Ochish, qazib olish va kon tayyorlash ishlarini bajarish uchun muayyan tartibda va ketma-ketlikda turli kon va transport uskunalari qo’llaniladi


Download 0.73 Mb.
bet1/3
Sana12.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1265349
  1   2   3
Bog'liq
malika mi ki 1


Ochish, qazib olish va kon – tayyorlash ishlarini bajarish uchun muayyan tartibda va ketma-ketlikda turli kon va transport uskunalari qo’llaniladi.
Karyerda texnologiya tanlashda barcha asosiy va yordamchi ishlar mexanizatsiyalanganligini ta’minlash holati bajarilishi kerak, tanlanadigan mexanizatsiyalar va mashinalar o’zining unumdorligi bilan bir biriga mos kelishi va belgilangan kon ishlarini bajarish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak, bu esa kompleks mexanizatsiyalash talablariga to’g’ri keladi. Ochiq kon ishlarini mexanizatsiyalash nafaqat og’ir qo’l mehnatini mexanizatsiyalashda, balki yuqori unumdorlikka erishishni ham talab qiladi. Shu sababli asosiy vaqo’shimcha ishlarni bajarishda eng yaxshi texnik ko’rsatkichlarga erishish bilan yaxshi iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishish talablarini qo’yiladi. Kon massasini zaboylardan bir tekisda qazib olib qoplovchi tog’ jinsini ag’darma va foydali qazilmalarni boyitish fabrikalariga tashishga xizmat qiladigan kon-transport, maydalash-ajratish va karyerdagi qo’shimcha uskunalar majmuasi karyerning kompleks mexanizatsiyalash asosini tashkil qiladi. Konning qazib olish tizimi va karyerning kompleks mexanizatsiyalanishi o’zaro bog’liq.
Qazib olish tizimi elementlarining o’lchamlari (pog’onalar balandligi, ishchi va ishchi bo’lmagan maydonlar kengligi, ish fronti uzunligi, ish frontining siljish tezligi, panellar o’lchamlari va boshqalar) uskunalar majmuasi parametrlari bilan bog’liq. Shu sababli ular bir bo’lgan ochish va qazib olish va uskunalarmajmuasining texnologik ko’rsatkichlari bilan birgalikda ko’rilishi kerak. Bu texnologiya va kompleks mexanizatsiyalashning birligini ta’minlash maqsadida akad. V.V.Rjevskiy tomonidan ochish va qazib olish texnologik komplekslariga uskunalar va texnologik yechinmalar birligi tushunchasi kiritilgan (birinchi o’rinda qazib olish tizimi va ularning parametrlari bo’yicha), ular o’zaro belgalangan hajmlarda kon ishlarining xavfsiz, yuqori unumli va iqtisodiy bajarilishini ta’minlaydi. Kon ishlarining texnologik majmualari qo’llaniladigan uskunalar majmuasi bilan farq qiladi, ularning variantlari esa – konuskunasining turi va parametrlari bilan farq qiladi, shuningdek uskunalarning texnologik o’rnatilish variantlari bilan ham farq qiladi. Bir turdagi uskunalarda texnologik majmualar karyer ishchi maydoniga ko’ra rejada va chuqurlikda turlicha joylashishi mumkin. Bu o’rinda faqatgina ochish va qazib olish ishlarining texnologik o’lchamlari o’zgaradi. Bunday turdagi texnologik majmualar ekskavatsiya sxemasi deb ataladi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling