Oda genetikasiga doir masalalar to’plami
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Odam gеnеtikasiga doir masalalar to‘plami
ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI 4 1. Odam genetikasi Odam irsiyati va irsiy o‘zgaruvchanligining qonuniyatlarini odam genetikasi haqidagi fan – antropogenetika o‘rganadi. Odamzot Home sapiens turiga kirib, u organik olamning tarkibiy qismi va uzoq davom etgan evolyutsiya jarayonining mahsulidir. Shuning uchun ham organizmlarning boshqa hamma turlariga xos bo‘lgan umumgenetik qonuniyatlar insonga ham taalluqlidir. Lekin, insonning shakllanishida uning organik olam shajarasining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishida umumgenetik omillardan tashqari, ijtimoiy omillar ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Buning natijasida odamda uning oliy nerv tizimi faoliyati bilan uning psixik va ijodiy faoliyati bog‘liq bo‘lgan xususiyatlar – aql-idrok, qobiliyat, nutq, ijodiy mehnat qilish kabilar paydo bo‘lgan. Bu xususiyatlarning irsiylanishi juda murakkab bo‘lib, u genetik va ijtimoiy omillar tizimining jamlangan ta’sirida amalga oshiriladi. Kishilik jamiyatida evolyutsiyaning bosh omili bo‘lgan tabiiy tanlanish boshqa organizmlardagi kabi hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Lekin bu holat odam evolyutsiya jarayonini o‘tib bo‘ldi degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Odamning tarixiy rivojlanishi endi biologik evolyutsiyaga qaraganda ko‘proq ijtimoiy evolyutsiyaga asoslangan holda davom etmoqda. Shuning uchun olimlarning bir qismi genetika faniga genetik irsiyat tushunchasidan tashqari signal irsiyat (M.E.Lobashev), ijtimoiy irsiyat (N.P.Dubinin) kabi tushunchalarni ham kiritish kerak degan xulosaga kelishgan. Signal irsiyat deb odamning ijtimoiy evolyusiyasini ta’min etgan va etayotgan oliy nerv tizimi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlarning avloddan-avlodga berilishi hamda bir avlod miqyosidagi odamlarning biridan boshqasiga o‘tishi tushuniladi. Shunday qilib, odamzot faqat biologik evolyutsiyaninggina emas, balki ijtimoiy evolyutsiyaning ham mahsulidir. Shuning uchun ham odam genetikasini o‘rganishda uning tabiatda va jamiyatda tutgan o‘rnidan kelib chiqadigan o‘ziga xos tomonlari va qiyinchiliklari mavjud. Ular asosan quyidagi holatlardan iborat: 1. Boshqa organizmlar irsiyatini o‘rganishda yaxshi samara beruvchi an’anaviy uslubni, ya’ni tadqiqotchining rejasiga muvofiq organizmlarni o‘zaro chatishtirib olingan duragay avlodlarda genetik tahlil qilish usulini odamda qo‘llashning iloji |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling