Ochko'z algoritm


Qat’iymas mantiqqa asoslangan tizinlar


Download 1.36 Mb.
bet6/15
Sana04.10.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1692050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ochko\'z algoritm

Qat’iymas mantiqqa asoslangan tizinlar


Har doim ham hodisalarni aniq qoidalar bilan tavsiflash mumkin emas. Insonlar savollarga doim ham to`g`ri javob bera olmaydilar. Agar inson sal kasalman desa, uning haroratining qandayligini bilib bo`ladimi? Albatta yo`q! “Yuqori”, “issiq” va “engil”, “ko`tarildi” yoki “tushdi” kabi so`zlar lingvistik o`zgaruvchilar bo`lib, ularni bitta qiymat bilan aniqlab bo`lmaydi. Qoidalarni tuzishda bu tushunchalardan foydalanish qat’iymas mantiq deb ataladi. “Tushadi” tushunchasi ham lingvistik o`zgaruvchi bo`lib, fond birjasini tavsiflovchi qoidalarda ishlatiladi. Lingvistik o`zgaruvchilardan foydalangan holda, foydalanuvchiga ortiqcha savollarni bermasdan, ba’zi ehtimolliklarning qiymatlarini hisoblash mumkin. Buning uchun lingvistik o`zgaruvchilarning qiymatlarini aniqlashtirish lozim. Noaniq/Qat’iymas (fuzzy – ingliz atamasidan) ob’ekt, xolat va hodisalarni noaniq, to`liq bo`lmagan, taxminiy, mumkin bo`lgan baholashlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday baholashlar ekspert fikr(mulohaza)larida shakllanadi. Ko`p muammolarni yechishda mazkur turdagi Qat’iymas bahslash, model, usul va protseduralardan foydalanilish zarurligi quyidagilar bilan belgillanadi:

  • ob’ekt va hodisalar to`g`risida aniq va to`liq axborotlarni olish imkoniyati yo`qligi;

  • murakkab ob’ekt va hodisalarning aniq, deterministik matematik modelini qurish yoki imkoni yo`qligi (hozirgi paytda), yoki murakkabligi va shu sababli nomuvofiqligi;

  • ayrim muommalarni yechishda parametr va hodisalarni aniq baholashlari talab qilinmaydi;

  • tadqiq qilinayotgan tizimlarning murakkabligi oshgan sari insonning ular to`g`risida aniq va shu bilan birga to`g`ri baholash (fikr, mulohaza bildirish) qobiliyati pasayadi, murakkablik belgilangan chegaradan oshgandan keyin esa baholashlarning aniqligi va to`g`riligi (ma’noliligi) bir biriga zid bo`lib qoladi. Qat’iymasto`plamlar ta’rifi. QT – bu juftlar to`plami. Bu erda to`plamiga element mansubligining to`g`irlik darajasini ifodalaydigan mansublik funktsiyasi; – elementlar berilgan asosiy to`plam.

Mansublik funktsiyasining maksimal qiymati , ya’ni QT ning balandligi deb nomlanadigan qiymati (birga teng) bo`lsa, u holda QT normal to`plam deb ataladi. Agarda bo`lsa, u holda bunday QT subnormal to`plam deb ataladi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling