Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116
Olmas Umarbekov
80
,
emas, tuman rahbarlarining ham hurmatiga 
sazovor bo‘ldi. Qandaydir bir yig‘ilishda u tuman­
dagi savdo ishlari haqida juda foydali va kerakli 
gaplarni aytganda, uning obro‘si yanada oshib 
ketdi. O‘shandan keyin ko‘p o‘tmay tunukasozlik 
arteliga direktor qilishdi. O‘n yildan ortiq ishladi 
shu artelda. So‘ng tuman savdo boshqarmasiga 
mudir qilib tayinlashdi. 
Shu yil u nima ish bilandir Qo‘qonga borib, 
Zavod aya bilan tanishib qoldi. Zavod ayaga og‘ir, 
yetti o‘lchab bir kesadigan G‘afurjon aka yoqib 
qoldi. O‘g‘lini unga qo‘shib Farg‘onani aylantir­
di, uyida mehmon qildi. Shahodat xola o‘shanda 
endigina o‘n sakkizga kirgan qiz edi. Gap orasi­
da G‘afurjonning hali uylanmaganligi, ish bilan 
bo‘lib ro‘zg‘or tutmaganligi ma’lum bo‘ldi. Za­
vod aya qizining uzoqqa ketib qolishini uncha 
istamasa ham, yigitning yaxshiligini ko‘rib, uni 
kuyov qilgisi kelib qoldi. Yo‘lini topib aytdi ham. 
G‘afurjon aka Shahodatni ko‘rib, rozi bo‘ldi. To‘y 
qilishdi. Zavod aya o‘zi Toshkentga tushib, kuyo­
vining yor­birodarlari bilan birgalikda, yoshlarga 
uy­joy qilib berdi. U kuyovidan, G‘afurjon aka­
ning do‘stlari esa kelindan, uning ko‘pni ko‘rgan, 
aqlli, tajribali onasidan xursand edi.
Shunday toifa odamlar bo‘ladiki, ular mehnat 
bilan bo‘lib o‘zini o‘ylamaydi. Baland bo‘y, polvon 
qomatli G‘afurjon aka shunday odam edi. Uyida 
Zavod aya bergan jihoz, asbob­anjomdan boshqa 
hech narsa bo‘lmay, mehmon­izmon kelganda Sha­
hodat opa idish­tovoqni ko‘pincha qo‘ni­qo‘shnidan 
olib chiqardi. Eridagi beparvolik unga ham o‘tib, 
onasining uni ol, buni ol, degan maslahatlariga: 


Odam bolish qiyin
81
,
– Ha, olarman, shusiz ham kun o‘tyapti­ku, – 
deb qo‘ya qolardi. 
Er­xotin juda totuv, yaxshi yashashardi. Ab­
dulla tug‘ilganidan so‘ng, ularning hayoti yana­
da lazzatli bo‘lib ketdi. Bola bahona, uy yangidan 
qurildi. Hatto ortiqcha ul­bul ham g‘amlandi. 
Shunga qaramay, G‘afurjon aka ro‘zg‘or ishlariga 
butunlay uquvsiz odamligicha qolaverdi. Ammo 
bu hech kimni – xotinini ham, qaynanasini ham
mahalladagi oshna­og‘aynilarini ham tashvishga 
solmadi. Chunki G‘afurjon aka uyini o‘ylamasa 
ham, mahalladagi deyarli har bir oilaning tashvi­
shi, kam­ko‘stidan xabardor edi. U qiynalib qolgan 
odamga yonidagi bor pulini berib yuborishdan ham 
toymas, sovg‘a­salomni quyuq qilardi. Bundan u 
hech narsa tama qilmasdi. Shu qilgan ishi o‘zini 
xursand qilsa, bo‘ldi, shuning o‘zi unga kifoya edi. 
– Siz asalariga o‘xshaysiz, – derdi uni koyigan 
bo‘lib ba’zan Zavod aya. – Asal qo‘yasiz­u, o‘zingiz 
yemaysiz, boshqalar yeydi. 
– E, aya, – derdi shunda G‘afurjon aka. – Yax­
shi bisotdan yaxshi ot qolgani yaxshi. Qozon qay­
nab turibdimi, shuning o‘zi katta davlat. 
Biroq G‘afurjon aka haqida yomon o‘ylaydigan 
odamlar ham yo‘q emasdi. Ular, bunday saxiy­
likni oshib­toshib ketgan odam qiladi, sandig‘i 
to‘laki, shunday qilyapti, deb o‘ylashardi. G‘afur­
jon aka fisqi-fasod gaplar qulog‘iga yetsa ham, 
parvo qilmasdi. G‘iybatlarni eshitib, xomush 
o‘tirgan xotinini urishardi. 
– Chayon yomon chaqadi, – derdi u. – Lekin u 
hamma uydan chiqavermaydi. Bitta chayon deb 
o‘zingni koyitma. Topganimiz halol. Qo‘rqadigan 
joyimiz yo‘q. 


Olmas Umarbekov
82
,
Chindan ham shunday edi. G‘afurjon aka xiyo­
nat qilmay ishladi. Shuning uchun idorada hur­
mat­e’tibori yaxshi edi. Sermehnat, hunarli odam 
xor bo‘lmaydi, derdi u nuqul. Bu haqda uning 
o‘zi to‘qiganmi yo eshitganmi – ikkita ibratli erta­
gi ham bor edi. Bittasi, taxminan, shunday: Bir 
fir’avnning qirqta xotini bo‘lib, qirqinchisi kam­
bag‘al bir gilam to‘quvchi hunarmandning qizi 
ekan. Fir’avn uning husniga maftun bo‘lib, o‘ziga 
nikohlab olgan ekan. Lekin qiz kambag‘al bo‘lgani 
uchun saroydagilar uni chiqishtirishmas, kun­
doshlari esa uni juda xor qilishar ekan. Bechora 
qiz kuyib ketganidan fir’avndan iltimos qilibdi: 
– Shohim, yo meni otamnikiga yuboring, yo 
shu yerga mening to‘quv asboblarimni olib ke­
lishni buyuring. Toki yolg‘izligim bilinmasin.
Fir’avn uni ketkizmabdi. Lekin aytgan narsa­
larini olib kelishni buyuribdi. Qiz gilam to‘qishga 
tushibdi. Qirq kecha­yu qirq kunduz hujrasidan 
chiqmabdi. Hatto fir’avnni ham yoniga kiritmab­
di. Qirq birinchi kuni u fir’avnning oyog‘i tagiga 
bir gilam tashlabdi. Fir’avn uni ko‘rib, mahliyo 
bo‘lib qolibdi. U shu paytgacha bunday nozik did 
va mehr bilan to‘qilgan gilamni ko‘rmagan ekan. 
Gilamning o‘rtasida qip­qizil atirgul ochilib tur­
gan emishki, uning husni rostdakam guldan 
ming marta afzal ekan. 
– Seni husn bobida tanho desam, hunar bo­
bida ham tanho ekansan. Hunaring siridan meni 
xabardor qil, – debdi shunda fir’avn. 
Qiz rozi bo‘libdi. Qisqa vaqt ichida fir’avnni gilam 
to‘qishga o‘rgatibdi. Fir’avn oyda bir marta fuqaro­
larim nima qilayotgan ekan, deb kechasi qaland­



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling