Ochish, qazib olish va kon tayyorlash ishlarini bajarish uchun muayyan tartibda va ketma-ketlikda turli kon va transport uskunalari qo’llaniladi


KOMPLEKS MEXANIZATSIYALASH TARKIBI TASNIFLARI


Download 0.73 Mb.
bet3/3
Sana12.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1265349
1   2   3
Bog'liq
malika mi ki 1

KOMPLEKS MEXANIZATSIYALASH TARKIBI TASNIFLARI
Karyerni kompleks mexanizatsiyalash tarkibi (texnologik yuk aylanmasi uskunalar majmuasi) akad. V.V.Rjevskiy tomonidan oltita sinfga bo’lingan. Tasnifining asosiga asosiy qazish-yuklash ishlari, tashish, ag’darma hosil qilish va omborxonaga cho’zish uskunalari qo’yilgan. Cheksiz bo’lgan qazish-yuklash majmuasi qazuvchi, davriy harakatdagi qazish-yuklash uskunasi majmuasi esa – ekskavator deb atalgan. Ag’arma qazuvchi (VO), ekskavatorag’darmali (EO), qazish-transport-ag’darmali (VTO) va ekskavator-transportag’darmali (ETO) majmualari ochish ishlarini bajarishda qo’llaniladi.
Qazish-ag’darma majmuasi (VO) gorizontal va yotgan konlarda qazib olingan qoplovchi tog’ jinsini qazilmaga maydonlarga joylashtirgan holda qo’llaniladi.
Ekskavator-ag’darma majmuasi (EO) gorizontal va yotgan konlarni qazishda qoplovchi tog’ jinsini bevosita yoki qayta yuklash bilan qazib olingan maydonga joylashtirishga qo’llaniladi. Shu guruhga turli hollarda qo’llanilishi mumkin bo’lgan skreperli uskunani (SO) ham qo’shish mumkin.
Qazish-transport-ag’darma majmuasi (VTO) yumshoq tog’ jinslarini qazib olishda qo’llaniladi. U o’z ichiga rotorli va zanjirli ekskavatorlar, shuningdek turli boshqa transport vositalarini (konveyer, temiryo’l va boshqa) oladi.
Kelajakda yaxshi maydalangan qoyasimon va yarim qoyasimon tog’ jinslarini yuklashda cheksiz harakatga ega mashinalardan foydalanish mumkin. Yumshoq tog’ jinslarini gidromehanizastiyalash yordamida qazib olishda bu majmua o’z ichiga gidravlik uskunalarni oladi.
Ekskavator-transport-ag’darma majmuasi (ETO) o’z ichiga davriy harakatdagi qazish-yuklash uskunasini (karyer mexanik kuraklar, yuklagichlar, draglaynlar va boshqa) va barcha karyer transporti turlarini oladi. Bu majmua turli holatlarda ishlatiladi.
Qazib olish ishlarini bajarishda ikkita uskunalar majmuasi ajralib turadi – qazib olish-tashish-bo’shatish (VTR) va ekskavator-transport-bo’shatish (ETR).
Ular mos keluvchi bo’sh tog’ jinslarini qazish uskunalaridan bo’shatish uskunasi mavjudligi bilan ajralib turadi.
Uskunalar majmuasining keyingi ajratilishi jarayonlar turi bo’yicha amalga oshiriladi, ulardan asosiysi karyer transporti hisoblanadi. Transport turiga ko’ramajmualar quyidagicha nomalanadi: qazish-konveyer-ag’darmali (VKO), qazish-temiryo’l-ag’darmali (VJO), ekskavator-temiryo’l-ag’darmali (EJO), ekskavator -avtomobil-bo’shatuvchi (EAR), ekskavator-konveyer-bo’shatuvchi (EKR) va boshqalar.


Ochish ishlarini amalga oshirishda qoplovchi tog’ jinslarini qazib olingan maydonlarga joylashtirishga eng kalta yo’l bilan bora oladigan transport vositalaridan foydalanish kerak (EO va VO majmualari). Bu majmualardanfoydalanish mumkin bo’lmaganda nisbatan arzon transport vositalariga ega VTO va ETO majmualaridan foydalaniladi.
Mahalliy karyerlarda asosan (75% gacha) temiryo’l va avtomobil transporti bilan, ag’darmalarda bir cho’michli ekskavatorlar va buldozerlardan foydalangan holda ETO majmualari keng qo’llaniladi. Chuqur konlarni qazib olishda keng tarqalgan usullardan biri bu turli transport vositalaridan foydalanishdir (avtomobil va temiryo’l, avtomobil va konveyer, avtomobil va skipli). Tog’li konlarda kombinatsiyalashgan transportli, o’z ichiga avtomobil transporti, rudatushurgichlar, kanat-osma yo’llar, konveyer va temiryo’l transporti oluvchi ETO va ETR majmualari qo’llaniladi. VTO va VTR majmualari asosan yumshoq qoplovchi va foydali qazilmalarni qazib olishda qo’llaniladi.

Mavzu: Ochiq konchilik ishlarida kompleks mexanizatsiyalash.


Reja:

  1. Kompleks mexanizatsiyalash.

  2. Kompleks mexanizatsiyalash tarkibini shakllantirish bo’yicha asosiy qoidalar

  3. Kompleks mexanizatsiyalash tarkibi tasniflari.



Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Hakimov SH. I. “Ochiq konchilik ishlari” Navoiy 2022-yil.

  2. Normamatova M. J. “Konchilik ishi asoslari”. Navoiy-2022.

  3. Mislibayev I. T., Soliyev B. Z., Giyasov O. M. “Kon laxmlarini barpo qilish texnologiyasi”. Toshkent.

  4. Normamatova M. J. “Konchilik sohasiga kirish”. Navoiy-2017.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling