Ochiq tizimlararo ulanish ya’ani


Download 1.25 Mb.
Sana31.07.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1663856
Bog'liq
Презентация31.05.2023

Ochiq tizimlararo ulanish ya’ani (OSI- open system Interconnection) mos yozuvlar modeli 1983 yilda ratifikatsiya qilingan. OSI tarmoq protokollari va uskunalari qanday qilib muloqot qilish va birgalikda ishlash kerakligi haqidagi abstrakt modeldir. OSI modeli Xalqaro standartlar tashkiloti (ISO) tomonidan qo'llab-quvvatlangan texnologiya standarti. OSI modeli 7 qatlamdan yoki mavhumlik darajasidan iborat. Ushbu darajalarning har biri o'z vazifalariga ega bo'ladi, shuning uchun ular birgalikda yakuniy maqsadlarga erisha oladilar. Darajalar bo'yicha aniq bu ajratish har bir operatsiya darajasida o'ziga xos funktsiyalarni jamlash orqali turli protokollarning o'zaro bog'lanishiga imkon beradi.

1.FIZIK Pogona (Physical layer)

1.FIZIK Pogona (Physical layer)

 Fizik pog’ona- kabellar orqali bitlar ketma-ketligida ish olib boradi. Fizik daraja uskunaning tarmoqqa jismoniy ulanishlari uchun ham javobgardir.

Fizik darajani ikki muhitga bolib organishimiz mumkin :

1)Simli: Optik va mis kabellar

2)Simsiz: Ethernet, Wi-Fi,Bluetooth,WiMax

2.KANAL Pogona (Data link layer)

2.KANAL Pogona (Data link layer)

Bu pogonada paketlar (Frame-kadr korinishiga keladi )

OSI modelining 2-pogonasi bolib kadrlar almashinuvini boshqarish va nazorat qlish va xatoni aniqlash vazifasni bajaradi

Kanal pog’onasi 2 ga bolinadi LLC- (Logical link control) 802.2 va MAC:802.3

LLC-Yuqori va pastki pogonalari ortasidagi (hardware va software) aloqani taminlaydi.

MAC- (Media Access Control)

Incapsulation (kadrlarni bolaklash,addresslash,xatoni aniqlash CRC).Kanal pogonada ishlaydigan texnologiyalarga Ethernet, Wi-Fi va PPP kiradi. Ma'lumotlar to'plami kelganida tarmoqqa ma'lumotlar uzatish qatlami uni MAC-manzilidan foydalanib xostga uzatish uchun javobgardir.

3.TARMOQ Pogona(Network layer)

Modelning tarmoq pog’onasi ma'lumotlarni uzatish yo'lini aniqlash uchun mo'ljallangan.Mantiqiy manzillar va ismlarni jismoniymanzillarga tarjima qilish,eng qisqa marshrutlarni aniqlash,kommutatsiya va marshrutni aniqlash,muammolarni kuzatish va tarmoqdagi"tirbandlik"uchun javobgardir.Ushbu darajada ishlaydigan qurilmalar(routerlar)an'anaviy ravishda uchinchi darajali qurilmalar deb nomlanadi. Tarmoq pog’onasining protokollari: IPv4 / IPv6 IPsec(InternetProtokolxavfsizligi). Marshrutlash protokollari -RIP (Routing Information Protocol), (ICMP,ARP ) Kanal pog’onasi fizik pog’onasidagi tarmoqlarning o'zaro ta'sirini va yuzaga kelishi mumkinbo'lgan xatolarni boshqarish uchun mo'ljallangan.

4.Transport Pogana (Transport layer)

Transport pog‘onasining funksiyasi: - foydalanuvchiga ma’lumotlarni to‘g‘ri yetkazib berilishini tekshirish; - ulash, o‘rnatish; - qabul qilganligi haqida hisobot; - yo‘qotilgan yoki noto‘g‘ri yuborilgan ma’lumotlarni qayta jo‘natish; - oqimlarni boshqarish. Transport pogonasida asosan 2 xil protokol mavjud . TCP (Transmission Control Protocol), UDP (User Datagram Protocol)TCP protokoli – bu ishonchli protokol, ma’lumotlarni tartibli uzatish ketma-ketligini kafolatlaydi va tarmoq yuklamasini boshqarishni ta’minlaydi.

UDP protokoli, xabarlar bilan ishlashga mo‘ljallangan, ma’lumotlarni uzatish ketma-ketligini kafolatlamaydi, tarmoq yuklamalarini nazorat qilmaydi.

5. Seans (Session Layer)

Ushbu qatlam har qanday turdagi ma'lumotlarni uzatuvchi ikkita kompyuter o'rtasida o'rnatilgan aloqani saqlash va qancha vaqt oraligida jonatishni boshqarish uchun javobgardir. Ya’ni so'nggi tizimlarning ilovalari o'rtasidagi dialogni boshqarish mexanizmlarini taqdim etadi.

Sessiya sathida ishlaydigan protokollar quyidagilardir: RPC Protocol (masofaviy protsedura chaqiruvi), SCP (Xavfsiz nusxa) va ASP (APPLE TALK seans protokoli).

Faervollar ham ushbu qatlamda ishlaydi kompyuter portlariga kirishni bloklash uchun .

6.Taqdim etish pogonasi (Presentation layer)

Taqdimot qatlami Ochiq tizim oʻzaro bogʻlanishi (OSI) modelidagi 6-qatlamdir.

 Ushbu qatlam Tarjima qatlami sifatida ham tanilgan, chunki bu qatlam tarmoq uchun ma'lumotlar tarjimoni bo'lib xizmat qiladi. Ushbu qatlam Ilova qatlamidan oladigan ma'lumotlar tarmoq orqali uzatish uchun kerakli formatga muvofiq bu yerda chiqariladi va boshqariladi. Ushbu qatlamning asosiy mas'uliyati ma'lumotlar formati va shifrlashni ta'minlash yoki aniqlashdir. Taqdimot sathida ishlaydigan texnologiyalarga misol sifatida SSL (Secure Sockets Layer) va MPEG (Moving Picture Experts Group) kiradi.

7. Amaliy pogona (Application layer)

Bu qatlam ilovalarni taklif qiladi (foydalanuvchi yoki yo'q) la boshqa qatlamlarning xizmatlariga kirish imkoniyati va ma'lumotlarni almashish uchun ilovalar tomonidan ishlatiladigan protokollarni belgilaydi, masalan, elektron pochta (POP va SMTP), ma'lumotlar bazasi menejerlari yoki fayl serveri (FTP). Bu qatlamda boshqa darajalar uchun ulanish o'rnatiladi va ilovalar uchun funksiyalar tayyorlanadi.

http(HyperText uzatish protokoli) veb-sahifalarga kirish uchun.

(FTPFayl uzatish protokoli) faylni uzatish uchun.

SMTP (Oddiy pochta uzatish protokoli) elektron pochta xabarlarini yuborish va tarqatish uchun.

POP (Pochta aloqasi protokoli)/IMAP, elektron pochta xabarlarini olish uchun.

SSH (Xavfsiz Shell) asosan masofaviy terminal.


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling