Ochiq kon ishlarining asosiy bosqichlari. Darsning maqsadi
Download 11.38 Kb.
|
Ochiq kon ishlarining asosiy bosqichlari. Darsning maqsadi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konnning kon-kapital ishlari olib boriladigan qismini tayyorlash va konda quritish ishlari.
Ochiq kon ishlarining asosiy bosqichlari. Darsning maqsadi MARUZA № 6. OCHIQ KON ISHLARINING ASOSIY BOSQICHLARI. Darsning maqsadi – ochiq kon ishlarining asosiy bosqichlari haqida umumiy ma’lumotga ega bо‘lish.. Reja: 1. Konnning kon-kapital ishlari olib boriladigan qismini tayyorlash va konda quritish ishlari. 2. Kon kapital ishlari. 3. Qazish ishlari va qoplovchi tog‘ jinsi koeffitsiyenti. Konnning kon-kapital ishlari olib boriladigan qismini tayyorlash va konda quritish ishlari. Umumiy holdabutun ochiq kon ishlari kompleksi bir-biriga bog‘liq bо‘lgan quyidagi ishlab chiqarishning asosiy bosqichlarini о‘z ichiga oladi: 1. Karyerning kon kapital ishlari olib borilishi mо‘ljallangan qismini tayyorlash. 2. Konni quritish va yer yuzasidan kelishi mumkin bо‘lgan suvlardan tо‘sish. 3. Kon – kapital ishlari. 4. Konni qazib olish ishlari. 5. Konda qazib olish ishlari yakunlangandan keyin rekultivatsiya ishlari. Konning kon-kapital ishlari olib boriladigan qismini tayyorlaganda- kon kapital ishlari olib borish uchun sharoit yaratish, ya’ni о‘rmonlarni kesish, tо‘nkalarni kovlab olish, daryo va irmoqlarni karyer maydonidan uzoqlashtirish, botqoqliklarni quritish, bino va inshootlarni buzish, avtomobil trassalari va temir yо‘llarni boshqa yerga olish, shuningdek elektr uzatish liniyalari va telefon aloqalarini xavfsizlantirish ishlari amalga oshiriladi. Ochiq kon ishlari olib borilayotgan hududda bexatar ishlar sharoitini yaratish maqsadida konda quritish ishlari amalga oshiriladi. Quritishning quyidagi turlari mavjud: karyer maydonining yuza qismini quritish; konni yer ustki suvlaridan himoyalash; konni dastlabki quritish; konni joriy quritish. Konning yuza qismini, ya’ni nanoslarni quritishva konning ustki qismidan suvni chiqarib tashlash odatda qurituvchi drenaj kanav (ariq) lar yordamida amalga oshiriladi. Karyerni (konni) yer ustki suvlaridan himoyalash maqsadida (yomg‘ir suvlari, qor erishidan hosil bо‘lgan suvlar va qо‘shni suv omborlaridan keladigan suvlar) konchilik ishlari olib boriladigan xudud konturi tashqarisida suv qochirish kanav (ariqcha) lari о‘tiladi. Konni dastlabki quritish - qazib olish ishlari boshlashdan oldin о‘tkaziladi. Buning uchun konda yer osti drenajlovchi lahimlar о‘tiladi yoki konda suv satxini pasaytiruvchi skvajinalar о‘tiladi. Joriy yoki ekspluatatsion quritish - konni qazib olish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi va qazib olinadigan uchastkadan suvni chiqarib tashlashdan iboratdir. Karyerga keladigan suvni yо‘qotish kombinatsiyalashgan usulda, ya’ni ochiq va yer osti usulida suvni chiqarib tashlash yordamida amalga oshiriladi. Bunda birinchi xolatda suv suv yiguvchiga tо‘planadi va nasos yordamida yuzaga chiqariladi, ikkinchi holatda esa, maxsus skvajinalar orqali yer osti drenaj lahimlariga tо‘planadi va drenaj shaxta stvoli bо‘ylab yuzaga kо‘tariladi. Download 11.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling