Ochish, qazib olish va kon tayyorlash ishlarini bajarish uchun muayyan tartibda va ketma-ketlikda turli kon va transport uskunalari qo’llaniladi


KOMPLEKS MEXANIZATSIYALASH TARKIBINI


Download 0.73 Mb.
bet2/3
Sana12.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1265349
1   2   3
Bog'liq
malika mi ki 1

KOMPLEKS MEXANIZATSIYALASH TARKIBINI
SHAKLLANTIRISH BO’YICHA ASOSIY QOIDALAR
Kompleks mexanizatsiyalashni tashkil qiluvchi uskunalar majmuasi karyerda alohida yuk oqimlari bo’yicha shakallantiriladi. Karyerdagi yuk oqimlari soni kamida ikkita (qoplovchi tog’ jinsi va foydali qazilmani tashish uchun) bo’ladi. Ko’p hollarda (asosan katta karyerlarda va bir nechta alohida tashiladigan yuklar mavjudligida) bir necha qoplovchi tog’ jinslarini va foydaliqazilmalarni tashish uchun mo’ljallangan yuk oqimlarini tashkil qilish iqtisodiy va texnik jihatdan maqsadga muvofiq. Alohida qoplovchi tog’ jinsini tashish yuk oqimlari quyidagi hollarda qo’llaniladi: qoplovchi tog’ jinslarining kattamasshtablarida, karyer maydonlarining katta o’lchamlarida, qoplovchi tog’ jinsini tashqi va ichki ag’darmalarga tashishda va markazlashmaganag’darmalarga tashishda, turli gorizontlardan qoplovchi tog’ jinsini tashishuchun turli transport vositalaridan foydalanishda va boshqalar. Foydali qazilmlarning alohida yuk aylanmalari faqatgina ularning turi va tarkibibo’yicha ajratishda va ularni bir qismini boyitish fabrikalariga va qolganinimaydalash uskunalariga tashish kerakligida hosil bo’ladi.
Katta karyerlarda alohida yuk oqimlari karyerni texnologik zonalar bo’yicha bo’ladi, zonalar o’z ichiga karyerning xizmat ko’rsatiladigan va transportaloqalari joylashgan xizmat ko’rsatilmaydigan qismlarni oladi. Har bir texnologik zonada bir biriga bog’liq bo’lmagan va qisman bog’liq bo’lgan burg’ulash, qazib olish, yuklash va tashish uskunalari mavjud. Davriy harakatdagi uskunalardan foydalanishdagi kompleks mexanizatsiyalashning strukturasi ko’rsatilgan. Uskunalar majmuasi mos ravishda alohida texnologik jarayonlar uchun asosiy va yordamchi uskunalar sifatida tashkil qilinadi: tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash, qazish-yuklash ishlari, kon massasini tashish, ag’darma hosil qilish (qoplovchi tog’ jinslarini qazib olishda), garamlash ishlari va birlamchi qayta ishlash (foydali qazilmalarni qazib olishda).
Konning tog’ jinslarining xususiyatlari va kon texnologik ishlariga ko’ra kon ishlarini amalga oshirishda alohida jarayonlar mavjud bo’lmasligi mumkin (kon massasini qazib olishga tayyorlash va ularni tashish). Bunday holatda majmuada shunga mos keluvchi mexanizmlar mavjud bo’lmaydi.
Kompleks mexanizatsiyalashtirish tarkibi oqimlilik va jarayonlarning bajariishini maksimal umumiylashtirish asosida quriladi. Oqimlilik asosan cheksiz ish davriga ega mexanizmlardan foydalanganda oson erishiladi. Qulay sharoitlarda ishlab chiqarish jarayonlarini birlashtirish o’zida qazib olish, tashish va uni ag’darmalaga tashish qobiliyatiga ega transportlardan foydalanib bajariladi (quvvatli ochuvchi mexanik kuraklar va draglaynlar, g’ildirakli skreperlar, buldozerlar va boshqa). Kompleks mehanizastiyalashda uskunalarda tanlashda tabiat, texnologik, texnik, tashkiliy va iqtisodiy omillarga e’tibor beriladi.
Tabiiy omillardan kompleks mexanizatsiyalashda asosiy ishchi uskunasini tanlashga tog’ jinsining qattiqligi, foydali qazilmaning yotish holati, foydali qazilmaning turi va foydalanilish holati, karyer maydonining topografiyasi varayonning iqlimiy sharoitlari ta’sir qiladi.
Foydali qazilmalarning va bo’sh tog’ jinslarining qattiqligi burg’ulash usulini tanlashga ta’sir qiladi. Qattiqlik shuningdek burg’ulash stanoklarini tanlash, yuklash uskunasini tanlash va tashish vositalarining hajmlariga ham talablar qo’yadi. Ekskavatorning kuchi va ularning cho’michining hajmi shuningdek tog’ jinsining qattiqligiga bog’liq bo’ladi. Tog’ jinsining qattiqligi transport vositalarining yuk ko’tarish qobiliyatiga ta’siri tog’ jinsining zichligi va abrazivligi bilan namoyon bo’ladi. Shunday qilib, nisbatan qattiq, katta zichlik va abrazivlikka ega tog’ jinslarini tashish uchun nisbatan qattiq metallic tashish vositalari va taranglik koeffitsiyenti katta bo’lgan vositalardan foydalaniladi.
Foydali qazilmaning yotish holati ekskavator cho’michi hajmi va karyer transportining turiga ta’sir qiladi. Qoidaga ko’ra,uncha katta bo’lmagan qazilmalar va tarqalgan konlar uchun nisbatan kichik cho’mich hajmiga ega ekskavator va harakatchan transport vositasidan foydalanish ma’qul, bu esa o’z o’rnida tog’ jinsi aralashuvi va yo’qotilishini kamaytiradi.
Katta miqyosda karyer transportini tanlashga karyer maydonining o’lchamlari, tashish masofasi, yuzaning topografiyasi va muhitning iqlimiy sharoitlari ta’sir qiladi.
Texnologik va texnik omillardan uskunalarni tanlashga asosan karyerning foydali qazilma va bo’sh tog’ jisni bo’yicha unumdorligi ta’sir qiladi. Ba’zihollarda uskunalarni tanlashga yer yuzasini o’z holiga keltirish bo’yicha bajariladigan ishlarga qaraladi. Karyerning unumdorligi katta darajada kon va transport mashinalarini tanlashga bog’liq bo’ladi (ekskavator cho’michining sig’imi, transport vositalarining yuk ko’tarish qobiliyati va sig’imi, skvajinalar diametri va boshqalar). Nisbatan katta karyerlarda iqtisodiy unumdorlikni ta’minlash uchun nisbatan katta unumdorlikka ega uskunalardan foydalanish ma’qul.
Iqtisodiy omillardan uskunalarni tanlashga kapital va foydalanish xarajatlari ta’sir qiladi.Alohida texnologik jarayonlarning uskunalarini tanlash va karyerning kompleks mexanizatsiyalash strukturasini tashkil qilish yuqorida ko’rsatilganprinsiplar asosida va keltirilgan faktorlar asosida tashkil qilanida va keltirilgan guruhlarning ta’siri quyidagi asosiy holatlarda ko’rinadi.
1. Karyerning kompleks mexanizatsiyalash strukturasini tashkil qilish yuk aylanmasi asosiy va yordamchi uskunasining ratsional tashkil qilinishiga asoslanadi.
2. Majmualar tarkibiga faqatgina texnik xarakteristikalari tog’ jinslarining xususiyatlariga va yotish holatlariga mos keluvchi mashinalar kiradi.
3. Uskunalar majmuasining unumli ishlashini ta’minlash uchun uskuna va mashinalarning sonli yoki unumdorli zaxirasini ta’minlash kerak.
4. Asosiy va yordamchi jarayonlarning mashinalari kuchi, o’lchamlari, unumdorligi va soni o’zaro mos bo’lishi kerak.
5. Umumiy texnologik jarayondagi o’lchamlari, unumdorligi va soni bog’lanadigan mashinalar asosan qazib olish va tashish mashinalari hisoblanadi.
6. Yordamchi ishlarni mexanizatsiyalash uchun mashinalarni tanlash asosiy jarayonlarning uskunalari o’lchamlari va ishni tashkil qilinishiga, shuningdek karyerning unumdorligi va foydali qazilmaning yotish holatiga ko’ra amalgaoshiriladi.
Kompleks mexanizatsiyalashning strukturasini aniq kon uchun tanlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
1. Birinchi bosqichda bu holatda texnik va tabiiy holatlarga ko’ra qo’llanilishi mumkin bo’lmagan strukturalar chiqarib tashlanadi.
2. Qolgan strukturalardan tabiiy, texnologik, texnik va tashkiliy omillarga mos keluvchisi tanlab olinadi.
3. Eng ma’qul bo’ladigan strukturalar ularning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari bo’yicha ko’rib chiqiladi. Texnik-iqtisodiy baholash aniq holatlarda asosiy va yordamchi ishlarda qo’llaniladigan mashinalarning unumdorlik va ratsional foydalanish jarayoni bo’yicha amalga oshiriladi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling