Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   116
Odam bolish qiyin
65
,
Abdulla shularni o‘ylar ekan, Gulchehraning 
ketishi aniqday ko‘rindi ko‘ziga va sabrsizlik bi­
lan kech kirishini kuta boshladi. Kech esa, o‘sha 
kuni juda kech kirdi. Buvisiga nimanidir g‘o‘ldi­
rab bahona qilgan bo‘ldi­da, ko‘chaga chiqdi. 
Soat o‘nga yaqinlashib qolgan edi. Qishloq har 
doimgidek tinch, ko‘chada hech kim ko‘rinmasdi. 
Abdulla ko‘prikdan o‘tib, kallaklangan tol tagi­
ga borib o‘tirdi. Tekis oqayotgan suv ichida yarim 
kulcha oy mo‘ralab turardi. Abdulla uni poy­
lab turib, kesak otmoqchi bo‘lib qo‘lini ko‘tardi, 
ammo otmadi. Oyning ichida Gulchehraning jil­
maygan ko‘zlari ko‘ringanday bo‘lib ketdi. Abdulla 
tikilib qoldi. Oydan u o‘tirgan joygacha uzun soya 
tushib turardi. Tolmikin? Shu savol xayoliga kel­
di­yu, shoshib orqasiga o‘girildi. Shunday uning 
tepasida ko‘zlari lovillab Gulchehra turardi. 
– Cho‘chib tushdingizmi? – so‘radi u jilmayib. 
Abdulla sakrab o‘rnidan turdi. 
– Ayam uxlashlari bilan chiqdim. 
– Rahmat, – dedi sevinib Abdulla, – kelganing 
juda yaxshi bo‘ldi. Ancha qo‘rqqan edim. 
– Men ham. Hech yolg‘iz chiqmaganman kech­
qurun. Ko‘p kutdingizmi? 
– Yo‘q, hozir keldim, – dedi Abdulla uni ranjit­
maslik uchun. 
– Juda yaxshi. 
Ikkalovi jim qolishdi. Kun bo‘yi ancha­mun­
cha gapni o‘ylab qo‘ygan Abdulla hozir nima deyi­
shini bilmasdi. Gulchehra ham uyalganidanmi
yo hayajonlanganidanmi, jim edi. Bu jimlik an­
cha cho‘zildi. 


Olmas Umarbekov
66
,
– Aytganday, – dedi nihoyat Abdulla, – jo‘xori 
pishirdingizmi? 
– Voy, esimdan chiqibdi, – dedi shoshib 
Gulchehra. – Mana! 
U po‘stiga o‘ralgan jo‘xorini uzatdi. 
«Esidan chiqmabdi», – o‘yladi sevinib Abdulla 
jo‘xorini olar ekan. 
– Jo‘xorini juda yaxshi ko‘raman. 
Abdulla yemoqchi bo‘lib og‘ziga olib bordi­yu, 
lekin darrov bu fikridan qaytdi, uyaldi. 
– Aylanamizmi? 
– Kech­ku juda ham! 
Birpasgina, maylimi? 
Gulchehra jilmaydi. 
– Mayli. 
Abdulla sekin uning tirsagidan ushladi. 
– Kerakmas, – dedi Gulchehra va qo‘lini 
bo‘shatib, oldinga tushdi. 
Ular xuddi kechagidek kanal yoqalab ketish­
di. Ikkalovi ham xursand, ikkalovining ham 
chehrasida tabassum o‘ynardi. 
– Gulchehra!.. 
– Hm­m...– Gulchehra boshini ko‘tarib unga 
qaradi. 
– Siz... siz juda chiroylisiz!.. 
– Qayoqda? Nahotki? – Gulchehra hayron 
bo‘lib qoshlarini chimirdi, keyin o‘z savolidan 
uyaldi shekilli, boshini egdi. 
– Ha, juda chiroylisiz... Birinchi uchrashgani­
miz esingizdami? Ertalab? O‘shandayoq hayron 
qolgan edim. Siz o‘zgarib ketibsiz. 
– Siz ham, – dedi sekingina Gulchehra. 
Abdulla kuldi. 


Odam bolish qiyin
67
,
– Yo‘q, men o‘sha­o‘shaman. 
– Men ham. 
Abdulla uning bu gapini o‘zicha tushundi. 
– Nega bo‘lmasa, sizsiradingiz? 
– Qaydam? – Gulchehra yana boshini ko‘tar­
di­da, Abdullaga jilmayib boqdi. 
«O‘psam­chi?» – xayol qildi Abdulla shu top­
da. «O‘psam indamasmikin?» – U Gulchehraning 
qo‘lidan ushlab to‘xtadi. 
– Bilmaysizmi? 
Gulchehra ham to‘xtab, unga o‘girildi. 
– Yo‘q. 
Uning ovozi qaltirardi. 
– Bilasiz. Gulchehra, menga qarang. 
– Hm... 
Gulchehra unga tikildi. Shu payt Abdulla 
uning chap yuzidan cho‘lp etib o‘pib oldi. 
– Nima qilyapsiz? – Gulchehra shunday de­
di­da, bir siltanib qo‘lini bo‘shatdi va bilagi bilan 
ko‘zlarini yashirdi. Abdulla uning bu harakatidan 
qo‘rqib ketdi. «Ketib qolsa­ya?» Lekin Gulchehra 
ketmadi. Faqat bir­ikki qadam undan uzoqla­
shib, to‘xtadi. 
– Yaxshi emas... Sevmasdan turib shunday 
qilib bo‘ladimi? 
– Bo‘ladi! – Abdulla shunday deb yana uning 
qo‘lini ushladi. 
Gulchehra tisarildi. 
– To‘xtang, Gulchehra, to‘xtang! Gaplarim 
yolg‘on, hazillashdim. Birinchi marta shunday 
qilishim. Yaxshi ko‘raman sizni. Eshityapsizmi, 
yaxshi ko‘raman!
Gulchehra nima deyishini bilmasdi. U bun­
chalik tez shu gaplarni eshitishni kutmagan, 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling