Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   116
Odam bolish qiyin
71
,
besh yashar bola edi o‘shanda. Umuman, chapa­
ni, janjalkash odam u bilan turmush qurgandan 
so‘ng, butunlay boshqacha bo‘lib qolgan, Saodat 
opa uning uchun ham xotin, ham ona, ham dav­
lat edi. Xullas, hozir nimaga ega bo‘lgan bo‘lsa, 
hammasiga Saodat opaning maslahatlari bilan 
erishgan edi. Buni u yaxshi bilardi va xotinini 
jonidan ham ortiq sevardi. Shuning uchun de­
yarli har kuni yarim kechagacha tepasida o‘tirar, 
kunduz kunlari esa bir necha marta kelib xabar 
olib ketardi. 
Ularning baxtiga Gulchehra bor ekan, ikka­
loviga balogardon hozir u edi. Uyning yumush­
lari ham uning boshida bo‘lib, kun bo‘yi tinmas­
di. Er­xotin ba’zan sahargacha ko‘z yummay 
yoti shar ekan, uni o‘ylashar, uning borligi bilan 
faxrlanishar edi. Bir kuni Gulchehra uyga odat­
dagidan kech qaytdi. O‘sha kuni Abdulla ikka­
lovi bolaliklarini eslab, oldi hovuz shiyponni qidi­
rib ketib qolishgan edi, Gulchehra darrov yuzi­
ni chayib, ayasining oldiga kirdi. Deraza tagida 
ukasi Alisher xurrak otib uxlab yotardi. 
– Kech qolib ketding? – dedi Saodat opa so‘lg‘in 
ko‘zlarini unga tikib.
Gulchehra darrov bugun uydan nima bahona 
bilan chiqib ketganini esladi.
– Zarifa bilan o‘tirib qoldik... – dedi sekin. 
– Xolidalarnikiga ketuvding shekilli? 
Gulchehra tutilib qoldi. 
– Xolidalarnikiga? Ha... Xolidalarnikida edim. 
Keyin u yoqqa chiqdim.
– Ukang och yotib qoldi. 


Olmas Umarbekov
72
,
– Ketayotganimda ovqatlantirganman. 
– Unday bo‘lsa, yaxshi, – Saodat opaning yo‘ta­
li tutdi, ammo bitta yo‘talguncha, suv bo‘lib ket­
di. Gulchehra uning boshini ko‘tarib, yostig‘ini 
almashtirdi, yuz­ko‘zini artdi. 
– Dadam kelmadilarmi? 
– Yaqinda... yaqinda Nurmat akang bilan ke­
lib ketishdi. Bir doktor kelganmish Toshkentdan. 
Shuni chaqirishmoqchi. 
– Katta doktor ekanmi? 
– Ha, judayam katta emish. Dadangdan o‘rgi­
lay... Ishqilib senlarning baxtingga uning umri 
uzoq bo‘lsin. 
– Siz ham tuzalib ketasiz, aya. 
– Dadang ham shunday deyapti. Koshki edi tu­
zalsam, Guli... 
– Labbay, aya? 
– Zovut ayaning nabirasi... 
Gulchehra bu gapni eshitishi bilan qip­qizarib 
ketdi. «Nahotki bilishgan bo‘lsa?» – qo‘rquv ara­
lash xayolidan o‘tkazdi u. 
– Zovut ayaning nabirasi... oti nimaydi? Esim­
dan chiqibdi... 
– Abdulla, – dedi sekin Gulchehra va diqqat 
bilan onasiga tikildi. Nima demoqchi u? Nahotki 
birontasi ko‘rib, unga yetkazgan bo‘lsa? Dadasi 
bilib qolsa nima bo‘ladi? Yo bilarmikin? 
– Nima edi, aya? – so‘radi u tusmollab. 
– Shu... Abdulla juda yaxshi bola bo‘lganmish. 
Ko‘rdingmi uni? 
– Ha, bitirish kechasiga borgan edi, – dedi 
Gulchehra hamon qo‘rquvdan o‘zini bosolmay. – 
Hamma qatori, tuzuk. Nima edi? 


Odam bolish qiyin
73
,
– Olim bo‘larmish u. Rostmi? 
Gulchehra ko‘ngli joyiga tushib, jilmaydi. 
– Bilmadim. ToshDUga kiraman deyatuvdi. 
– Zumrad xolaning o‘g‘li ham ketib qolibdi... 
Kelmabdimi? 
– Yo‘q, aya. U endi kelmaydi. Kelsa ham o‘qish­
ga kirib, keyin kelib ketadi. 
– Guli.. 
– Labbay?.. 
Saodat opa charchadi shekilli, og‘ir xo‘rsinib, 
ko‘zlarini yumdi. Gulchehra uni faqat qoshlarigi­
na qorayib turgan, oppoq, rangsiz yuziga tikilar 
ekan, nima demoqchi ekanligiga tushunmasdi. 
Nima demoqchisiz, aya? 
– Hozir... Guli, dadang bilan gaplashdim. O‘sha 
yangi chiqqan doktor ko‘rsa, men tuza lib keta­
man. Mabodo tuzalmasam, bu yog‘i... bu yog‘i oz 
qoldi. 
– Nima deyapsiz, aya? – jerkib berdi Gulchehra. 
– Eshit. Bu yog‘i oz qoldi. Tashvishdan, azob­
dan qutulaman. Dadang ham rozi. Sen bor. O‘qi. 
Qo‘qonga borasanmi, Toshkentga borasanmi – 
o‘zing bilasan. Toshkentga borganing ma’qul. Qo­
simjon bor... Innaykeyin... Zovut ayaning nabira­
si... Yolg‘iz bo‘lmaysan... 
– Aya!.. 
– Bor. Biz dadang bilan o‘qimadik. O‘qiyolma­
dik. Dadang urushga ketib qoldi. Men ish bilan 
bo‘ldim. Lekin o‘qigan qizlarni ko‘rsam, havasim 
kelardi. Dadang yaxshi odam. Urushdan qayt­
ganida, sen o‘qi, dedi. Besh yil tez o‘tib ketadi, 
kutaman, dedi. Men, yo‘q, dedim. Uni yolg‘iz 
tashlab ketgani ko‘zim qiymadi... Sen o‘qi. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling