Oda genetikasiga doir masalalar to’plami


ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/55
Sana15.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1269799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-Odam gеnеtikasiga doir masalalar to‘plami

ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI 

yo‘q. Chunki odamlarda oila qurish genetik olimning ilmiy rejasiga qarab emas
balki muhabbat, sadoqat kabi muqaddas insoniy fazilatlar asosida amalga oshiriladi. 
2. Odamlarda eksperimental yo‘l bilan mutatsiyalar olish mumkin emas va 
bunday jinoiy ishga insoniy va qonuniy nuqtai nazardan hech qaysi mamlakatda 
ruxsat etilmaydi.
3. Odamlarda jinsiy balog‘atga etish davri anchagina kech (odatda o‘rta 
hisobda 17 yoshlarda) boshlanadi.
4. Odatda har bir oilada dunyoga keladigan farzandlarning soni nisbatan oz 
bo‘ladi.
5. Antropogenetikaning o‘rganish obe’kti bo‘lgan odamlar umrining anchagina 
uzunligi tufayli tadqiqotchi olim o‘zining ongli hayoti davrida odamning bir necha 
avlodlarini bevosita kuzatib tekshirish imkoniyatiga ega emas. Irsiy belgilari bo‘yicha 
avlodlar shajarasi esa kamdan-kam holatda ko‘pincha podsholar va yirik mansabdor 
hamda mashhur odamlar sulolasi uchungina tuzilgan.
Keyingi paytlarda genetikada yangi zamonaviy usullar ishlab chiqilishi va joriy 
yetilishi tufayli yuqorida qayd etilgan qiyinchiliklarning anchagina qismi bo‘lgan 
tibbiyot genetikasini jadal sur’atlar bilan rivojlantirish imkoniyati yaratildi. Hozirgi 
davrda odam irsiyatini o‘rganish maqsadida xilma-xil an’anaviy va zamonaviy 
usullar qo‘llaniladi. Ular jumlasiga genealogik, egizaklar, populyasion-statistik 
kabilar kiradi.
Odam genetikasini o‘rganishdagi bilimlar asosida hozir ko‘p mamlakatlarda, shu 
jumladan, O‘zbekistonda genetik maslahatxonalar va genetik skrining markazlari 
ochilib, ularning kelajak avlodning sog‘lom tug‘ilib, ulg‘ayishida ahamiyati ortib 
bormoqda.
2. Allеl va allеl bo‘lmagan (noallеl) gеnlar haqida tushincha 
Organizmlardagi bеlgi va xossalarning namoyon bo‘lishligini nazorat iluvchi 
irsiy omillar (gеnlar) odatda juft bo‘ladilar. Bu hodisaning asosida G. Mеndеl 
aniqlagan 
somatik 
hujayralardagi 
xromosomalar 
to‘plamida 
gomologik 
xromosomalar juftligining yotishligidir. Bеlgining altеrnativ holatini bеlgilovchi 



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling