Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
83 , ar kiyimida shahar aylanar ekan. Bir kuni shun day safarga chiqqanida g‘alati voqea yuz beribdi. Shaharning so‘lim bir joyida kabob xona bor ekan. Shu yerdan o‘tayotib, kabob hidi dimog‘iga urilib dida, kabobxonaga ko‘tarilibdi. Kabobpaz uni ikki bukilib kutib olib, to‘rdagi bir xonadan joy ko‘rsat ibdi. Fir’avn borib o‘tirishi bilan nimadir taraqlabdi. Shu zahoti fir’avn o‘zini chuqur bir g‘orda ko‘ribdi. G‘or juda katta bo‘lib, devorlarida zanjirlar osig‘liq turgan emish, har bir zanjirga esa odamlar bog‘lab qo‘yilgan emish. Fir’avn hayron bo‘libdi va yonida gi bir mo‘ysafiddan so‘rabdi: – Bu qanday joy? – O‘limxona bu, – debdi mo‘ysafid. – O‘limxona? – Ha, o‘limxona. Har kuni bir odam so‘yilib, kabob qilinadi. Ertaga mening navbatim. Fir’avnning jahli chiqib ketibdi. O‘z pod sholigida shunday yaramas odamlar borligidan kuyunibdi. Lekin hozir nima qilish kerak? Bu yerdan qanday qutulib chiqish mumkin? Fir’avn uzoq o‘ylab, oxiri bir qarorga kelibdi: – Ota, – debdi, – navbatingizni menga bering. Mo‘ysafid unga hayron bo‘lib tikilibdi. Ko‘ng- lidan: «Jinnimi bu odam o‘zi? Nechun o‘limga shoshiladi?» degan gapni o‘tkazibdiyu, lekin yo‘q demabdi. Ertasiga fir’avnni yuqoriga tortib chiqa rishibdi. Endi uni bo‘g‘izlamoqchi bo‘lishganda, u so‘rabdi: – Men sizga qancha daromad keltiraman? Kabobxona egalari, ming dinor, deyishibdi. – O‘n ming dinor bersam, sog‘ qolamanmi? – Ha, – deyishibdi kabobxona egalari. – Lekin buncha pulni qayerdan olasan? Olmas Umarbekov 84 , Shunda fir’avn bir kechada gilam to‘qib beri- shini va bu gilamning o‘n ming dinor turishini aytib, jun va kerakli uskunalar keltirishni so‘rab di. Kabobxona egalari agar yolg‘on gapirayotgan bo‘lsa ertaga o‘ldirish sharti bilan uning aytgan larini muhayyo qilishibdi. Fir’avn tuni bilan mijja qoqmay gilam to‘qibdi. Tayyor bo‘lganda saroyga eltishni va fir’avnning kichik xotiniga ko‘rsatishni buyuribdi. Kabobxona egalari u aytganidek qilib, fir’avnning kichik xotiniga gilamni ko‘rsatishib di va o‘n ming dinor so‘rashibdi. Xotin gilamni ko‘rib, darrov nima bo‘lganiga tushunibdi. Fir’avn gilam chetiga qayerdaligini gulga o‘xshatib to‘qib yozgan ekan. Lekin xotin sir boy bermay, qa roqchilarni xursand qilib qaytaribdi. Keyin o‘sha soatdayoq lashkar to‘plab, kabobxonani bosibdi, fir’avnni va boshqa bandilarni ozod qilibdi. – Agar, – derdi G‘afurjon aka ertakni aytib bo‘lib, – fir’avnning hunari bo‘lmaganda, shu gi- lamni u bir kechada to‘qimaganda sog‘ qolmasdi. Hunarsiz odamning hassasiz ko‘rdan farqi yo‘q. Uning ikkinchi ertagi ham xuddi shu maz munda bo‘lib, unda qaroqchilar bir cho‘ponni quduqqa tashlab, qo‘ylarini haydab ketishgani hikoya qilinardi. Cho‘pon quduqda ajdahoning panjasiga tushadi. Shunda u nay chalib, uni ux latmoqchi, keyin qochib qutulmoqchi bo‘ladi. Aj daho uning ajoyib kuyini eshitib, chindan ham uxlab qoladi, cho‘pon esonomon uyiga qaytadi. Abdulla shu va shunga o‘xshash ertaklar ta’sirida o‘sdi. Unga hammaning havasi kelar di. Ozoda kiyinar, sho‘xlik qilmas, kattalarning so‘zini qaytarmasdi. Maktabda ham u hamma Odam bolish qiyin 85 , o‘qituv chilarga yoqib qoldi. A’lo o‘qidi, intizom saqladi. Albatta bola bo‘lgandan keyin sho‘xlik ham qiladi. Lekin uning sho‘xligini kattalardan deyarli hech kim ko‘rmasdi. Chunki yuzko‘zi, kitoblari iflos bo‘lib qaytsa, ayasiga yoqmasligini bilardi. Buni esa u istamasdi. Har doim, har qa yerda u ko‘zga tashlanib turishni, kattalar unga e’tibor berishlarini yaxshi ko‘rardi va iloji boricha ularga yoqishga harakat qilardi. Shuning uchun uyga kirayotganda albatta yuzqo‘lini tozalab, ki yimlarini qoqib kirardi. Yettinchi sinfgacha u har yili maqtov qog‘ozi olib o‘qidi. Faqat yettinchi sinfda unga maqtov qog‘ozi berishmadi. Bu voqea uni qattiq qayg‘uga soldi, lekin shu bilan bir vaqtda ko‘p narsaga o‘rgatdi. Gap shundaki, u yettinchiga o‘tganida otasi kasalga chalinib, tuman savdosini boshqa rish og‘irlik qilib qoldi. U bo‘shab, yana artelga ishga o‘tdi. O‘sha yili Abdullalarning sinfiga yangi bola keldi. U Abdulladan ikkiuch yoshga katta bo‘lib, juda olifta kiyinar, charm portfel tutardi. Ko‘pchilik o‘qituvchilar unga alohida e’tibor bi lan qarashardi. Doska yoniga chiqqanda, tutilib qolsa, urishishmas, sekingina: mayli, o‘tir, kelasi safar so‘rayman, deyishardi. Bu narsa Abdullaga yoqmadi, u o‘qituvchilar ning o‘ziga munosabatlari o‘zgarib qolganini payqay boshladi. Ayniqsa, otasining qadrdon o‘rtog‘i Hu sanxon aka o‘zini g‘alati tutadigan bo‘lib qoldi. Il gari u bilan so‘rashib yursa, endi salomiga alik ham olmasdi. Ammo yangi bolaga esa juda mehribon edi. Sinfga kirishi bilan go‘yo undan boshqa bola yo‘qday, uning oldida to‘xtab, qo‘l berib ko‘rishardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling