik qumtoshlar va alevrolitlardan tashkil topgan.
Konning katta qismi qalinligi 15 m gacha bo‘lgan konglomeratlar va ularni qoplab turuvchi eolov qumlardan tashkil topgan to‘rtlamchi cho‘kindilar qatlami bilan qoplangan.
“Muruntau” oltin konining ochilishi va o`zlashtirilishi g`arbiy O`zbekiston cho`l zonalari madaniyati va sanoati rivojlanishida muhim bosqich bo`lib xizmat qildi. G`arb davlatlari mutaxassislari va siyosatchilari bu hodisani asr ochilishi deb baholashadi. 50-60 yillarda ko`p sonli geologlar jamoasining harakatlari bilan Markaziy Qizilqumda Muruntau konidan tashqari, qator oltin, kumush, simob, mis, volfram, qo`rg`oshin, fosforit, shuningdek, ko`plab turdagi qurilish materiallari, chuchuk va mineral suvlarni o`z ichiga olgan oltin-kumush ma`muriy hududi ochildi. 1958-yilda metall qidirish syomkasi mobaynida keyingi razvedka qilinishi mukammal oltin konining ochilishiga olib kelgan oltinning yuqori konsentratsiyasiga ega bo`lgan keng hudud aniqlandi.1960-1961 yillarda konda qidiruv-baholash ishlari, 1962-1963 yillarda esa qidiruv-razvedka ishlari amalga oshirildi. 1965-yilda birinchi bo`lib karyer zaxirasi hisoblab chiqildi va tasdiqlandi, texnologik namunalarni qayta ishlash vaqtida birinchi oltin quymasi qo`lga kiritildi.





Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling