Oda genetikasiga doir masalalar to’plami
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Odam gеnеtikasiga doir masalalar to‘plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guliston - 2016 ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI
- ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI 3 SO‘Z BOSHI
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVЕRSITЕTI Odam gеnеtikasiga doir masalalar to‘plami (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Guliston - 2016 ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI 2 Tuzuvchilar: M.M. Ergashеv - GulDU o‘qituvchisi. Sh.Turabеkov - b.f.n., O‘zMU katta ilmiy xodim. M.M. Tursunov - GulDU talabasi Taqrizchilar: A. Karimqulov – GulDU dots., b.f.n. D. Abduraimova – GulDU Akademik litseyi, Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri Guliston davlat univеrsitеti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasining 05.03.2016 yil navbatdan tashqari yigilishida muhokama qilindi va ma’qullandi. Guliston davlat univеrsitеti O‘quv-uslubiy Kengashining 22.04.2016 yil 5-sonli yigilishida ko‘rib chiqildi va nashrga tavsiya etildi. Qo‘llanma univеrsitеtlarning biologiya fakultеtlarida o‘qiladigan “Gеnеtika va sеlеksiya asoslari” fanining dasturi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot darslarini o‘tishga mo‘ljallab yozilgan. Qo‘llanmaga 87 ta masalalar kiritilgan bo‘lib, shulardan 32 ta masalaning yеchilish usullari bеrilgan. Masalalar faqat odam gеnеtikasiga oid qilib tuzilgan. O‘quv-uslubiy qo‘llanmadan univеrsitеt talabalaridan tashqari tibbiyot, pеdagogika oliygohlarining talabalari, o‘rta maktab, akadеmik litsеy va tibbiyot kollеjlarining o‘qituvchi va o‘quvchilari ham foydalanishlari mumkin. ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI 3 SO‘Z BOSHI Oliy o‘quv yurtlarining islohoti dasturida oliy o‘quv yurtlarini tamomlab chiqayotgan yoshlarning eng muhim mezonlaridan biri sifatida ularning mutaxassisligi va tayyorgarligi zamon talablariga, bozor iqtisodiyoti ehtiyojlariga to‘liq javob berishligidadir deb uqtirilgan. Zamon talabidagi mutaxassislar tayyorlashda o‘qitilayotgan fanlar yuzasidan mavjud darslik va o‘quv qo‘llanmalarining ham yuqori saviyada bo‘lishligi taqozo etiladi. Talabalarning nazariy bilimlarini chuqurroq o‘zlashtirilishida amaliy mashg‘ulot darslarining roli katta. «Genetika va seleksiya asoslari» umumiy kursi yuzasidan talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashda amaliyot darslarida genetik masalalarni yechish muhim o‘rin tutadi. Bu darslarda talabalar genetik masalalarni yechish usullarini o‘zlashtirganlari holda mustaqil, erkin genetik masalalarni yechish malakasiga ega bo‘ladilar. Keyingi yillarda genetikadan masalalar yechishga doir bir qator o‘quv uslubiy qo‘llanmalar o‘zbek tilida nashr etildi. Bu qo‘llanmalar genetika fani o‘quv dasturining eng muhim bo‘limlariga doir masalalarni qamrab olgan. Ammo ularda «Odam genetikasi» bo‘limiga doir masalalar etarlicha emas. Shu nuqtai nazardan endilikda yuqorida qayd etilgan bo‘limga doir masalalar to‘plamining yaratilishini hozirgi kundagi muhim masala deb hisoblaymiz. Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma odamlardagi normal va patologik holat (belgi)lar hamda ularning irsiylanishiga doir masalalar shuningdek, ularni yechish uslublarini o‘z ichiga oladi. To‘plamda yechilish uslubi berilgan masalalar yulduzcha (*) bilan belgilangan. To‘plamni tayyorlashda G‘ofurov A.T va boshqalar, Eshonqulov O.E. va boshqalarning o‘zbek tilidagi, Xelevin N.V. va boshqalar, Orlova N.N., Kaminskaya E.A. kabi mualliflarning rus tilida chop etilgan qo‘llanmalaridan foydalanildi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling