Ochiq ma'lumotlarning asosiy iste'molchilari


Download 184.42 Kb.
bet1/2
Sana20.12.2022
Hajmi184.42 Kb.
#1039267
  1   2
Bog'liq
ochiq maliumortlar


Ochiq ma’lumotlar - ko‘p marotaba, mustaqil va bepul foydalanish maqsadida, odam tomonidan dastlab o‘zgartirilmagan holda avtomat ravishda qayta ishlashni ta’minlaydigan formatda shakllantirilgan, «Internet» tarmog‘iga tizimlashtirilgan ma’lumotlar ko‘rinishida joylashtirilgan ma’lumotlardir. Ochiq ma'lumotlar to'liq elektron formatda, Internet orqali qulay va o'zgartiriladigan shaklda mavjud Ochiq ma’lumotlar bepul foydalanish, tarqatish va boshqa manbalar va ma’lumotlar bilan o‘zaro almashish uchun taqdim etilgan Ochiq ma’lumotlar qandaydir sabablarga ko‘ra ham shaxslarga, ham guruhlarga ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha cheklovlar qo‘ymaydi Ochiq ma’lumotlar portalining yangi talqini davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, portal fuqarolar, tadbirkorlar va turli sohalar mutaxassislari faoliyatida ochiq ma’lumotlarni ishlatish, ma’lumotlarni tahlil qilish, mobil ilovalarni ishlab chiqish yoki tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan. Ochiq ma’lumotlar portali mahalliy ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari hamda axborot texnologiyalari sohasidagi dasturchilar va tashkilotlarga sun’iy intellekt asosidagi dasturiy ta’minotdan foydalanish uchun davlat va boshqa ma’lumotlar to‘plamlarini olish imkoniyatini taqdim etadi.
Ochiq ma'lumotlarning asosiy iste'molchilari
Dasturchilar
Ular ushbu ma’lumotlardan o‘z dasturlarida foydalanadilar yoki boshqalarga ushbu ma’lumotlarni tahlil qilishda yordam beradilar. Ko‘pgina mamlakatlarda ochiq ma’lumotlar asosida ilovalar yaratish uchun tanlovlar o‘tkaziladi.
Jamoat tashkilotlari
Ochiq ma’lumotlar jamoat tashkilotlariga davlat faoliyatini nazorat qilish imkonini beradi. Masalan, “ochiq ma’lumotlar” yordamida Yevropaning atrof-muhit xaritasi yaratilgan.


OAV
Bu ma’lumotlarni tuzish va tahlil qilish vositalariga ega bo‘lgan jurnalistlardir. To‘g‘ri tuzilgan grafik yoki diagramma bir necha sahifali matnli ma’lumotlardan ko‘ra tushunarli bo‘ladi.
Davlat organlari
Ochiq ma’lumotlar fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarini davlat mablag‘larini tejash imkonini beruvchi yangi mahsulotlarni yaratishga jalb qilish imkonini beradi.
Fuqarolar
Fuqarolar shaxsiy qulaylikni yaxshilash uchun yaratilgan ochiq ma’lumotlar dasturlaridan foydalanishlari mumkin, masalan, London aholisi kabi.
Biznes vakillari
Hukumat tomonidan nashr qilingan ochiq ma’lumotlar shuningdek foyda olish vositasi bo‘lishi mumkin.
Yangi Ochiq ma’lumotlar portalining imkoniyatlari
Ma’lumotlarni standartlashtirilgan shaklda yuritish, interaktiv xaritaga ob’ektning geografik joylashuv ma’lumotlarini kiritish
Ochiq ma’lumotlar to‘plamlarida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining ehtiyojlarini hisobga olish mexanizmi
Ochiq ma’lumotlar to‘plamlarini o‘z vaqtida joylashtirish va ularni yangilash ustidan avtomatik ravishda nazorat qilish
Ma’lumotlar bilan ishlashda foydalanuvchilarga, jumladan, ko‘rish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulayliklar
Har bir ma’lumotga alohida takrorlanmas ID biriktirish hamda tegishli ma’lumotlarni joylashtirish, qayta ishlash, saqlash va izlashni uning yordamida amalga oshirish imkoniyati
Ma’lumotlarni o‘z vaqtida yangilab borishning monitoring tizimi hamda muddatida joylashtirilmagan ma’lumotlar bo‘yicha vazirlik va idoralarning shaxsiy kabinetiga xabar jo‘natish imkoniyati
Ma’lumotlarni onlayn tarzda yangilab borishni yo‘lga qo‘yish maqsadida davlat organlarining idoraviy axborot tizimlari va resurslarini portal bilan integratsiya qilish funksiyasi joriy etildi
O'zbekiston Respublikasi Ochiq ma'lumotlar portali data.gov.uz va Davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti stat.uz ochiq ma'lumotlar Instituti (Open Data Institute, ODI) baholashi bo'yicha kumush darajaga yetdi – bu ushbu axborot resurslarida ochiq ma'lumotlardan foydalanadigan kishilarning fikrlarini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishga qaratilgan qo'shimcha harakatlar degan ma'noni anglatadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” gi 4273-sonli qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma'lumotlar to'plamlari ro'yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli ma’lumotlarni O'zbekiston Respublikasi Ochiq ma'lumotlar portalida joylashtirishini muvofiqlashtiradi.
Mazkur qaror O'zbekiston Respublikasida ochiq ma'lumotlar sohasini yanada rivojlantirish uchun kuchli turtki bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasi Ochiq ma'lumotlar portalidagi axborotlar o'zbek, rus va ingliz tillarida, shu jumladan mashinada o'qiladigan va boshqa formatlarda, faqat respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuqori darajadagi tuzilmalari, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan e'lon qilinadi.
Ayni paytda O'zbekiston Respublikasi Ochiq ma'lumotlar portalida 7 mingga yaqin ochiq ma'lumotlar to'plami va Davlat statistika qo'mitasi saytida 500 ga yaqin ochiq ma'lumotlar to'plami mavjud.

Ochiq ma'lumotlar Sertifikati–Ochiq Ma'lumotlar Instituti tomonidan ishlab chiqilgan va qo'llab-quvvatlanadigan, sifatli ochiq ma'lumotlarning barqaror nashr etilishini baholash va e'tirof etish uchun bepul onlayn vosita hisoblanadi.
Ochiq ma'lumotlar Sertifikati–ochiq ma'lumotlarning nashr etilishini professionallashtirish uchun tasdiqlangan standartlar to'plamiga mos keladigan mustaqil sifat belgisidir. Barqaror ochiq ma'lumotlardan foydalanishni qo'llab-quvvatlash uchun huquqiy, amaliy, texnik va ijtimoiy talablarni qamrab oladi.

Sertifikatni olish uchun ma'lumotlar nashriyoti so'rovnomasi qo'llab-quvvatlash darajasini va ma'lumotlarni qayta ishlatish va aniqlash uchun olingan qadamlarni baholaydi. Javoblarga qarab, Ochiq Ma’lumotlar Instituti (ODI) veb-saytida takrorlangan foydalanuvchilar uchun nashriyot jarayonining sifat darajasini belgilash uchun yaratilishi mumkin bo'lgan belgi bilan mukofotlaydi.
Ochiq ma'lumotlar sertifikati (Open Data Certificate) ma'lumotlarning eng yaxshi amaliyotlarga muvofiqligini aniq baholashni ta'minlaydi va ushbu nashriyotchilarga maqbul qayta foydalanish uchun ma'lumotlarini yaxshilash bo'yicha tavsiyalar beradi.
Aholining huquq ijodkorligi jarayonidagi ishtiroki fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos belgisidir. Bugungi kunda zamonaviy axborot kommunikatsiyasi texnologiyalari har bir fuqaroga davlat boshqaruvida ishtirok etishning deyarli barcha bosqichlarida qatnashish imkonini yaratib bera oladi, huquq ijodkorligi ham shular jumlasidandir.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlat boshqaruvini demoklashtirish va fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, ular qatorida “Elektron hukumat” tizimini yaratishga alohida e’tibor berildi. Xususan, aholining interaktiv davlat hizmatlaridan foydalanish imkonoyatini yaratish uchun 2013-yil 1-iyulda Yagona davlat interaktiv hizmatlari portali (www.my.gov.uz) ishga tushirildi, 2015-yil 17-martdan esa O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz) foydalanishga topshirildi. Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini alohida portal ko‘rinishida ishga tushirish edi, mazkur tizim
2015-yil 1-yanvardan ishga tushgan bo‘lib dastlab Yagona davlat interaktiv hizmatlari portalining alohida bo‘limida aholi e’tiboriga havola etildi. O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 328-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimining birinchi talqinidir.
Portalning maqsadi:muammoni, uni tartibga solishning maqsadi va mavjud echimini tahlil qilish orqali normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan (vujudga kelgan) ijobiy va salbiy oqibatlarni aniqlash; ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasida va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korruptsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan yoki joriy etishga sharoit yaratadigan qoidalarni aniqlash; tadbirkorlik subyektlarida asossiz xarajatlar paydo bo‘lishiga olib keluvchi qoidalarni aniqlash Portalda davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan tadbirkorlik faoliyatiga aloqador qonun hujjatlarining loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar joylashtirilib, ro‘yhatdan o‘tgan barcha foydalanuvchilar mazkur hujjalar borasida o‘z takliflarini berish imkoniyati yaratilgan. Keltirilgan takliflar qonun hujjati loyihasi va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni joylashtirgan davlat organ tomonidan o‘rganib chiqilib qabul qilinadi yoki asoslantirilgan rad javobi beriladi.
Foydalanuvchilar joylashtirilgan normativ-huquqiy hujjatlar borasida nafaqat moddama-modda o‘z takliflarini bildirishlari balki, mazkur hujjatlar borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib mahsus so‘rovnomani to‘ldirishlari ham mumkin. So‘rovnoma Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini va mazkur Portalni yanada rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o'rinlarda Yagona portal deb ataladi) Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan, «bir darcha» tamoyilida faoliyat ko'rsatadi. Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 728-sonli qarorida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risida nizomiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tish va avtorizatsiya qilish jarayonlaridan o‘tgan foydalanuvchilar uchun amalga oshiriladi.



Download 184.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling