Ocr document
Download 52.5 Kb.
|
BURHONUDDIN AL-MARG’INONIY
BURHONUDDIN AL-MARG’INONIY (1123-1197) Buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abdul-Jalil al-Farg’oniy ar-Rishtoniy al-Marg’inoniy 1123 yil 23 senryabrda tyg’ilgan. U Quronni, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh - islom xyqyqshynosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega bo‘lganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli Burhonuddin val-l-milla va Burhonuddin al-Marg’inoniy nomlari bilan mashhurdir. Burhonuddin al-Marg’inoniy dastlabki ta’limni Marg’ilonda olib, keyinchalik Movarounnaxrning o‘sha davrdagi diniy va ma’rifiy markazi bo‘lgan Samarqandga ko‘chib borgan va umrining oxirigacha o‘sha yerda yashagan. Mavlono Burhonuddin al-Marg’inoniy yoshlik chog’laridanoq Qyp’oni Karimni yod olib, hadislarni chuqur o‘rgangan. U balog’at yoshiga yetganida mukammal ilmga ega bulganiga qaramay ustozlardan ta’lim olishni davom ettirdi. 1149 yili Burhonuddin al-Marg’inoniy haj safariga bordi. «Kitob ul-mashoyix» «SHayxlar haqidagi kitob») asarida u o‘zi ta’lim olgan 40 dan ortiq shayh va allomani sanab o‘tgan. Bu ruyxatda Najmuddin Umar ibn Muxammad an-Nasafiy, Abu al-Asir al-Baydaviy, Abu Yequb as-Sayariy, Abu Ishoq an-Navqadiy, Ja’far al-Hinduvoniylarning nomlari bor. Keyinchalik u fiqhga oid masalalar bilan qiziqib, o‘sha davrning ko‘zga ko‘ringan allomalaridan «Al-Muxit» («Ilmlar dengizi») asarining muallifi Umar ibn Maaza, «Al-Fatava va favoidaz-Zahira» («Fatvolar va zohir narsalarning foydalari») asarining muallifi Zohir ud-din ibn Umar al-Qodiy al-Buxoriy ib nal-Itobiy va boshqalarning nazariga tushgan. Burhonuddin al-Marg’inoniy islom dinidagi sunniylarning to‘rtta asosiy mazhabi asoschilarining asarlarini o‘rganish bilan birga o‘zi ham fiqhga oid bir qator asarlar yaratgan. Bizgacha yetib kelgan asarlaridan «Bidoyat al-muntahiy» («Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim»), «Kifoyat al-muntahiy» («YAkunlovchilar uchun tugal ta’lim»), «Nashr ul-mazhab» («Mazhabning yoyilishi»), «Kitob ul mazid» («Ilmni ziyoda qiluvchi kitob»), «Manosik ul-haj» («Haj marosimlari»), «Majma ul-navozil» («Nozil bo‘lgan narsalar to‘plami»), «Kitob ul-faroiz» («Farzlar kitobi») va boshqalar ma’lum. Al - Marg’inoniyning butun islam olamida mashhur bo‘lgan «Hidoya» asari 1178 yili Samarqandda yozildi. Mahmud ibn Sulaymon al Kafaviyning «Katoib ul-a’lom al-axyor fi taboqot fuqaho va mashoyix mazhab an-Nu’mon» («Nu’mon mazhabiga mansub bulgan Taniqli alloma faqihlar va shayxlar haqidagi kitob») nomli asarida keltirilishicha, Burhonuddin al-Marg’inoniy «Bidoyat al-muntahiy» asarining so‘z boshisida «Hidoya»ning yaratilishi xususida shunday yozgan: «Abu-l-Hasan Ali ibn Bakr Abdul-Jalil bir kuni fiqh masalalariga bag’ishlangan hajmi uncha katta bo‘lmagan, lekin mazmuni to‘liq bo‘lgan bir yaxlit kitob zarur ekanligi haqida fikr bildirdi. Iroqqa safar qilganimda u yerda «al-Muxtasar al-Kuduriy» («Kuduriy qisqartmasi»)ni ko‘rdim. U fiqh bobida ajoyib asar edi. Bu paytgacha kattayu-kichik barcha «Jome’ yc-Sag’ir» («Kichik to‘plam») dan foydalangan edi. SHunda fiqhga oid barcha asarlarini jamlab, ulardan eng zarur masalalarni oldim va bu asarga «Bidoyat al-muntahiy» deb nom berdim. Keyinchalik bu asarga sharh yozib, uni «Kifoya ul-muntahiy» deb nomladim». Keyinchalik bu asarlarning ham hajmi kattalik qilib, yanada mo‘‘jaz bo‘lgan, butun islom olamida xanafiya mazhabining fiqh masalalarida asosiy qo‘llanmasiga aylangan al-Marg’inoniyning «al Hidoya» asari yaratildi. Bu asar butun musulmon olamida mashhur bo‘lib ketdi, musulmon huquqi - fiqh buyicha eng aniq, izchil, mukammal asar sifatida tan olindi. «Hidoya»ning asosini fiqh ilmi asoschilaridan bo‘lgan Abu Hanifa an-Nu’mon ibn Sobit, Abu Abdulloh, Axmad ibn Hanballarning yirik asarlari, bu allomalarning shogird va safdoshlaridan imom Abu YUsuf, imom Abu Abdulloh ibn Husayn ash-SHayboniy (imom Muhammad), imom Abu-l-Xazl Zufar ibn Xazllarning asarlari, dastlabki to‘rt xalifa va sahobalarning rivoyatlari, ular xabar qilgan hadislar tashkil qiladi. Bundan tashqari, «Hidoya»da asosiy fiqhiy masalalarning sharhi va yechimida Muhammad Bazdaviyning «Mabsut», ibn Iso at-Termiziyning «Jome’ ul-Kabir» («Katta to‘plam»), Kuduriyning «al-Muxtasar al-Kuduriy» kabi asarlariga ishora qilinadi. «Xidoya»da fiqhiy masalalarning yechimi dastlab yirik fiqh olimlari fikrlarining bayoni va unga boshqa mualliflar e’tirozlari yoki qo‘shilishlarini izhor etish yuli bilan berilgan. Mana shu obruli mualliflar fikrlaridan kelib chiqib, muayyan masalada eng ma’qul yechimni tanlab olish yuliga amal qilingan. SHu tariqa unda qonunning aynan ifodasigina emas, balki uning mukammal sharhi ham asoslab keltiriladi. «Xidoya» to‘rt juzdan iborat bo‘lib, birinchi juzga ibodat masalalari kiritilgan, bular: tahorat, namoz, ro‘za, zakat va haj kitoblaridir. Ikkinchi juzga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yuqolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan. Uchinchi juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga o‘tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da’vo, iqror bo‘lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo‘lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg’a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod bo‘lgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar o‘rin olgan. To‘rtinchi juzda esa shafoat, meros taqsimlash, dehqonchilik hamda bog’dorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka suyiladigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni o‘zlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to‘lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan. «Xidoya» bir necha asrlar davomida ko‘p musulmon mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda ham huquqshunoslik buyicha eng asosiy qo‘llanma hisoblanib, bu yerda 1917 yil inqilobidan keyin ham, to 30-yillargacha shariat qozilari bekor qilinib, sovet sud sistemasi joriy qilinguncha amalda bo‘lib keldi. Xozirgi kunda ham islom shariati asosida ish yuritadigan musulmon mamlakatlar huquqshunosligida bu asardan keng foydalaniladi. «Xidoya»ning 1893 yilda rus tilida qisqartirilgan tarjimasi N. P. Grodekov tomonidan nashr etilgan. O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi tufayli islom yodgorliklari, jumladan, shariat, fiqhga oid asarlarni o‘rganish, bu sohadagi boy merosimizni nashr etish imkoniyati vujudga keldi. Vatandoshimiz al-Marg’inoniyning «Hidoya» asari islom huquqshunosligida mashhurligini nazarga olib N. I. Grodekovning inglizchadan ruschaga qilgan va tor doira uchun mo‘ljallangan «Hidoya»ning l-kitobi Toshkentda 1994 yilda yuridik fanlari doktori A.H.Saidovning so‘z boshisi va sharhi bilan qayta nashr etildi. Uzoq musulmon olamida hozirgacha o‘z qimmatini yo‘qotmagan «Hidoya» va uning muallifi Marg’inoniy faoliyati o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 2000 yilda al-Marg’inoniyning 910 yillik tavallud sanasi keng jamoatchilik tomonidan tantanali ravishda nishonlandi. Download 52.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling