«ochiq kon ishlari texnologiyasi»


Loyiha mundarijasi namunasi


Download 0.89 Mb.
bet2/7
Sana02.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1319248
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
asil o\'zgarmagan

Loyiha mundarijasi namunasi
1. Kirish
2. Konning geologo-ekologik xarakteristikasi …….………………….
3. Loyihaning texnik-iktisodiy kursatkichlari …………..……………..
4. Kar`er maydonining parametrlari…………………………………….
5. Ishlar xajmi va rejimi..……………………………………………….
6. Kon ishlari mexanizatsiyasi……………………………………………..
7. Qazib olish tizimi...……………………………………………………..
8. Kar`er maydonini ochish……..…………………………………………...
9. YAngi gorizontlarni tayyorlash..………………………………………….
10. Kon-kurilish ishlari………..…………………………………………....
11. Kar`er genplani.. ……………………………………………………..…
12. Qazib olishning iktisodiy kursatkichlari……………..……...………
Foydalanilgan manbalar ruyxati…………………………………………..

Kirish
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarda nisbatan istiqbolli hisoblanadi. Industrial baza rivojlanishi va yyer yuzasiga yaqin joylashgan foydali qazilmalarning ahamiyatli zaxiralari tufayli bugungi kunda bu usul yordamida mamlakat xalq xo’jaligida iste’mol qilinadigan qattiq mineral xom ashyo umumiy hajmining taxminan ¾ qismi qazib olinmoqda. Bu qora va rangli metallarga, ko’mir, kon-kimyoviy xom ashyo, qurilish tog’ jinslariga taalluqlidir. Foydali qazilma konlarini qazib olishning taraqqiy etayotgan ochiq usuli texnika, texnologiyani takomillashtirish va kon ishlab chiqarishni tashkil etish, ilg’or mahalliy va xorijiy tajribalarni, tabiatni muxofaza qiluvchi va resurs tejamkor texnologiyalarni qo’llash asosida iqtisodiy ko’rsatkichlarni nisbatan yaxshilash orqali kelgusida yaxshi rivojlanishga egadir.
Hozirgi vaqtda respublikada konchilik sanoatining quyidagi tarmoqlari mavjud bo‘lib, ular yuqori sur’atlarda rivojlanib bormoqda: - yoqilg‘i qazib chiqarish (ko‘mir, yonuvchi slanetslar, neft, tabiiy gaz, uran); - rangli metallurgiya (oltin, kumush, miss, rux, qo‘rg‘oshin, volfram va boshqalar); - kon-kimyo xom ashyosi qazib chiqarish (appatit, fosforit va turli mineral tuzlar); 7 - tabiiy qurilish materiallari qazib chiqarish (granit, marmar, tuf, ohaktosh, shag‘al, qum, soz tuproq va boshqalar). Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi hududida 2800 ga yaqin turli foydali qazilma konlari topilgan. Ulardan 850 dan ko‘prog‘i to‘la razvedka qilingan va 400 ga yaqini ishlatilmoqda. Biroq shuni aytish kerakki, ishlatilayotgan konlarning qariyb 80-85% tabiiy qurilish materiallari konlariga to‘g‘ri keladi. Bu konlarni qazib olayotgan korxonalarining ishlab chiqarish quvvati juda kichik bo‘lib, kon massasi bo‘yicha unumdorligi 25-50 ming tonna (yoki kub metr) ni tashkil qiladi. SHu bilan bir qatorda o‘rta va katta ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan konchilik korxonalari ham respublika iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Ularga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kong‘metallurgiya kombinati, O‘zbekiston “Ko‘mir” aksionerlik jamiyati, shuningdek, ko‘plab neft va tabiiy gazni qazib chiqaruvchi korxonalar misol bo‘la oladi.

Bularning hammasi kon ishlarining murakkab va xavfli bo‘lishiga olib keladi. Foydali qazilmalarni qazib olishning quyidagi usullari mavjud: Yer osti, ochiq, geotexnologik, skvajina va aralash usullar.Foydali qazilmalarni qazib olishni konchilik korxonalari amalga oshiradi. 8 Konchilik korxonasi – konlarni razvedka qilish, qazib chiqarish va boyitish ishlarini bajaruvchi mustaqil ishlab chiqarish birligi. Foydali qazilmalarni qazib olib, dastlabki boyitish ishlarini bajaruvchi korxonalar qazib chiqaruvchi korxonalar deyiladi. Qazib chiqaruvchi korxonalarga shaxta, rudnik, karYer (razrez) kabi korxonalar kiradi.


Oʻzbekistonda rangli va noyob metallar zahirasi juda koʻp bo'lib, neft va gaz, koʻmir, mineral tuzlar, qurilish materiallari va juda koʻp foydali qazilmaga boy hisoblanadi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasida konchilik sohasi judda katta murakkab yoʻlni bosib oʻtdi.
Respublikada faqatgina ishlab chiqarish korxonalari emas, balki konni qazib olish va qayta ishlash boʻyicha bir nechta yangi ishlab chiqarish korxonalari barpo etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi dunyoda oltinni qazib olish va zahirasi boʻyicha yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Oʻzbekiston hududidagi asosiy kon zahiralari Qizilqum hududiga toʻgʻri keladi. Bu konlarni qazib olish va qayta ishlash jadal suratlarda amalga oshirilmoqda. Qizilqumda joylashgan yangi oltin konlarini qidirish ishlari ham davom ettirilmoqda.
1995 yilda Uchkudukda yangi №3 gidrometallurgiya zavodi (GMZ-3) ishga tushirildi. Usha yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №384-64 sonli qarori bilan sulfidli rudalarni qayta ishlash korxonasining ishlari yoʻlga qoʻyildi.
Boshlangʻich taklif etilgan texnologiyada sulfidli rudalardan olingan flotokonsentratni yondirish texnologiyasi rad etildi. Shu tariqa juda katta hajmdagi mishyak yigʻildi. Oltinni sulfidli rudalardan ajratib olish usuli sifatida ekologik talablarga javob bera oladigan, sulfidli oltinni bioksidlash va avtoklav ishqorlash koʻrib chiqildi. Birinchi bajarilgan ishlar juda yuqori qiymatdagi xarajatlar bilan bogʻliq. Oltinni zamonaviy bakterial ishqorlash mashxur firmalardan biri GENCOR – BIOX (YUAR) bilan xamkorlikda ishga tushirildi.
Konning oltin zahirasi oltinsulfidli turdagi rudalardan tashkil topgan. Hozirgi vaqtda Kokpotas konida rudalarni ochiq usulda qazib olish bir nechta karyerlarda davom etmoqda. Kondagi foydali qazilmalarni oksidlash GMZ-3 zavodida qayta ishlanmoqda. Navoiy kon metallurgiya kombinatida Sharqiy konini oʻzlashtirishning yangi konsepsiyasi ishlab chiqilgan:
1. Sharqiy konlari yagona kon metallurgiya majmuasida oltinsulfidli konlarni birlashtirib, kondan olingan kazilmalani birlamchi boyitish Sharqiy konlarining uzida, ularni qayta ishlash esa Uchkuduk shaxridagi GMZ-3 da amalga oshiriladi.
2. Yangi kompyuter texnologiyalardan foydalanib, konlarning xom-ashe bazasini baxolash, karyerlardagi ochish ishlari xajmini va xarajatlarini 35-40% ga kamaytirish evaziga karyerlarning yakuniy tuzilmalarini va ularni ishlatish ruyxatini tuzish.
3. Yangi, rudani joyida porsion separatsiyalash (GMZ-3ga junatiladigan va kayta ishlaniladigan nokonditsiyali metalli tarkibi 50% dan ziyed tog-kon massasini) mexanik boyitish zamonaviy texnologiyalarini kullash.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling